3-ma’ruza X. K. Qarshiboyeva cbot tipi btpii


Boshlang’ich ta’limda integratsiya asoslarini quyidagilar tashkil etadi


Download 11.82 Kb.
bet4/5
Sana26.10.2023
Hajmi11.82 Kb.
#1723820
1   2   3   4   5
Bog'liq
3-ma’ruza SBOT TIPI BTPII

Boshlang’ich ta’limda integratsiya asoslarini quyidagilar tashkil etadi:

  • o’quv rejalari va dasturlarining turdosh fanlar bilan hamkorlikda tuzilishi;
  • o’quv adabiyotlarining turdosh fanlar bilan hamkorlikda yaratilishi va bunda mavzularning takrorlanishiga yo’l qo’ymaslik;
  • boshlang’ich ta’lim va tarbiya jarayonini umumiy o’rta ta’lim hamda ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari bilan aloqadorlikda amalga oshirish;
  • boshlang’ich ta’lim va tarbiya jarayoniga turdosh fanlar tajribasidan o’tgan innovatsion pedagogik texnologiyalarni tatbiq etish;
  • boshlang’ich ta’lim muammolarini pedagogika, psixologiya, sotsiologiya va boshqa fanlar bilan hamkorlikda ilmiy tatqiq etish;
  • boshlang’ich ta’lim o’quv fanlarining optimal va uzviylik tamoyillariga asosan bog’liqligini ta’minlash;
  • boshlang’ich ta’limning tajribaviy yutuqlarini boshqa ta’lim turlari va fanlariga taqdim etib borish.

Boshlang’ich ta’limda integratsiya quyidagi mexanizmlarga asoslanadi:

  • o’quv fanlarini turdosh ta’lim bosqichlari va ilmiy muassasalar bilan hamkorlikda o’qitish;
  • o’quv adabiyotlarini amaliy faoliyat bilan uyg’unlikda yaratish;
  • boshlang’ich ta’limni amalga oshiruvchilarning faoliyatini manfaatli hamkorlik asosida tashkil etish.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 6 noyabrdagi PF-6108-sonli “O’zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Farmonida boshlang’ich ta’limda integratsiyani tarkib toptirish uchun quyidagilarni amalga oshirish belgilangan:

  • o’zaro uzviy bog’liq o’quv fanlarini birlashtirish hisobiga ularning sonini optimallashtirish;
  • o’quvchilar o z‘ bkm laridan amaliyotda foydalanishni o’rgatuvchi malaka talablarini sinflar kesimida ishlab chiqish;
  • fanlararo o’zaro aloqadorlikni qat’iy ta’minlash;
  • yangi avlod darsliklarini o’qituvchining metodik qo’llanmasi, o’quvchining mashq daftari va multimedia ilovasi bilan birga kompleks tarzda yaratish hamda nashr etish.

Download 11.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling