3-mavzu. Fayllarni boshqarish tizimlari. Operatsion tizimning fayl tizimi tashkil etish. Fayllar, papkalar. Boshqaruv fayl tizimlari fat32, hpfs, ntfs. Reja


Download 303.29 Kb.
bet5/12
Sana30.01.2023
Hajmi303.29 Kb.
#1141367
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Ma\'ruza №3a

2.4. ROOT ildiz katalogi

Fayl to‘g‘risidagi to‘liq ma’lumot boshqa strukturada saqlanadi va ildiz katalogi deb ataladi. Har bir mantiqiy disk o‘zining ildiz katalogiga ega (ROOT, ingl. - ildiz).


Ildiz katalogi fayl va boshqa kataloglarni ko‘rsatadi. Katalog elementi bo‘lib, fayl deskriptori (yoritib beruvchi) hisoblanadi. Har bir fayl va katalogning deskriptori quydagilardan tashkil topadi:

  • ismi (8 bayt);

  • kengaytmasi (3 bayt );

  • yaratilish yoki oxirgi o‘zgartirish (modifikatsiya) sanasi (2 bayt );

  • yaratilish yoqi oxirgi o‘zgartirish (modifikatsiya) etilgan vaqti (2 bayt);

  • atributlari (1 bayt) (arxivlik, katalog atributi, tom atributi, tizimli, yashirin, faqat o‘qish uchun);

  • fayl uzunligi (katalog uchun - 0 ) (4 bayt);

  • oldindan egalangan (зарезервирован) maydon, u ishlatilmaydi (10 bayt);

  • klasterlar zanjiridagi klasterning birinchi raqami, fayl yoki kataloga ajratilgan; bu raqam asosida, operatsion tizim, FAT jadvaliga murojaat etadi, fayl klasterlarining barcha qolgan raqamlarini bilib oladi (2 bayt).

Foydalanuvchi faylni bajarish uchun ishga tushiradi. Operatsion tizim fayl izohi asosida uni tahlil qilib, kerakli faylni topadi. Berilgan katalogda fayl topilgandan so‘ng, operatsion tizim faylning birinchi klasterini o‘qiydi va FAT jadvali bo‘yicha qolgan klasterlar raqamlarini aniqlaydi. Bu klasterlardagi ma’lumotlar bitta ajralmas sohaga birlashib tezkor xotira o‘qiladi. Operatsion tizim boshqaruvni faylga topshiradi va dastur ishga tushadi. ROOT ildiz katalogini ko‘rish va tahrirlash uchun Disk Editor utilitasini ishlatsa bo‘ladi.
Oxirgi vaqtlarda disk mexanizmlarini hajmi FAT uchun mumkin bo‘lgan maksimal ro‘xsat berilgan o‘lchamdan keskin o‘zib ketdi – 8,4 Gbayt. Shuning uchun Windows-muhitida FAT tizimi qo‘llanilmay qoldi (FAT32, ya‘ni NTFS ishlatiladi).
Microsoft korporatsiyasi FAT ni hajmi 256 Mbayt va undan ham kam bo‘lgan disklar uchun ishlatishni tavsiya etadi. 



Download 303.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling