40-jadval
Korxona xodimiga qarz berish
4730-―Moddiy zararni qoplash bo’yicha xodimlarning qarzi hisobvarag’ida korxona xodimi tomonidan pul mablag’lari va tovar-moddiy qiymatliklarning kamomadi va talon-taroj qilinishi, yaroqsizlik natijasida yetkazgan moddiy zararni qoplash bo’yicha hisob-kitoblar, shuningdek boshqa turdagi zararlarni qoplash bo’yicha hisob-kitoblar hisobga olinadi. Moddiy zararni qoplash bo’yicha qarzlar hisobi ―Inventarizatsiya jarayonida aniqlangan mol-mulk kamomadi va ortiqchasining buxgalteriya hisobi va soliqqa tortish tartibi to’g’risidagi nizom va 21-son BHMSga muvofiq yuritiladi.
4730―Moddiy zararni qoplash bo’yicha xodimlarning qarzi hisobvarag’i aybdor shaxslardan undirilishi lozim bo’lgan summalarga 5910―Kamomadlar va qiymatliklarning buzilishidan yo’qotishlar schyoti bilan korrespondentsiyada debetlanadi.
4730―Moddiy zararni qoplash bo’yicha xodimlarning qarzi hisobvarag’ining kreditida, to’langan to’lovlar summasiga pul mablag’larini hisobga oluvchi hisobvaraqlar va moddiy zararni qoplash uchun mehnat haqidan ushlab qolinadigan summaga 6710―Mehnat haqi bo’yicha xodimlar bilan hisoblashishlar schyoti bilan korrespondentsiyada yozuvlar amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |