3-mavzu. Fayllarni boshqarish tizimlari. Operatsion tizimning fayl tizimi tashkil etish. Fayllar, papkalar. Boshqaruv fayl tizimlari fat32, hpfs, ntfs. Reja
HPFS tizimida ma’lumotlarni saqlash mustahkamligi
Download 303.29 Kb.
|
Ma\'ruza №3a
2.10. HPFS tizimida ma’lumotlarni saqlash mustahkamligi
Ixtiyoriy fayl tizimi ma’lumotlarni diskka yozishda xatolarni to‘g‘irlash xususiyatiga ega bo‘lishi kerak. HPFS tizimida buning uchun avariya o‘zgartirish mexanizmi ishlatiladi (hotfix). Agar HPFS fayl tizimi diskka ma’lumotlarni yozish vaqtida muammoga duch kelsa, unda bu hol to‘g‘risida shu muammoga doir xabarni chiqaradi. Keyin HPFS defekt sektoriga yozilishi kerak bo‘lgan ma’lumotni saqlaydi. Buning uchun shunday holatlar uchun oldindan rezervlangan bitta zaxira sektori ajratiladi. Erkin zaxira bloklari ro‘yxati HPFS tizimining rezerv blokida saqlanadi. HPFS normal blokiga ma’lumotlarni yozish vaqtida xato aniqlansa bu holda u (HPFS) bitta erkin zaxira blokini tanlaydi va ma’lumotlarni unda saqlaydi. Undan keyin fayl tizimi rezerv blokining avariya o‘zgartirish kartasini yangilaydi. Bu karta o‘zi bilan ikki so‘zlik juftlikni ko‘rsatadi, har biri sektor 32-bit raqamiga ega. Birinchi raqam defekt sektorini ko‘rsatadi, ikkinchi mavjud zaxiradagi sektorlar orasida almashtirishga tanlangan sektorni. Nomukammal sektor almashtirilgach favqulodda vaziyatda ehtiyot karta bilan almashtiriladi, keyin diskka yoziladi va ekranda diskka yozishda xatolikka yo‘l qo‘yilganlik haqida xabar qiluvchi popup (qalqib turuvchi) oyna paydo bo‘ladi. Har safar tizim diskka yozishni bajarganda va disk tarmog‘ini o‘qishni boshlaganda, u favqulodda kartani ko‘rib chiqadi va extiyot tarmoqlardagi barcha raqamlarni nuqsonli sohalardagi raqamlar o‘rniga almashtiradi. Shuni ta’kidlash kerakki bu almashtirish ishlari tizim ish faolyatiga ta’sir qilmaydi chunki u faqat disk kesh xotirasidagi ma’lumotlarni o‘qish uchun diskka jismoniy tarafdan e’tibor qaratishda bajariladi. Favqulodda zaxira kartani tozalash uchun avtomatik ravishda HPFS disk tekshirishda CHKDSK dasturi orqali bajariladi. Har bir almashtirilgan blok (sektor) uchun CHKDSK dasturi qattiq diskda fayl uchun yeng mos yangi sektor (qaysi ma’lumotga tegishli bo‘lsa) ajratadi. Keyin dastur ma’lumotlarni ehtiyot bloklardan ushbu sektorga ko‘chiradi va daraxt bloklar muvozanatini talab qilishi mumkin bo‘lgan fayl holati haqidagi ma’lumotni yangilaydi. Shundan so‘ng CHKDS HPFSning qo‘shimcha blokida saqlanuvchi , buzilgan sektorni nuqsonli bloklar ro‘yxatiga kiritadi va bo‘sh sektorni zaxira blokida joylashgan bo‘sh sektorlar ro‘yxatiga qaytaradi. So‘ngra favqulodda almashtirish kartasidan yozuvni o‘chirib tashlaydi va diskka tahrirlangan kartani yozadi. HPFSning barcha asosiy faylli obyektlari, shu jumladan faylli uzellar, aralash bloklar va katalog bloklar noyob 32 bit identifikator va o‘zining ota-ona va qiz bloklari ko‘rsatuvchilariga ega. Faylli uzellar, shuningdek, o‘zining fayl yoki katalogning qisqartirilgan nomini o‘z ichiga oladi. HPFSning ortiqcha va o‘zaro aloqadagi faylli tuzilishi CHKDSK dasturiga diskning fayl tuzulishini to‘liq qayta tiklashga, faylli uzellarni, aralash blok va katalog bloklarni ketma-ket tahlil qilishga imkon beradi. To‘plangan ma’lumotlar qo‘llanmasi bilan CHKDSK fayllar va kataloglarni qayta tiklaydi, keyin qaytadan diskning bo‘sh sektrolarida bitli kartalarni yaratadi. CHKDSK dasturini ishga tushirish tegishli kalitlar bilan amalga oshirilishi lozim. Misol uchun, ushbu dastur ishining variantlaridan biri o‘chirilgan fayllarni topish va qayta tiklash imkonini beradi. Download 303.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling