3-mavzu. Fayllarni boshqarish tizimlari. Operatsion tizimning fayl tizimi tashkil etish. Fayllar, papkalar. Boshqaruv fayl tizimlari fat32, hpfs, ntfs. Reja


Download 303.29 Kb.
bet6/12
Sana30.01.2023
Hajmi303.29 Kb.
#1141367
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Ma\'ruza №3a

2.5. FAT32 fayl tizimi

Bu FAT jadvalini ishlatish g‘oyasini yangi hayotga tadbiq etilishi.


FAT32 - bu 32-razryadli to‘liq erkin fayl tizimi. Dastlab Windows OSR2 (OEM Service Release 2) ishlatilgan.
Hozirgi vaqtda FAT32 Windows 98 va Windows ME da ishlatiladi.
U avvalgi FAT lardan farqli ravishda ko‘plab yangilanishlar va qo‘shimchalarga ega.
1. Kichik razmerda klaster ishlatilishi natijasida (4 Kb) diskdan kam joy egallaydi, hisoblarga ko‘ra 15% ga joy iqtisod qilinadi.
2. Kengaytirilgan yuklanish yozuviga ega bo‘lishi natijasida kritik strukturasini nusxalashga imkon yaratib beradi  diskning struktura buzilishi bo‘yicha chidamlilikka erishiladi.
3. Standart o‘rniga FAT rezerv kopiyasini ishlatishi mumkin.
4. Ildiz katalog joyini o‘zgartira oladi, boshqacha qilib aytganda, ildiz katalogi xohlagan joyda bo‘ladi  ildiz katalogi razmer cheklanishini olib tashlaydi.(512 element, negaki ROOT bitta klasterni o‘z ichiga olishi kerak edi).
5. Ildiz katalogi strukturasi takomillashtirilgan.
Bu fayl tizimida yangi maydonlar paydo bo‘ldi:

  • yaratilgan vaqti (2);

  • yaratilgan sanasi(2);

  • oxirgi murojaat vaqti (2);

  • boshlang‘ich klasterning katta so‘z raqami;

  • boshlang‘ich klasterning kichik so‘z raqami;

  • nazorat yig‘indisi.

Avvalgidek faylning uzun nomi uchun bir qancha deskreptorlar ishlatiladi.
FAT32 tomlari uchun FAT32 ni «tushunuvchi» utilitalardan boshqa utilitalarni ishlatib bo‘lmaydi.


2.6. HPFS fayl tizimi

HPFS (High Performance File System) —yuqori samarali fayl tizimi.


HPFS dastlab OS/2 1.2 va LAN Manager OT paydo bo‘lgan. HPFS birinchi uzun fayl nomlarini quvvatlovchi fayl tizimi bo‘lgan.
HPFS ning asosiy o‘ziga xos xususiyatlariga quydagilarni kiritish mumkin:

  • Asosiy farqi – fayllarni diskda joylashtirishning bazaviy prinsiplari va faylni uning joyi (joylashuvi) haqida ma’lumotni saqlash prinsiplari. Bu prinsiplar orqali HPFS yuqori samaradorlikka va chidamlilikka ega.

  • HPFS fayl tizimida disk kengligi klasterlar bilan ajralmaydi, balki, bloklardan tashkil topgan. Tizimning zamonaviy talqinida blok bitta sektorga teng qilib olingan, ammo, u boshqa o‘lchamda ham bo‘lishi mumkin. Shuni ta’kidlab o‘tish kerakki, blok bu klasterning o‘zi, ammo, klaster har doim bitta sektorga teng. Fayllarning bunday katta bo‘lmagan bloklarda joylashuvi disk kengligidan samarali foydalanish imkonini beradi, chunki ishlatilmaydigan bo‘sh joy o‘rtacha (yarimsektor) 256 baytni tashkil qiladi. Eslatib o‘tamiz, klaster hajmi qancha katta bo‘lsa, diskda shuncha ko‘p joy behuda sarflanadi.

  • HPFS tizimi fayllarni bitta blokda joylashtirishga harakat qiladi, bunday imkoniyat mavjud bo‘lmasa faylni yekstentlari (fragmentlari) jismoniy jihatdan bir biriga yaqin qilib joylashtirishga harakat qiladi. Bunday yondashuv diskdan o‘qish yozish va kutish vaqtini tezlashtiradi. Eslatib o‘tamiz FAT tizimida fayl uchun har doim birinchi bo‘sh klaster ajratiladi.

Ekstentlar (extent) — fayl fragmentlari bo‘lib, ular diskning harakat sektorlarida joylashadi. Fayl fragmentlanmagan bo‘lsa, bitta ekstentga ega bo‘ladi, aks holda bir qancha ekstentlarga ega bo‘ladi.

  • ikkilamchi daraxtli balansirovka usuli fayl joyi to‘g‘risida ma’lumotni saqlash va qidirish uchun ishlatiladi va umuman HPFS ishlash qobiliyatini ko‘taradi (FAT tizimi bilan solishtirganda).

  • HPFS tizimida maxsus kengaytirilgan atributlar mavjud bo‘lib, fayl va kataloglarga murojaat etishni boshqaradi.

Kengaytirilgan atributlar (extended attributes, EAs) fayllar haqida qo‘shimcha ma’lumotlarni saqlash imkonini beradi. Masalan, har bir fayl uning aniq bir grafik ko‘rinishidagi (belgi), faylni ko‘rsatish, izoh, fayl egasi haqida ma’lumot va boshqalar.



Download 303.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling