3-Ma’ruza. Quyish tizimlari
Download 474.01 Kb.
|
Quyish tizimlari
Reja.
1. Quyish tizimining turlari. 2..Quyish tizimining elementlari. 3. Ustama ta’minlagichlar. Quyish tizimining turlari Qolip bo‘shliFeini suyuq metall bilan to‘lishini ta’minlashga xizmat qiladigan ariqcha va yo‘llar tizimiga quyish tizimi deyiladi. Quyish tizimining to‘Feri loyihalashtirilishi quyma sifatining garovlaridan biridir. Quyish tizimining asosiy qismlariga (3.1.-rasm) quyidagilar kiradi: suyuq metallni qabul qilishga xizmat qiluvchi tizim, cho‘mich, ko‘ndalang kesim yuzasi aylana, oval yoki boshqa shaklga ega bo‘lgan tizim ustuni. Bu ustun suyuq metallni tizim cho‘michidan tizimning boshqa qismlariga uzatib berish uchun xizmat qiladi va vertikal o‘qiga paralel yoki burchak ostida o‘rnatiladi. Gorizontal tekisligida joylashgan tizim yo‘li (shlak tutgichi) - 3. Bu tutgichning vazifasi suyuq metallni tizim ustunidan tizim ariqlariga uzatib berish bilan bir qatorda metallagi shlak qo‘shimchalarni o‘zida tutib qolish. Shuning uchun uni shlak tutgichi deb xam ataladi. Qolip bo‘shliFeiga suyuq metallni yetkazib beruvchi ta’minlagich ariqchalari 4. Quyish tizimlarining beshta asosiy turlari mavjud: 1. Yuqori qism quyish tizimi (3.2,a-rasm).Bunday tizimlarda suyuq metall quymaning ustki qismidan ta’minlanadi, ya’ni ta’minlangan ariqchalari quymaning yuqori qismiga o‘rnatiladi. 2. Ostki qism quyish tizimi (3.2,b-rasm). Bunda ta’minlagichlar quymaning ostki qismiga o‘rnatiladi. 3. Yon tomondagi quyish tizimi (3.2,v-rasm). Bunda ta’minlagichlar qolipning ajraluvchi qismiga o‘rnatiladi. 4. Qavat quyish tizimi (3.2,g-rasm). Bunda ta’miachagichlar quymaning balandligi bo‘yicha bir necha qavatda o‘rnatiladi. 5. YomFeirsimon quyish tizimi. Quyish tizimining turini quyilayotgan metall xossalariga, quymaning shakliga, quymaning qolipdagi joylashgan holatiga qarab tanlanadi. Har kanday quymani loyihalashtirilayotganda e’tibor berish kerak bo‘lgan birinchi ko‘rsatgich - bu metall sarfidir. Bu ko‘rsatgich quyma sifatiga va quyish tizimiga ham boFeliq. Undan tashqari quyish tizimi quymada yordamchi qism hisoblanadi va u ajratib olinib qaytadan eritiladi. Shuning uchun quymaning hajmiga nisbatan quyish tizimining hajmi ma’lum nisbatda bo‘lishi lozim. Yuqori qism quyish tizmlari shakli va ishlanishi jihatidan sodda, hamda unga sarflanadigan metall miqdori kam undan tashqari bunday tizimlardan foydalanib metall quyish kristallanish jarayonini to‘Feri yo‘naltirish imkonini beradi, ya’ni quymaning xarorati ostki qismdan yuqori qismga qarab ortadi. Lekin bunday tizmning jiddiy kamchiligi ham mavjud. Suyuq metall tizim ustuni bo‘ylab bevosita qolipdagi quymaning tepasiga yuqori bosim bilan tushadi. Bu esa qolip shaklini buzilishiga, metallning qolip ashyosi bilan ifloslanishiga, metallning oksidlanishiga, hamda sachrashiga olib keladi. Shuning uchun bunday tizimlar kichik hajmdagi baland bo‘lmagan sodda shaklli quymalar olishda qo‘llaniladi. Ostki qism quyish tizimi qolip bo‘shliFeining bir maromda to‘lishini, metallning toza bo‘lishini ta’minlaydi. Lekin bu usulda quyilayotgan metallning hajmi bo‘yicha issiqlik ta’minoti buziladi. Chunki suyuq metall quymaning ostki qismidan ta’minlanadi va issiqlik yuqoriga intilib ichki zuriqish kuchlarini hosil qiladi. Bundan tashqari bu tizimning shakli murakkab va quyma olishda katta miqdordagi metall yordamchi quymaga sarflanadi. Yon tomondan quyish tizimi eng ko‘p qo‘llaniladigan tizim bo‘lib, unda tizim ustunidan tushayotgan metall bosimi kam lekin u yuqori qism tizimiga nisbatan ko‘proq metall sarfini talab etadi. Yon tomondan quyish tizimi baland bo‘lmagan o‘rta hajmdagi quymalar uchun keng qo‘llaniladi. Qavat quyish tizimi katta hajmdagi oFeir quymalar olishda qo‘llaniladi. Bu usulda quymaning metall bilan ta’minlanilishi ostki qism ta’minotiga ko‘ra ancha yaxshi. Metallning qolip bo‘shliFeiga ta’minoti ham pastdan tepaga amalga oshadi. Ammo, qavat quyish tizimi ancha murakkab va yordamchi metall sarfi yuqori. Unda asosan rangli metallarni quyishda foydalaniladi. YomFeirsimon quyish tizimi asosan silindr shakldagi quymalar olishda qo‘llaniladi. Suyuq metall tizim ustunidan xalqasimon tutgichga uzatilib, undan esa bir-biriga nisbatan bir xil masofada joylashgan ta’minlagichlarga o‘tadi. Ta’minlagichlardan tushayotgan ingichka metall oqimi qolip bo‘shliFeini bir me’yorda to‘ldiradi. Bunday quyish jarayonida metallning sachrashiga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Chunki qolip bo‘shliFeida sachragan metall oksidlanib, asosiy metall tarkibida erimasdan nuqson hosil qiladi. Quyish tizimini tanlash bilan bir qatorda quymaga ta’minlagichni o‘rnatish nuqtasi ham katta ahamiyatga ega. Quyilayotgan qotishmaning xossalari, quymaning shakli va devor qalinligiga qarab ta’minlagich quymaning yo‘naltirilgan kristallanishini yoki butun hajm bo‘yicha bir me’yorda sovishini ta’minlashi kerak. Qalin devorli va katta hajmdagi quymalarda cho‘kma bo‘shliqlar hosil bo‘lish ehtimoli katta, shuning uchun bunda quymaning yo‘naltirilgan kristall anishni ta’minlash zarur. Bu quymani loyihalashda qalin devorli qismini yupqa devorli qismiga nisbatan yuqorida joylashishi kerakligini e’tiborga olish bilan va ta’minlagichlarni aynan qalin devorli qismlarga o‘rnatish bilan amalga oshiriladi. Shuning uchun ham, bu kichik oquvchanlikka va katta cho‘kma bo‘shliqlar hosil bo‘lishiga moyil bo‘lgan po‘lat quymalarni loyihalashda ayniqsa ahamiyatli. Xuddi shu ish maxsus bronza, latun va ba’zi alyuminiy qotishmalaridan quymalar olishda amalga oshiriladi. Ammo kristallanish jarayonining tezligi quymaning turli qismlarida keskin farq qilsa, unda ichki kuchlanish va yoriqlar hosil bo‘lishi mumkin. Bunday holatlarda ta’minlagichlarni quymaning devor qalinligi o‘rtacha bo‘lgan qismiga o‘rnatiladi. Quymaning butun hajm bo‘yicha bir tekis kristallanishi ta’minlagichlarni yupqa devorli qismlariga o‘rnatish bilan amalga oshiriladi. Bunda ta’minlagichning o‘rnatish nuqtasi qalin va yupqa devorlar nisbati, xamda quymaning hajmidan kelib chiqqan hollar hisoblanadi. Shunda ichki kuchlanish, yoriqlar va yemirishlar hosil bo‘lishining oldi olinadi. Katta uzunlikka ega bo‘lgan turli qalinlikdagi devorlari mavjud quymalar aynan shunday loyihalashtiriladi. Katta hajmdagi qismlarning ta’minoti qo‘shimcha metall uzatish (ustama metall) bilan amalga oshiriladi. Kul rang cho‘yanning cho‘kma bo‘shliq hosil qilish xususiyati past bo‘lgani sababli ta’minlagichlari yupqa devorli qismlarga o‘rnatiladi. Shunda yupqa va qalin devorlarning kristallanish davri tenglashib, ichki kuchlanishlar va yoriqar hosil bo‘lishining oldi olinadi. Past oquvchanlikka ega bo‘lgan magniy qotishmalaridan quymalar olishda ta’minlagichlar ko‘p miqdorda talab etiladi va ular quymaning har tomonidan loyihalashtiriladi. Quymalarda torayib boruvchi quyish tizimlari Fustun > Fshl.tut >Fta’min va kengayib boruvchi quyish tizimlari Fustun Bu yerda Fustun, Fshl.tut, Fta’min - tizim ustuni, shlak tutgichi va ta’minlagichlarning kundalang kesim yuzalari. Torayib boruvchi quyish tizimlari shlakni yaxshiroq tutib qoladi, havo injektsiyasini kamaytiradi, suyuq metallning tizim ariqlari orqali o‘tish tezligini oshiradi. Bunday quyish tizimlari oksidlanishga moyil bo‘lmagan qotishmalar uchun qo‘llaniladi. Kengayib boruvchi quyish tizimlari metallning oqish tezligini kamaytiradi, qolip bo‘shliFeni bir me’yorda oksidlanmasdan sekin to‘lishini ta’minlaydi. Bunday quyish tizimlari oksdlanishga moyil bo‘lgan qotishmalar uchun qo‘llaniladi. 9-rasm. Quyish tizimining elementlari 1 - voronka; 2 - quyish tizimini vertikal kanali; 3 – shlak ushlagich; 4 - ta’minlovchi kanallar (suyuq metallni quymaga yetkazib beruvchi). 10-rasm. Quyish tizimining turlari. 1 - voronka; 2 - vertikal kanal; 3 - quyish yo‘li; 4 - boquvchi kanal 5 – gazlarni chiqaruvchi kanal; 6 - quyma. Download 474.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling