3 Mavzu: Jismoniy tarbiya vazifalari va vositalari. Jismoniy mashqlarning xarakteristikasi. Jismoniy mashqlarning paydo bo‘lishi. Reja
Download 439.76 Kb. Pdf ko'rish
|
3 maruza
Ta’limiy vazifalar maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni jismoniy
tarbiyalash jarayonida quyidagi ta’limiy vazifalar hal etiladi: - harakat kо‘nikma va malakalarini shakllantirish; - jismoniy sifatlar (chaqqonlik, tezkorlik, egiluvchanlik, muvozanat, kо‘z bilan chamalash, kuchlilik, chidamlilikni о‘stirish; - tо‘g‘ri qaddi-qomat,gigiyena kо‘nikmalarini tarbiyalash; - jismoniy tarbiya haqidagi bilimlarni о‘zlashtirish. Bolalar nerv tizimining plastikligi tufayli ularda harakat kо‘nikmalari nisbatan yengil shakllanadi. Ularning kо‘pchiligidan (emaklash, yurish, yugurish, chang‘ida yurish, velosipedda sayr qilish va h.k.) kundalik harakat vositasi sifatida foydalanadilar. Harakat kо‘nikmalari tashqi muhit bilan aloqani osonlashtiradi va uni bilishga yordam beradi; bola emaklab о‘zini qiziqtirgan narsalarga yaqinlashadi va ular bilan tanishadi; chang‘ida yura oladigan; velosipedda sayr qila oladigan bolalar qor, shamol xossalarini oson idrok etadilar; suzish chog‘ida esa bolalar suvning xossalari bilan tanishadilar. Jismoniy mashqlarni tо‘g‘ri bajarish mushaklar, paylar, bо‘g‘inlar, suyak tizimini rivojlantirishga samarali ta’sir qiladi. Yosh guruhlariga oid harakat kо‘nikmalarining hajmi «Bolajon» tayanch dasturida berilgan. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda saflanish, umumrivojlantiruvchi mashqlar, asosiy harakatlar, sport mashqlarini bajarish kо‘nikmalarini shakllantirish lozim. Bundan tashqari, bolalarni sport о‘yinlariga (badminton, stol tennisi) va sport о‘yinlari elementlari (basketbol, xokkey, futbol, voleybol)ni bajarishga о‘rgatish zarur. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni о‘tirgan, turgan holatda va yurganda qaddi-qomatni tо‘g‘ri tutish kо‘nikmalariga о‘rgatish muhim. Bu yoshda shaxsiy va ijtimoiy gigiyenaning boshlang‘ich kо‘nikmalari (qо‘l yuvish, kiyim-kechak, poyabzalni yaxshi tutish, о‘yinchoqlar, xonalarni va h.k.) ozoda tutish kо‘nikmalarini singdirish muhimdir. Bu yoshdagi bolalarga mashg‘ulotlarning foydasi haqidagi jismoniy mashqlarning ahamiyati va texnikasi, ularni о‘tkazish metodikasi haqidagi, harakatli о‘yinlar haqidagi jismoniy tarbiyaga oid bilimlarni berish muhimdir. Bolalar gavda qismlarining nomini, harakat yо‘nalishi (yuqoriga, pastga, oldinga, orqaga, о‘ngga, chapga, tо‘la aylanish va h.k.), jismoniy jihozlarning nomi va qay maqsadda ishlatilishi, ularni saqlash va tutish, kiyim-kechak va poyabzalga qarash qoidasini bilishlari lozim. Olingan bilimlar bolalarga jismoniy mashqlar bilan juda tо‘g‘ri shug‘ullanish va jismoniy tarbiya vositalaridan mustaqil foydalanish imkonini beradi. Download 439.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling