3-mavzu: Matn yaratishning o‘ziga xos xususiyatlari
Download 296.16 Kb.
|
3-mavzu. Matn yaratishning o\'ziga xos xususiyatlari (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- REJA
TAQDIMOT O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAHSUS TA’LIM VAZIRLIGI “O’zbek tilining sohada qo’llanilishi” fanidan TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI “O‘zbek va rus tillari” kafedrasi Мavzu: Matn yaratishning o‘ziga xos xususiyatlariREJA:1. Matn va uning turlari 2. Akademik matnlar yaratishning o‘ziga xos xususiyatlari. 3. Mos manbalarni topish. 4. Matnda tanqidiy munosabatlarni rivojlantirish. МаtnMa’lum voqelik haqida tasavvur (ma’lumot) beradigan bir yoki bir necha sintaktik birliklardan tashkil topgan nutqiy butunlik matn hisoblanadi. Matn ikki xil ko‘rinishda bo‘ladi: dialogik va monologik. Tavsifiy(monologik) matn so‘zlovchi yoki yozuvchi tomonidan bayon etilgan voqea-hodisa, narsa yoki shaxs tasviri, tavsifi yoxud xabar, ma’lumot bayonidir. Maqola, insho ham tavsifiy matnning bir turi sanaladi. Dialogik matn ikki va undan ortiq suhbatdoshning turlicha mazmundagi fikr-axborot almashinuvidan iborat. Dialogik matn so‘zlashuv uslubi va badiiy uslubga xosdir. Ma’lum voqea-hodisalarga, narsa va shaxslarga oid fikr-mulohaza bildirish, ularni badiiy-tasviriy vositalar yoki dalillar bilan ta’riflash, izohlash, isbotlash, asoslash tavsifiy matnga xos xususiyatlardandir. Matndagi asosiy birliklar: matn abzats murakkab sintaktik birikmalar gap(jumla) Ma’lumki, «belgi» semiotikaning asosiy tushunchasi va semiotik tadqiqotlar oldiga belgilarni ajratish hamda tavsiflash vazifasi qo’yiladi. Belgini ajratish uchun uning shakliy tuzilishini farqlash etarli emas, bunda u yoki bu belgi tashiydigan axborot - ma’noni anglash ham muhimdir. Axborotning belgilar vositasida uzatilishi, tadqiq qilinishi voqelikni tasavvur qilishning faqat insonga xos shaklidir. Download 296.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling