3-Ma’ruza. Quyish tizimlari
Qolip va o‘zak aralashmalari
Download 474.01 Kb.
|
Quyish tizimlari
3. Qolip va o‘zak aralashmalari
Qolip aralashmalari Qolip aralashmalarining tarkibi olinadigan quyma qotishmasiga, quyish xaroratiga, oksidlanishga moyillik xususiyatiga, hamda qanday qolipga (quruq, yoki nam holatdagi qolipga) quyilishiga qarab tanlab olinadi. Qolip aralashmalari ishlatilinishi bo‘yicha quyidagilarga bo‘linadi: cho‘yan quymalari uchun, po‘lat quymalari uchun, rangli qotishmaning quymalari uchun. Qoliplash usuliga qarab: nam holatida qoliplash uchun; quritilgan holatida qoliplash uchun. Ishlatilishiga qarab: birlamchi, to‘ldiruvchi va qoplovchi aralashmalarga bo‘linadi. Iqtisodiy jihatdan quymalarni nam qoliplarga quyish samaradorliroqdir, ammo bunda yuqori sifatli quyma olish imkoniyati yo‘q. Nam qoliplardan quyma olishda quyidagi uch ko‘rsatgich katta ahamiyatga ega: 1) mustahkamlik; 2) gaz o‘tkazuvchanlik; 3) namlik darajasi. Aralashma tarkibidagi gil miqdorining kam bo‘lishi uning gaz o‘tkazuvchanligini oshiradi va namlik darajasining pastligi mustahkamlikni oshiradi. Bunday aralashmalarning tarkibida 7-12% miqdorida 1-navli nam holatda mustahkam boFelovchi xususiyatiga ega bo‘lgan gill bo‘lishi kerak. Aralashmalar namligi 4-6% dan oshmasligi kerak. Bunday aralashmalarda montmorillonitli (bentonitli) gildan 34% miqdorida foydalanilanish kifoya qiladi. Quruq holatdagi qoliplardan quymalar olishda aralashma tarkibiga 16% gacha gill qo‘shiladi. Bunda quruq holatda mustahkam boFelash xususiyatiga ega bo‘lgan birinchi sinfdagi gildan foydalaniladi. Aralashmaning namligi ham 5 - 9% gacha yetkaziladi. Qolipga quyiladigan metall xarakteriga ko‘ra qolip aralashmasi turli xildagi qum va gildan tayyorlanadi. Po‘lat quymalari olishda (quyish xarorati -1500 °C) 1K va 2K sinfidagi qumdan va yuqori termik mustahkamlikdagi gildan foydalaniladi. Kvarts qumi va gilning aralashmasini sintetik aralashma deyiladi. Ular yuqori olovbardoshlik va gaz o‘tkazuvchanlikka ega. Bunday aralashmalarni katta hajmdagi cho‘yan quymalar olishda qo‘llasa bo‘ladi. Lekin cho‘yanning quyilish xarorati 1300 °C bo‘lgani sababli, ZK va 4K sinfdagi qumlardan foydalansa ham bo‘ladi. Gil esa o‘rtacha olovbardoshlikka ega bo‘lsa kifoya. Cho‘yandan olinadigan mayda quymalar, hamda rangli metall quymalari uchun kvarts qumi o‘rniga P sinfidagi gilli qumlardan foydalaniladi. Gilli qumlardan gil qo‘shgan holda tayyorlangan aralashmalar tabiiy aralashmalar deyiladi. Sintetik aralashmalarga nisbatan tabiiy aralashmalarning olovbardoshligi va gaz o‘tgazuvchanlik qobiliyati pastroq bo‘ladi. Ammo tabiiy aralashmalar ancha arzon bo‘lgani sababli, ularni imkoniyat qadar ko‘proq qo‘llash zarur. Aralashmalar tarkibiga (quyishni kamaytirish va moyilligini oshirish uchun qo‘shilgan qo‘shimchalar) miqdoriga ko‘ra bir biridan farq qiladi. Aralashmalar umumiy, tashqi yuza uchun va to‘ldiruvchi bo‘ladi. Katta miqdordagi ishlab chiqarishda umumiy aralashmalardan foydalaniladi. Donabay va kam miqdordagi katta hajmga ega bo‘lgan quyma ishlab chiqarishda ikkita-tashqi yuza uchun va to‘ldiruvchi aralashmalaridan foydalaniladi. Tashqi yuza uchun bo‘lgan aralashmani model yuzasiga solib, qolipning qolgan qismini to‘ldiruvchi aralashma bilan to‘ldiriladi. Qolipning suyuq metall bilan to‘ldirilish paytida tashqi yuza uchun bo‘lgan aralashma, suyuq metall bilan bevosita muloqotda bo‘ladi va yuqori xarorat gidravlik zarba ta’sirida bo‘ladi. Shuning uchun tashqi yuza uchun ishlatiladigan aralashmaning fizikaviy-mexanik xossalari yuqori bo‘lishi kerak. Bu esa tarkibiga katta miqdorda yangi ashyo (qum va gil) qo‘shish orqali amalga oshiriladi. To‘ldiruvchi aralashmalar metall ta’siridan holi, shuning uchun ularga faqat gaz o‘tkazuvchanlik va mustahkamlik bo‘yicha talablar qo‘yiladi. To‘ldiruvchi aralashmalariga yangi ashyolar qo‘shilmaydi. Qum-gilli qolip ashyosining tarkibi va xossasi 3-jadval
Download 474.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling