3-mavzu: mustaqil o‘zbekiston respublikasining tashkil topishi va uning


Iqtisodiy o‘sishning o‘zbek fenomeni


Download 63.19 Kb.
bet3/13
Sana09.03.2023
Hajmi63.19 Kb.
#1256029
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
3-Ma\'ruza mavzui

Iqtisodiy o‘sishning o‘zbek fenomeni. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov mamlakatimizni 2013-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari haqida gapirar ekan, “o‘tgan yilda mamlakatimizning iqtisodiy-ijtimoiy sohalarda mutanosiblikka erishgan, modernizatsiya va diversifikatsiya hisobidan yuqori sur’atlar bilan rivojlanganini qayd etamiz”11 deganlari barchamizga mamnuniyat baxsh etdi.
Tabiiy savol tug‘iladi. Bu natijalarga nima hisobidan erishildi? O‘tgan yillardagi iqtisodiy yutuqlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, bu natijalarga, avvalambor, keng ko‘lamli tizimli demokratik bozor islohotlarini joriy etish, iqtisodiy liberallashtirishni yanada chuqurlashtirish, iqtisodiyotda chuqur tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish, o‘z vaqtida inqiroz yo‘liga to‘siq bo‘lishi kerak bo‘lgan milliy iqtisodiyotimizni modernizatsiyalash va diversifikatsiyalash jarayonlarini izchil davom ettirish, puxta o‘ylangan iqtisodiy va ijtimoiy siyosat orqali erishayotganimizni aytish mumkin. Ikkinchidan, mamlakatimizda yalpi ichki mahsulotning yuqori sur’atlar bilan o‘sishi an’anaviy xomashyo tarmoqlari hisobidan emas, yoki bo‘lmasa jahon bozoridagi qulay kon’yuktura va ayrim xomashyo turlari hamda materiallar narxining yuqoriligi hisobidan ham emas, balki birinchi navbatda, raqobatga bardoshli tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish hamda zamonaviy xizmat ko‘rsatish sohalarini jadal rivojlantirishni belgilab beradigan jiddiy tarkibiy o‘zgarishlar va ishlab chiqarish samaradorligini oshirish evaziga ta’minlanayotganligini ta’kidlash joiz.
Yana shuni alohida qayd etish zarurki, 2013-yilda “Obod turmush yili”da erishilgan sur’atlar va yuksak makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar jamiyatimizning barcha sohalarini tubdan isloh qilish va yangilash bo‘yicha mamlakatimizda amalga oshirilgan ko‘p yillik mashaqqatli va murakkab ishlarning mantiqiy natijasi, mamlakatimiz iqtisodiyotini izchil va barqaror rivojlantirishning amaldagi ko‘rinishi hamdir.
2013-yilda “Obod turmush yili” davlat Dasturi doirasida barcha manbalar hisobidan 6 trillion 930 milliard so‘m hamda 471 million dollardan ortiq mablag‘ sarflandi12. Bularning barchasi xalqimizning hayot sharoitlarini yaxshilash, farovonligini yanada yuksaltirish, ularning izzat-ikromini joyiga qo‘yish maqsadida sarflandi.

Download 63.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling