U.Petti - Angliya klassik iqtisodiy maktabining asoschisi
Vilyam Petti
- Uning fikricha, pul inson organizmidagi yog`ga o`xshaydi, chunki yog`ning ortig`i ham, kami ham ziyondir, ya'ni uning me'yorda bo`lgani yaxshi (uning vrachligini eslang).
- U.Petti davlatning iqtisodiyotga aralashuvi uning rivojlanishiga yordam berishi kerak, lekin boshqa paytda davlat iqtisodiyotdan uzoq bo`lishi kerak.
- Uning fikricha, vrach kasalni davolaganda iloji boricha sun'iy dorilardan kamroq foydalangani, ko`proq obyektiv omillarni ishlatgani ma'qul.
U.Petti - Angliya klassik iqtisodiy maktabining asoschisi
Uilyam Petti
- U.Petti o`zining tabiiy baho to`g`risidagi ta'limotida qiymatning mehnat nazariyasiga asos soldi.
- U non bahosi bilan kumushni solishtiradi va ularning bahosi sarflangan mehnat miqdori bilan tenglashtiriladi
Non kumushga almashtirilganda, almashuv proporsiyasi asosida shu mahsulotlarni ishlab chiqarishga sarflangan mehnat yotadi, demak qiymat mehnat bilan aniqlanadi.
"Mehnat boylikning otasi, yer esa uning onasidir"
U.Petti - Angliya klassik iqtisodiy maktabining asoschisi
Merkantilizmga nisbatan to‘g‘ri tanqidlari bilan birga, U.Pettining bu borada noto‘g‘ri tushunchalari ham bo‘lgan. Masalan, u savdo va savdo kapitalining milliy boylik yaratishdagi ishtirokini inkor etdi va hatto savdogarlar sonini ancha kamaytirishni qattiq turib ma’qulladi. U.Petti savdogarlarni davlatning «qonini» taqsimlash bilan shug‘ullanuvchi «o‘yinchilar»ga o‘xshatadi. U «qon» deganda qishloq xo‘jaligi va sanoat mahsulotlarni nazarda tutadi.
U.Petti - Angliya klassik iqtisodiy maktabining asoschisi
U.Petti mehnatning tabiiy bahosini ish haqi deb biladi.
Angliyada ish haqi qonun bilan tartibga solingan, uning eng yuqori pog`onasi ishchilarning hayoti uchun zarur bo`lgan jismoniy minimum mablag`lardan iborat edi.
Petti har bir ishchi "yashash, mehnat qilish va ko`payish uchun" kerakli narsani olsa bas, degan xulosaga keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |