3-ma’ruza X. K. Qarshiboyeva cbot tipi btpii


Download 11.82 Kb.
bet1/5
Sana26.10.2023
Hajmi11.82 Kb.
#1723820
  1   2   3   4   5
Bog'liq
3-ma’ruza SBOT TIPI BTPII

3-ma’ruza

X.K.Qarshiboyeva

CBOT TIPI BTPII

Reja:

1.Boshlang‘ich ta’limda innovatsiya mazmuni. 2.Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining innovatsion faoliyati.

3.Boshlang‘ich ta’limda integratsiya mohiyati.

1.Boshlang‘ich ta’limda innovatsiya mazmuni.

“Innovatsiya” so’zi lotincha bo’lib, yangidan kiritilgan tushunchalar, tartib – qoidalar, texnologiyalar va yangiliklarni anglatadi.

Innovatsiya quyidagi tushunchalarni qamrab oladi:

  • Innovatsion vaziyat – bu pedagogik yangiliklarni yaratish, o’zlashtirish va tatbiq etishga qaratilgan vaziyat;
  • Innovatsion muhit – pedagogik yangiliklarning vujudga kelishi, ularning jadal o’zlashtirilishi va amaliyotga tatbiq qilinishi;
  • Innovatsion pedagogik loyiha – qabul qilingan va qismlarga ajratilgan yangi pedagogik g’oyalar hamda fikrlar;
  • Innovatsion pedagogik reja – tasdiqlangan yangicha asosdagi o’quv loyihasi;
  • Innovatsion pedagogik g’oya - tizimlashtirilgan yangi o’quv jarayoni prognoztikasi va ma’lumotlar majmui;
  • Innovatsion ta’lim - ta’lim sohasiga kiritilgan va kiritilayotgan yangiliklar hamda yangilangan ta’lim jarayoni;
  • Innovatsion texnologiya – pedagogik taraqqiyotni ta’minlashga qaratilgan yangi tashkiliy faollik vositalari, usullari va metodlari;
  • Innovatsion o’qitish – yangicha o’qitish tizimi hamda o’quvchi va talabalarni yangi kiritilgan texnologiyalar asosida o’qitish jarayoni.

Ayni paytda ta’lim tizimida quyidagilarga o’zgartirishlar kiritilsa innovatsiya hisoblanadi:

  • ta’limni va ta’lim boshqaruvining maqsadi, mazmuni, shakllari, metodlari hamda texnologiyalariga kiritilsa;
  • o’quv-bilish jarayoni va pedagogik usullarga kiritilsa;
  • ta’lim darajasini baholash va nazorat qilishga kiritilsa;
  • ta’limni moliyalashga kiritilsa;
  • o’quv – metodik ta’minotga kiritilsa;
  • tarbiyaviy ishlar tizimiga kiritilsa;
  • o’quv rejasi va dasturlarga kiritilsa;
  • o’qituvchi va o’quvchi faoliyatiga kiritilsa.

Download 11.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling