Hozirgi zamon boshlang’ich ta’lim tizimimizda faoliyat yuritayotgan o’qituvchilarning individual tajribalari ham innovatsion faoliyat turiga kiradi. Misol uchun, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev O’qituvchi va murabbiylar kuniga bag’ishlangan marosimdagi Murojaat nutqida (2020 yil 30 sentyabrь) ana shunday innovatsion faoliyat yuritayotgan Buxoro viloyati Qorako’l tumanidagi maktablardan birining o’qituvchisi To’xtamurod Jumaevning ana shunday individul tajribasi to’g’risida alohida to’xtaldi va uning faoliyatini innovatsiya tarzida taqdim qildi: “Mana, bugungi kunimizning haqiqiy ma’rifatparvari va davrimizning Avloniysi, Behbudiy domlasi, Munavvarqorisi”. 3.Boshlang‘ich ta’limda integratsiya mohiyati. “Integratsiya” tushunchasi lotincha bo’lib, to’liq, yaxlit va bir butunlik ma’nolarini anglatadi. Atama sifatida integratsiya so’zi quyidagilarni ifodalaydi: - o’quv fanlarining o’zaro bog’liqligini;
- o’qitish jarayonining boshqa turdosh faoliyatlar bilan aloqadorligini.
Pedagogik nuqtai nazardan integratsiyaning quyidagi afzalliklari mavjud: - o’quv rejalari, dasturlari va adabiyotlarini turdosh fanlar bilan aloqadorlikda tuzish, takroriylikdan qochish;
- turdosh fanlarning o’zaro bog’liqligida amalga oshirish;
- ta’lim muassasasining hamkorlik ko’lamining kengayishi;
- ta’lim beruvchilarning hamkasblari bilan o’zaro aloqaga kirishishi;
- ilmiy ishlanmalarning amaliy xususiyatlari kuchayishi.
Pedagogik integratsiyani yuzaga keltirish uchun bir necha talablar mavjud bo’lib, ularning asosiylari quyidagilardan iborat: - ta’lim muassasalariga teng shart-sharoit yaratish va ularni bir xil texnologik jihozlash;
- fanlarning muammolarini hamkorlikda hal etish;
- ta’lim va tarbiya jarayonining texnologiyalari, metodlari va vositalarini manfaatdor muassasalar bilan birgalikda yaratish;
- ta’lim va tarbiya ishtirokchilarining nazariy bilimi, ko’nikma va malakasini takomillashtirib borish.
Do'stlaringiz bilan baham: |