3-mavzu. Fayllarni boshqarish tizimlari. Operatsion tizimning fayl tizimi tashkil etish. Fayllar, papkalar. Boshqaruv fayl tizimlari fat32, hpfs, ntfs. Reja
Download 303.29 Kb.
|
Ma\'ruza №3a
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ma’lumotlar maydoni
2.1. FAT fayl tizimi
FAT fayl tizimida ixtiyriy mantiqiy diskning disk fazosi ikki sohaga bo‘linadi: • tizim sohasi; • ma’lumotlar maydoni. Tizim maydoni formatlashtirishda yaratiladi va keyinchalik fayl tizimini ustida ishlar olib borganda yangilanadi. Tizim maydoni quyidagi tarkibiy qismlardan iborat: • Yuklanuvchi sektordan va unda yuklanuvchi yozuv (boot record) mujassam bo‘ladi; • rezervlangan sektorlardan (ular bo‘lmasligi ham mumkin); • fayllarni joylashtirish jadvali (FAT, File Allocation Table); • ildiz katalogidan (Root directory, ROOT). Ushbu komponentlar diskda yonma-yon joylashgan bo‘ladi. Ma’lumotlar maydoni ildizga bo‘ysunuvchi fayllar, kataloglardan tashkil topgan. Tizimi sohasidan farqli o‘laroq, ma’lumotlar maydoniga DOS foydalanuvchi interfeysi orqali ruxsat berilgan. 2.2. Yuklanuvchi sektor Yuklanish yozuvini shakllantirish diskni formatlashda (masalan, FORMAT) sodir bo‘ladi. Yuklash sektorining formati operatsion tizimi va hatto uning versiyasiga bog‘liq. Yuklash sektori mantiqiy diskda birinchi bo‘lib joylashadi. U yuklovchi yozuvni o‘z ichiga oladi (boot record). Yuklovchi yozuv ikki qismdan iborat: • disk bloklarining parametri (disk parameter block) - ko‘pincha BIOS (BPB) parametrlar bloki deyiladi yoki Extended BPB (OS eski versiyalari uchun); • OT boshlang‘ich yuklash dasturi (system bootstrap). Yuklovchi yozuvning dastlabki ikki bayti – tizimli yuklovchiga shartsiz o‘tish buyrug‘i - JMP 3Eh. Uchinchi bayt - NOP (90h). Keyingi - 8 bayt tizim identifikatori (OT versiyasi ishlab chiqaruvchi kompaniya to‘g‘risidagi ma’lumotlar). Shundan so‘ng disk paremetrlari bloki keladi, undan keyin – OT yuklovchi. Disk parametrlari bloki quyidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi: • sektor hajmi; • klasterdagi sektorlar soni; • oldindan rezervlangan sektorlar soni; • FAT nusxalari soni; • ROOT elementlarining maksimal soni; • FAT jadvalidagi sektorlar soni; • yo‘llakdagi (дорожка) sektorlar soni; • tom yorlig‘i; • fayl tizimi nomi; • boshqa parametrlar (bayt-yozuvchi vosita 0Ah = F8H har qanday hajm; F0-disket 1.44, 3.5’’). Turli operatsion tizimlarni yuklovchi yozuvlari odatda blok parametrlari strukturasi bilan farqlanadi. Ba’zilarida qo‘shimcha maydonlar ham mavjud. Yuklanuvchi sektor va FAT o‘rtasida fayl tizimi uchun xizmatchi bo‘lgan yoki ishlatilmaydigan rezervlangan sektorlar mavjud bo‘lishi mumkin. Oldindan rezervlangan sektorlar BPB bilan aniqlanadi. (farmatli ko‘rishda - Reserved sectors at beginning - agar = 1 bo‘lsa, u holda bu MBR). Yuklovchi yozuvni ko‘rish va tahrirlash, shuningdek, saqlash va tiklash uchun Disk Editor utilitasidan foydalanish mumkin. Download 303.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling