3-mavzu: Matn yaratishning o‘ziga xos xususiyatlari


Download 296.16 Kb.
bet2/6
Sana14.12.2022
Hajmi296.16 Kb.
#1001557
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
3-mavzu. Matn yaratishning o\'ziga xos xususiyatlari (2)


Matn til tabiatining barcha xususiyatlari mujassamlanadigan lisoniy birlikdir. Matn – tilning yashash, «hayot kechirish» shakli va shunga nisbatan uning maqomi belgilanadi.
Adabiyotshunos M.M.Baxtin aytganidek,
matn «barcha gumanitar fanlarning birlamchi manbai, boshlang’ich nuqtasidir».
Bart matn tahlilini quyidagi bosqichlardan iborat bo`lishini taklif qiladi:
    • Matnni o`qilishga mo’ljallangan segment qismlarga taqsimlash (qismlarga ajratish qoidalari erkin).

    • Mazmun yuzaga kelish sharoitini o`rganish, ikkilamchi ma’no, turli ko’rinishdagi ma’no munosabatlarini aniqlash.
    • Matnning umumiy ijtimoiy-madaniy kontekstdan o`rin olishini kuzatish.

Chexiyalik olim Ya.Muxarjovskiyning talqinicha, badiiy matn, eng avvalo, kommunikativ vazifani bajaradi va u axborot tashuvchi semiotik birlikdir. Shunga asosan, matnning har bir qismi kommunikativ qiymatga ega bo’ladi. Olim semiologik yondashuvni badiiy asar matnining ichki tuzilishini tahlil qilishga tatbiq etadi hamda uning har bir unsurining ma’lum bir xususiy ma’noga ega ekanligini hamda ushbu ma’nolar matn umumiy mazmunini shakllantirishda o`z o`rniga ega bo’lishini e’tirof etadi.

Mos manbalarni topish

Talabalar samarali o‘qishning muhimligini ortiqcha baholashadi, lekin istalgan kursda muvofiq manbani tez topish va tushuna olish muhim hisoblanadi.


- Akademik ishlar uchun eng mos matn turlarini tanishtiradi;
- Kutubxonalardagi muvofiq materiallarni topish yo‘llarini o‘rganadi;
- Elektron resurslarning ishlatilishini tushuntiradi.

Kutubxona katalogidan foydalanish

Universitet va kollej kutubxonalarida odatda onlayn kataloglar bo‘ladi. Bular talabalarga istalgan materiallarni qidirishga imkon yaratadi. Agar siz kitobning nomi va muallifini bilsangiz kitobning mavjudligini tekshirish oson bo‘ladi, agar siz alohida mavzuda material qidirsangiz, sizda turli xil qidiruv natijalariga ega bo‘lasiz.


Download 296.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling