2-rasm. Fayl tizimi tuzulmasi.
«Сохранить файл» buyrug‘i bajarilganda, fayl tizimi drayveri diskda band bo‘lmagan bloklarni qidiradi, yangi yaratilgan fayl uchun taqsimlangan kabi ularni belgilaydi, disk drayverga foydalanuvchi ma’lumotlar bloklarini yozish uchun so‘rov yuboradi.
Fayl tizimi drayveri magnit diskka yozilgan, fayl nomi bo‘yicha ma’lumotlarga kirishni ta’minlaydi va fayllar orasidagi magnit diskda bo‘sh joy ajratadi.
Bu vazifalarni amalga oshirish uchun, fayl tizimi drayveri nafaqat foydalanuvchi axborotini saqlaydi, balki o‘zning xizmat axborotlarini ham saqlaydi. Disk xizmat sohalarida fayllar va kataloglar ro‘yxati hamda fayl tizimi drayveri tezligini oshirish uchun xizmat qiluvchi turli qo‘shimcha ma’lumotnomalar jadvallari saqlanadi.
Fayl tizimiga, shuningdek barcha amaliy dastur ham murojaat etishi mumkin va buning uchun barcha dasturlash tillarida maxsus protseduralar bor.
Fayl tushunchasi har qanday manbaga yoki mashinada foydalanuvchi ma’lumotiga qaratilgan bo‘lishi mumkin, masalan, dastur uchun fayl sifatida printer, displey, klaviatura va boshqalarni ko‘rish mumkin.
Fayl tizimi tuzilishi va tashqi magnit tashuvchilarda ma’lumotlarni saqlash tizimi foydalanuvchilarni ishlash qulayligini belgilaydi, fayllarga murojaat etish, kirish tezligini va boshqa qulayligini belgilab beradi.
2. Fayl boshqaruv tizimi
Fayl boshqarish tizimlari fayl kabi tashkillashtirilgan ma’lumotlarga qulayroq murojaat etishga mo‘ljallangan. Fizik adresi ko‘rsatilgan ma’lumotlarga past darajadagi kirishga nisbatan Fayl boshqarish tizimlari nomi ko‘rsatilgan faylga mantiqiy kirishdan foydalanishga ruxsat imkonini beradi.
Fayl tizimlari.
Har qanday fayl boshqaruv tizimi o‘z-o‘zidan mavjud emas - u muayyan operatsion tizimlari va ayniqsa fayl tizimi bilan ishlash uchun yaratilgan. Ya’ni fayllarni boshqarish tizimini OT bog‘lashi mumkin.
Lekin bu bilan birga quydagilarni hisobga olganda:
1) bazi bir operatsion tizimlar bir nechta fayl tizimlari bilan ishlash imkonini beradi (yoki bir vaqtning o‘zida bitasi bilan, yoki bir vaqtning o‘zida bir nechtasi bilan); qo‘shimcha fayl tizimi o‘rnatishingiz mumkin (ya’ni, ular mustaqildir).
2) oddiy operatsion tizimlar fayl tizimlarisiz ham ishlashi mumkin;
Fayl boshqaruv tizimi alohida dasturiy tizim guruhlariga ajratiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |