13-rasm.To’g’ridan kelayotgan to’pni ikki qo’llab ilib olish va himoyachi harakati
To’pni ilib olish, keyinchalik to’pni oshirib berish, olib yurish yoki otishni bajarish uchun
xam dastlabki xolat xisoblanadi, shuning uchun xarakatlar uz tuzilishsi bilan keyingi usullarni
aniq va qulay bajarilishini ta’minlashi lozim. O’yinchi to’pni xali ilmay turib, uni keyin kayokka
va kimga uzatishni bilishi kerak.
To’pni ikki qo’l bilan ilib olish. To’pni ikki qo’l bilan ilib olish, to’pni egallashning eng
oddiy va shu bilan birga ishonchli usuli xisoblanadi.
Tayyorlov qismi: agar to’p o’yinchiga kukrak yoki bosh balandligiga yakinlashayotgan
bulsa, unda qo’llarni to’pga qarshi chikarish, bush barmoqlar va panja bilan to’pni tutish, to’p
xajmiga nisbatan kattarok voronkani xosil etish kerak.
Asosiy qismi: to’p barmoqlarga tegish vaqtida unga panjalarni yakinlashtirib, barmoqlar
bilan ushlash kerak (kag’t bilan emas), qo’llarni esa kukrakka tortib, tirsak bug’inlarida bukish
kerak. Qo’llarni bukish uchib kelayotgan to’pning urish kuchini pasaytiradigan amortizaqiyon
xarakat xisoblanadi.
Yakunlovchi qism: to’pni qabul qilgandan keyin gavdani yana ozgina oldinga tashlanadi:
yoyilgan tirsaklar bilan raqibdan saklanayotgan to’pni keyingi xarakatlarga tayyorlash
xolatiga
olib chiqiladi. Agar to’p kukrak balandligidan
ancha past uchib kelsa, unda o’yinchi to’pining
uchish
balandligiga pasaytirib, odatdagidan kura pastrok utiradi (13-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: