3-mavzu. Matematik modellashtirish, sonli tahlil usullarini tizimlarda amalga oshirish. Hisobli eksperiment. Immitatsion modellashtirish. Geoinformatsion tizimlar Reja


  Geoinformatsion tizimlar sinflanishi, modellarning xususiyatlari


Download 1.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/29
Sana09.06.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1475920
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   29
Bog'liq
3-maruza

1. 
Geoinformatsion tizimlar sinflanishi, modellarning xususiyatlari 
va qo’llash uslubiyati . 
Oxirgi bir necha o‘n yillardan buѐn insoniyat axborot suronini boshidan 
kechirmoqda. U yildan-yilga kuchayib, inson faoliyatining ko‘plab sohalariga kirib 
bormoqda. Bugungi kunda kartograflar ko‘plab manbalardan olinadigan 
axborotlardan foydalanish mobaynida topografik, turli mavzuli geografik kartalar 
va atlaslarni tuzish, aero- va kosmik tasvirlarni deshifrovka qilish, dalada o‘lchash 
natijalarini qayta ishlash va kompyuter tizimlarida ma’lumotlarni to‘plash bo‘yicha 
boy tajribaga egalar. 
Ma’lumotlarning ko‘plab turlarini vaqt o‘tishi bilan tez-tez o‘zgarib turishi, 
oddiy usulda tuziladigan qog‘ozli kartadan foydalanishni ancha qiyinlashtirib 
yubormoqda. Bugungi kunda tezkor axborotlarni qabul qilish, ularning 
dolzarbligini ko‘rsatish faqatgina avtomatlashtirilgan tizim kafolatlashi mumkin. 
SHu o‘rinda zamonaviy GIS – bu ko‘p miqdordagi grafikli va mavzuli ma’lumotlar 
bazasiga ega bo‘lgan, baza asosida ish bajarish imkoniyatiga ega bo‘lgan modelli 


va hisobli funksiyalar bilan birlashgan, fazoviy ma’lumotlarni kartografik shaklga 
aylantirish, turli xulosalar chiqarish va monitoring ishlarini amalga oshiradigan 
avtomatlashgan tizim, deb qaraladi. Bugungi kunda kompyuter savodxonligi omma 
orasida ancha oshgan. GISda tuzilgan karta oddiy qog‘ozli kartadan yaxshi 
bezalgani, kompyuterli shakldaligi, qo‘lda bajarib bo‘lmas darajadagi aniqligi va 
boshqa bir qator afzalliklari bilan farq qiladi. Kartaga istagancha o‘zgartirish 
kiritish, yangi mazmun va bo‘ѐq berish, diagramma va boshqa ma’lumotlarni 
kiritish, o‘chirish va h.k. ishlarni bajarsa bo‘ladi. Buning uchun muallifning 
shaxsan o‘zi karta tuzishning kompyuterli texnologiyalari bilan mukammalroq 
tanishishi va ular asosida karta tuzib ko‘rishi kerak. 
Ta’lim muassasalarining «Geodeziya, kartografiya va kadastr», «Er tuzish va 
er kadastri», «Ekologiya va atrof muxit muhofazasi», «Suv resurslari va ulardan 
foydalanish», «Geografiya va gidrometeorologiya» yo‘nalishlari bo‘yicha ta’lim 
olaѐtgan talabalarga mo‘ljallangan bo‘lib, unda Geografik axborot tizimlarida 
manbalarni to‘plash, ma’lumotlar bazasini hosil qilish, mavzuli kartalarni tuzish 
yo‘llari batafsil baѐn etilgan. Darslikdan oliy ta’lim talabalari, magistrlar, 
aspirantlar, o‘qituvchilar va geografik axborot tizimlari bo‘yicha tadqiqot ishlarini 
olib boraѐtgan ilmiy xodimlar ham foydalinishlari mumkin.
Innovatsion texnologiyalar tabiiy ofatlar bilan kurashishda va hosildorlikni 
oshirishda yordam beradi. Qozog‘istonda birinchi marta geoinformatsion tizimlar 
markazi ochildi, deb xabar qiladi khabar.kz sayti. 
Geoaxborot tizimlari (GAT, keyinchalik umumiy qabul qilingan atamasi - 
GIS ishlatiladi) XX asrning 60-yillaridan boshlab rivojlana boshlagan, lekin bu 
tizimning keng rivojlanishi 90-yillarga to‘g‘ri keladi. Bunga sabab shu keyingi 20 
yil ichida kompyuter texnologiyasining ancha rivojlanishi bo‘ldi. Kartalar 
yaratishning "Qog‘ozli" deb atalgan odatdagi texnologiyasi bilan bir qatorda 
geografik axborot tizimidan foydalangan holda kartalar yaratishning kompyuterli 
texnologiyasi jadal sur’atlar bilan rivojlanmoqda. Oddiy qilib aytganda, GISga 
tabiat va jamiyat ob’ektlari va hodisalari haqidagi topografik, geodezik, er, suv 
resurslari va boshqa kartografik axborotni yig‘ish, ularga ishlov berish, EHM 
xotirasida saqlash, yangilash, taxlil qilish, yana qayta ishlashni ta’minlovchi 
avtomatlashtirilgan apparatlashgan dasturli kompleks, deb ta’rif bersa bo‘ladi. 
Barcha GISlarda ma’lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash, xotirada saqlash, yangilash, 
taxlil qilish va ma’lumotlarni kompyuterda ѐki etarli darajada tasvir xususiyatini 
qayta ishlay oladigan maxsus dasturda texnik vositalar orqali ushbu jaraѐnlarni 
bajarish usullari e’tiborga olingan. Demak, GIS — turli usullar bilan to‘plangan 
tabiiy tarmoqlar haqidagi keng mazmunli ma’lumotlar bazasiga tayangan 
mukammal rivojlangan tizim hisoblanadi. Hozirgi paytda foydalanish sohalarining 
kengligi jixatidan GISning tengi yo‘q — u navigatsiya, transport, qurilish, 
geologiya, harbiy ishlar, iqtisodiѐt, ekologiya va boshqa sohalarda keng 
qo‘llanilmoqda. Geografik axborot tizimlari er tuzishda, turli tizim kadastrlarida, 
kartografiyada va geodeziyada keng qo‘llanilmoqda, chunki katta hajmdagi 
statistik, fazoviy, matnli, grafikli va boshqa ko‘rinishdagi ma’lumotlarni qayta 
ishlash va ularni tasvirlashni GIS tizimisiz mumkin emas. Bugungi kunda ilmiy 
tadqiqotlar va amaliy faoliyatda ko‘plab GISlar ishlatiladi, lekin ular orasida 


shaxsiy GISlar keng tarqalgan. Jumladan, ularga GeoDraw, GeoGraph (Rossiya 
Geografiya instituti), AtlasGis, WinGis, Ar
sinf
o, MapInfo (AQSH) va boshqa 
dasturlarni misol keltirish mumkin. 
Umuman olganda kartalar yaratishning GIS-texnologiyasini quyidagicha 
tasavvur qilsa bo‘ladi: 
1. Tayѐrgarlik ishlari. Elektron taxeometrlar va GRS asboblaridan
tasvirlarni qayta ishlash vositalaridan, izlanishlar raqamli ma’lumotlaridan, avtorlik 
originallardan, mavjud fond kartalari va boshqalardan dastlabki ma’lumotlarni 
to‘plash. Kartografik va fond materiallarini, rastrli tasvirlarni bir xil masshtabga 
keltirish, so‘ngra ularni kompyuter xotirasiga joylash.
2. YAratilaѐtgan kartaning mavzuli qatlamlarini, ularga tegishli jadvallarni 
ishlab chiqish va ularni taxlil qilish. Ma’lumotlar bazasini yaratish. Ob’ektlar 
tasnifi mavjud jadvallar (atributlar) va matn ma’lumotlarni EHM xotirasiga 
kiritish. SHartli belgilar tizimini ishlab chiqish.
3. Kartaning mavzuli qatlamlarini muvofiqlash, kartografik tasvirni hosil 
qilish va ularni taxrir qilish. Kartaning komponovkasini ishlab chiqish va uni 
nashrga tayѐrlash. Kartani nashr qilish. 
Geodeziya, kartografiya va kadastr, Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi, 
Suv resurslari va ulardan foydalanish, Geografiya va Gidrometeorologiya 
yo‘nalishlari uchun mutahassislar tayѐrlash uchun tuzilgan ―Geoaxborot tizimi va 
texnologiyalari o‘quv dasturiga mos keladi. 
Hozirgi vaqtda plan va kartalarni yaratish ikki usulda olib boriladi: Erda 
geodezik ishlarni olib borish bo‘yicha va joyning masofadan turib olingan rasmini 
deshifrovka qilish (o‘qish) natijasida. Bunday rasmlar Erning turli sun’iy 
yo‘ldoshlaridan, ya’ni kosmik kemalar, samolѐtlar va vertolѐtlardan olingan yarim 
tonalli (rangliga o‘xshash) ѐki oq-qora kosmik va aerofotosuratli tasvirlaridan 
iborat. 
Er resurslarini kompleks kartaga olish ishlarining texnologik jaraѐni 7.1 
rasmda keltirilgan. 



Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling