3-Ma’ruza. Quyish tizimlari


Download 474.01 Kb.
bet6/11
Sana23.10.2023
Hajmi474.01 Kb.
#1717750
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Quyish tizimlari

Xromognezit - xromit topilmaganida ishlatiladi. Buning uchun xromomagnezit Feishti maydalanadi.
Sirkon - issiqbardosh bo‘lib, 2000 S da eriydi. U metall oksidlari bilan reaktsiyaga kirishmaydi va yuqori akkumulyatsiya xossalarga ega. Sirkon bunday xossalarga ega bo‘lishi, katta hajmdagi po‘lat quymalar olishda yuza tozaligini ta’minlaydi.
Olivinit va dunit - magnezialli silikat. Quymakorlikda 20% gacha serpentin (olivinit) va 20-40% serpentin (dunit) bo‘lgan toFe jinslaridan foydalaniladi. Bu ashyolarning erish xarorati 1750-1830 °C, temir oksidiga nisbatan inert. Kvarts qumining o‘rniga ishlatilganida po‘lat va cho‘yan quymalari kuyindisiz bo‘ladi.
Gillar- Qolip gillari qum zarralarini bir-biriga boFelab jipslashtirishga xizmat qiladi. Gillarga o‘zining tabiy xolati namlanganida yuqori plastiklikka ega bo‘ladigan toFe jinslariga kiradi. Ular o‘z yaxlitligini buzmagan holda deformatsiyalana oladi va tashqi kuch olinganida keyin xam berilgan shaklni saqlab tura oladi.
Bunday xususiyatga sabab shuki, gil zarralarining tashqi qobiFeida elektr zaryadlari mavjud bo‘lib, gidrat qoplama hosil qilishadi. Gidrat qoplama gilning bir zarrasining ikkinchisiga nisbatan birikishini buzmagan holda yengil siljishini ta’minlaydi.
Gilning suvda sheshishi uni tashkil etuvchi asosiy minerallarning xossalariga va zarra o‘lchamlariga boFeliq. Gil o‘ziga qancha ko‘p suv miqdorini saqlab tura olsa, uning plastiklik va boFelovchilik xossasi shunchalik katta bo‘ladi.
Qolip va o‘zak ashyolari uchun qo‘llaniladigan gillarning tarkibiga asosan kaolinitAl2O3• X2S2O2 •2H2O kiradi.
Bunday gillar kaolinitli deb ataladi va «K» harfi bilan belgilanadi. Kaolinitning kristall panjarasi qavat - qavat bo‘ladi (2.1-rasm).
Kaolinit plastinasi chetlarida doimo kristallning chegara qatlamining kimyoviy aktivligini belgilovchi SiO4 anionlar katoriga Na+, K+, Sa2+, Mg2+, A13+ va boshqa kationlar ham qo‘shiladi. Agar gil suv muhitiga joylashtirilsa, hosil bo‘lgan qorishmaning dissotsiatsiyasi bo‘ladi (xuddi tuzning dissotsiatsiyasi kabi). Anion vazifasini kaolinit kristali, kateon vazifasini esa unga oldindan qo‘shilgan kaliy, natriy, kaltsiy yoki boshka metall ionlari bajaradi. Suv muhitida anion va kateonlar o‘z atrofida suv molekulalarining bir qismini ushlab turadilar. Bu yerda ushlab turilgan suv molekulalarining mikdori kateonlarning xossalariga boFeliq. Tarkibida Na+ ioni bo‘lgan gillar suvni ko‘proq saqlab turadilar, keyingi o‘rinda K+ ioanilar va hakozo. Shunday qilib, gil kristalining chetlarida kateonlarning bo‘lishi o‘zida suv molekulalarini saqlashga va o‘z navbatida gilning plastiklik hamda boFelovchilik xususiyatlarning mavjud bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Gilning mineralogik tarkibi zarralarining o‘lchami, unga birikkan kateonlarning miqdori va tarkibi shu gilning quymakorlikdagi texnologik xossalarini belgilab beradi.
Ma’lumki, qolip va o‘zaklar quritish davrida va keyinchalik suyuq metalni qolipga quyish davrida yuqori harorat ta’sirida bo‘ladilar. Shuning uchun qizib borayotgan gilda uning mustahkamligini bir tekis yoki notekis o‘zgarishiga olib boruvchi jarayonlar kechadi. 100 °C gacha qizdirilgan gilning mustahkamligi ortadi, bu esa gil tarkibidagi namlikning ketishi natijasida gil zarralari o‘rtasida birikishning kuchayishi bilan izohlanishi mumkin. Harorat 350 dan 650 °C gacha oshganida kristall holatidagi suv ketib kaolinitning suvsiz alyumosilikati hosil bo‘ladi. Bunda mustahkalik ortib, soviganida yana kamayadi. 750-800 °C ga qizdirilganida esa suvsiz alyumosilikat glinezyom va kremnezyomga parchalanadi, mustahkamlik oshib, soviganida esa keskin kamayadi.
Yuqori darajada qizidirilgan aralashmaning sovishida mustahkamlik keskin kamayadi, chunki, tez sovib borayotgan tashqi qatlamning torayishiga hali sovib ulgurmagan ichki qatlam yo‘l qo‘ymaydi. Bu holda o‘z plastikligini yo‘qotgan gil tashkil etuvchilar yorilib, biriktirish qobiliyatini yo‘qotadi.
Quymakorlik sexlarida kaolinitli gildan tashqari yana montmorilnitli gillar qo‘llaniladi. Ular nam holatda juda yuqori boFelovchilik xususiyatlariga ega. Bu gillarning asosiy minerali montmorilnit A12O3 • 4SiO2 • N2O + nN2O bo‘lgani sababli montmorilnitli deyiladi va «M» bilan belgilanadi.
Xudi kaolinit gillari kabi montmorillonit gillari ham qatlamli kristallardan tashkil topgan, lekin qatlam chetlarida faqat kislorod ionlari joylashgan bo‘ladi. Shuning uchun katlamlar orasidagi boFelanish zaifroq. Suv molekulalari esa qatlamlar orasiga singab boradi. Shuning uchun kristallar ichki sheshish qobiliyatiga ega bo‘lib, qatlamlar orasi esa 7,2 dan 21,4 A o gacha ortadi.
Montmorillonit gillari suvni tez yo‘qotadi: 120 - 180°C qizdirilganida 95% gacha suv yo‘qotiladi, 600 - 650 °C da esa suv umuman qolmaydi. Suvsizlangan alyumosilikat 800 - 850 °C da parchalanadi.
Har qanday gilda qo‘shimcha sifatida boshqa minerallar ham uchraydi. Ular o‘z navbatida boFelovchilik xossasini kamaytiradi, ba’zi xollarda esa termokimyoviy bardoshlikni ham pasaytiradi. Bunday minerallarga kvarts (50% gacha), slyuda, dala shpati, karbonatlar va pirit kiradi.

Download 474.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling