3-Ma’ruza. Quyish tizimlari
Download 474.01 Kb.
|
Quyish tizimlari
O‘zak aralashmalari
O‘zak aralashmalariga qolip aralashmalariga nisbatan gaz o‘tkazuvchanlik, mustahkamlik, moyillik va alangabardoshlik bo‘yicha yuqoriroq talablar qo‘yiladi. Qolipga metall quyish davrida o‘zaklar katta termik va mexanik ta’sir ostida qoladilar. O‘zak aralashmalarining tarkibi va xossalari uning qolipdagi joylashuviga, shakliga va quyilayotan qotishma turiga ko‘ra tanlab olinadi. O‘zaklar 5 sinfga bo‘linadi: I sinf o‘zaklariga murakkab shaklga ega va ko‘ndalang kesim yuzasi kichik bo‘lgan o‘zaklar kiradi. Qolip ichida o‘zaklar suyuq metall bilan har tomonlama muloqotda bo‘lib, quymada ingichka devorchalar hosil qiladi. Bu sinfdagi o‘zaklar ozgina miqdorda boFelovchilar qo‘shilganida ham, (asosiy A sinfdagi birinchi guruh A - 1) quritilgan holdagi mustahkamligi yuqori bo‘lishi kerak. II sinf o‘zaklari juda ingichka qovurFeaga ega bo‘lib, o‘zi katta hajmga egadir. Bu o‘zakning ko‘p qismi metall bilan bevosita muloqatda bo‘ladi. Ular quymalarda yuqori talablarga javob beruvchi yupqa yuzalar hosil qiladi. Aksariyat hollarda bu yuzalarga ishlov berilmaydi yoki qisman ishlov beriladi. Bu sinfdagi o‘zaklar quritilgan holatdagi yuqori mustahkamlikka ega bo‘lishi kerak, bunga esa boFelovchi ashyolarning sarfini oshirish va gaz o‘tkazuvchanligini oshirish yo‘li bilan erishiladi. Shuning uchun bu o‘zaklarda A sinfdagi ikkinchi guruh boFelovchilari (A-2) qo‘llaniladi. O‘zaklarning nam holatdagi mustahkamligini oshirish uchun oz miqdorda gil va suvli boFelovchilar qo‘shiladi. III sinf o‘zaklari - turli xildagi markaz o‘zaklari bo‘lib, ular ma’suliyati yuqori, lekin ishlov berilmaydigan yuzalar olish uchun qo‘llaniladi. Bu o‘zaklar nam va quruq xolatlarda o‘rtacha mustahkamlikka ega bo‘lib, yuzasining mustahkamligi yuqori bo‘lishi kerak. Bunday kursatgichlarga aralashmaga A sinfidagi uchinchi guruh boFelovchilarini (A-3) qo‘shish bilan erishiladi. O‘zakning nam xolatdagi mustahkamligini ta’minlash uchun aralashmaga gil, hamda suvli boFelovchilar qo‘shiladi. IV sinf o‘zaklari oddiy shaklga ega bo‘lib, ishlov beriladigan ichki va tashqi yuzalar hosil qiladi. Aralashmada B va V sinfdagi suvli boFelovchilar qo‘llaniladi. V sinf o‘zaklari - bu katta hajmdagi o‘zaklar bo‘lib, ular katta hajmdagi quymalarda ichki yuza hosil qilish uchun qo‘llaniladi. Bu o‘zaklarda asosiy boFelovchi sifatida gil ishlatiladi, chunki bu o‘zaklarda xarorat o‘zgarishi kam bo‘lib, undagi organik ashyolar yorilib - parchalanib ketmaydi. O‘zakning egiluvchanligini oshirish uchun ularga qipiq qo‘shiladi. Po‘lat va cho‘yan quymalari uchun ishlatiladigan o‘zaklarning tarkibi 4.4-jadvalda keltirilgan. Mis, alyuminiy, magniy va rux asosidagi rangli qotishmalardan quymalar olish uchun jadvalda keltirilgan aralashmalarda mayda donali qumlardan foydalanish kerak; III - IV sinfdagi o‘zaklar uchun gil va kvarts qumlari o‘rniga gilli qumdan foydalanish mumkin. Magniy qotishmalaridan quymalar olishda o‘zak aralashmalariga mahsus qo‘shimchalar (0,5-1,0% oltingugurt va 0,25-0,5% bor ishkori) qo‘shiladi. Bu qo‘shimchalar magniyning oksidlanishi va alangalanishining oldini oladi. Murakkab bo‘lmagan quymalar olishda o‘zak aralashmalari tarkibidagi kvarts qumi o‘rniga KP sinfdagi qumlardan foydalanish mumkin. O‘zak aralashmalarining tarkibi va xossalari 4 jadval
«Tushunchalar tahlili» uslubi
Xulosa: _____________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________ Download 474.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling