3-mavzu. Fayllarni boshqarish tizimlari. Operatsion tizimning fayl tizimi tashkil etish. Fayllar, papkalar. Boshqaruv fayl tizimlari fat32, hpfs, ntfs. Reja
Boshqarish bloklari quyidagilardan tashkil topadi
Download 303.29 Kb.
|
Ma\'ruza №3a
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.7. Fayllarning joylashish prinsipi
- HPFSOPT dasturi GammaTech yig‘ma utilitlaridan
Boshqarish bloklari quyidagilardan tashkil topadi
1. Yuklovchi blok (boot block). Bu blok tom nomi, seriya raqami, BIOS parametrlari va dastlabki yuklanish dasturidan tashkil topadi. Dasturning boshlang‘ich yuklanishi OS2LDR faylni topishdan boshlanadi, uni xotiraga joylaydi va boshqaruvni OT yuklash dasturiga uzatadi, shu o‘rinda diskdan xotiraga OS/2 yadrosi - OS2KRNLni yuklaydi. Keyin OS2KRIML, CONFIG.SYS fayldan xotiraga qolgan, kerak bo‘lgan dastur modullarini va ma’lumotlar blokini yuklaydi. Yuklovchi blok 0 dan15 gacha bo‘lgan sektorlarda joylashadi. 2. Super Blok (super block). Bu blok o‘z ichiga quyidagilarni oladi: bit kartalari ro‘yxatini ko‘rsatadi (bitmap block list). Bu ro‘yxatda bit kartalar joylashgan, bo‘sh sektorlarni aniqlashga mo‘ljallangan diskdagi barcha bloklar sanab o‘tilgan; defektli bloklar ro‘yxati ko‘rsatilgan (bad block list). Tizim qachonki buzilgan blokni topsa, u shu ro‘yxatga tushadi va ma’lumotlarni saqlash uchun boshqa ishlatilmaydi; guruh katalogi ko‘rsatkichi (directory band); ildiz katalogining fayl uzeli ko‘rsatkichi (F-node); dasturning oxirgi bo‘limini tekshirish sanasi CHKDSK; chiziqning o‘lchami haqida ma’lumot (dastlabki HPFSda – 8 Mbayt). Super Blok (super block) diskning 16 sektorida joylashgan. 3. Rezerv bloki (spare block). Bu blok o‘z ichiga quydagilarni oladi: avariyalik karta ko‘rsatkichi (hotfix map yoki hotfix-areas); bo‘sh zaxira bloklar ro‘yxati ko‘rsatkichi (directory emergency free block list); sistema bayrog‘i va diskriptorlar qatori. Bu blok diskning 17 sektorida joylashadi. Rezerv bloki yuqori qaytaruvchan fayl tizimini HPFS ta’minlaydi va diskdagi buzilgan ma’lumotlar tiklanishini ta’minlaydi. 2.7. Fayllarning joylashish prinsipi Ekstentlar (extent) — fayl fragmentlari bo‘lib, ular diskning harakat sektorlarida joylashadi. Fayl fragmentlanmagan bo‘lsa bitta ekstentga ega bo‘ladi, aks holda bir qancha ekstentlarga ega bo‘ladi. Qattiq diskning O‘qish/yozish qurilmasi joylashish vaqtini kamaytirish uchun HPFS tizimi quyidagi harakatlarni qiladi: 1) fayllarni yonma-yon blokda aralash joylashtirish; 2) agar bunday imkoniyat bo‘lmasa, fragmentlangan fayllarni Ekstentlarini yonma-yon bir-biriga yaqin joylashtirish kerak. Shuning uchun HPFS statistikadan foydalanadi, shu bilan o‘sadigan 4 kilobaytgacha joyni fayl oxirida shartli rezervlashga harakat qiladi. Ma’lumotlar mavjud bo‘lgan faylga yozilganda HPFS bir zumda diskning doimiy fazosidan kamida 4 Kbaytni rezervlaydi. Agar fazoning ushbu qismi kerak bo‘lmasa u holda fayl yopilganda u keyingi ish uchun bo‘shatiladi. Agar fayl doimiyligi buzilmasdan kattalashish imkoniyati bo‘lmasa u holda HPFS faylning asosiy qismiga yaqinroq yana yonma-yon bloklardan 4 Kbayt rezervlaydi. Ma’lumki, diskda fayllarni fragmentatsiyasi unda joylashgan bloklarning sonidan, fayllarning va diskning hajmidan va disk operatsiyalarini хarakteri hamda intensivligiga bog‘liq. Faylarni qisman fragmentatsiyasi fayl ustida olib boriladigan operatsiyalar tezligiga amaliy ta’sir ko‘rsatmaydi. Ikki-uch ekstentlardan tashkil topgan fayllar, HPFS ishlab chiqarishini amaliy pasaytirmaydi. Bu fayl tizimi, ma’lumotlar sohasini ko‘zatadi va bitta faylga taalluqli fayllar imkoniyat boricha bir-biriga yaqin joylashishi ta’minlaydi. Defragmentatsiya dasturlar (utilitlar), bu fayl tizimi uchun mavjud bo‘lgan, jimliq bo‘yicha ikki-uch ekstentlarni fayl uchun meyor deb hisoblaydi. Masalan, HPFSOPT dasturi GammaTech yig‘ma utilitlaridan tashkil topadi, jimlik bo‘yicha fayllarni defragmentatsiya qilmaydi, ko‘p ekstentlardan tashkil topgan fayllar agar iloji bo‘lsa 2 yoki 3 ekstentlarga keltiriladi. O‘rtacha diskda 2% fayllar mavjud bo‘lib, ikki yoki undan ortiq ekstentga ega bo‘ladi buni amaliyot ko‘rsatadi. Fragmentlangan fayllar umumiy soni, qoidaga ko‘ra, 3% dan oshmaydi. Bunday judda kam fragmentlashtirish tizimning umumiy ishlab chiqarishiga kam ta’sir ko‘rsatadi. Yana bir fayllarni fragmentlashtirishni kamaytirish usuli—fayllarni joylashuvini, bir biriga qarab o‘sishi yoki fayllarni, har xil tredlar yoki protsessorlar bilan ochilgan, diskning har xil chiziqlarda. Download 303.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling