3-mavzu: mustaqil o‘zbekiston respublikasining tashkil topishi va uning


Download 63.19 Kb.
bet6/13
Sana09.03.2023
Hajmi63.19 Kb.
#1256029
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
3-Ma\'ruza mavzui

Ma’lumot uchun: Muhimi, 2014-yilning 1-yarmiga kelib, faoliyati tiklangan korxonalar tomonidan jami 3,0 trln. so‘mga yaqin tayyor mahsulot ishlab chiqarilib, shundan 730 mln. AQSH dollarilik mahsulot eksportga yo‘naltirildi. 
Umuman olganda, iqtisodiyotning real sektorini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash uchun ajratilgan kreditlar so‘nggi 13 yilda 44 barobar, 2014 yilning 1 iyul holatiga ko‘ra esa, o‘tgan yilning shu davridagiga nisbatan 27 foiz oshdi. 2014 yilning birinchi yarim yilligida ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik yangilash, zamonaviy texnologiyalar asosida raqobatbardosh va xaridorgir mahsulot ishlab chiqarilishini tashkil etish maqsadida, banklar tomonidan jami 4,1 trln. so‘m miqdorida investitsiyaviy kreditlar ajratildi21.
Mamlakatimizda ishlab chiqarishni modernizatsiyalash va diversifikatsiyalash nafaqat iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash, balki bugungi kunda uni mustahkamlashning muhim sharti sifatida ahamiyati tobora ortib bormoqda. Davlatimiz rahbari Islom Karimov rahnamoligidagi modernizatsiya strategiyasi mamlaka­timizni sanoat jihatdan rivojlangan jamiyatga aylantirish maqsadiga qaratildi. Shu sababli ham so‘nggi 2008–2014 yillar va istiqbolda yurtimizda modernizatsiya jarayonlarini izchil davom ettirishga ustuvor yo‘nalish deb qaraldi. Natijada mamlakatimizda zamonaviy tarmoqlarni rivojlantirish iqtisodiy taraqqiyotning lokomotivlari deb baholandi. Aksincha, iqtisodiyotda zamonaviy tarmoqlarning yo‘qligi esa iqtisodiy rivojlanishga asosiy to‘siq sifatida baholandi. Shu bois ham, milliy iqtisodiyotni modernizatsiyalash strategiyasi mamlakat iqtisodiyotini yangilash, fan sig‘imkorligi yuqori bo‘lgan ustuvor sohalarni rivojlantirish asosida mamlakat iqtisodiyotini innovatsion rivojlantirish yo‘liga o‘tkazish, mamlakat iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash va mustahkamlashning muhim sharoiti bo‘lgan raqobatbardoshlikni oshirishga yo‘naltirildi. Ana shunday o‘zgarishlar natijasida mamlakatimiz iqtisodiy asoslarini mustahkamlashda lokomotiv sanoat tarmoqlari rivoji ijtimoiy hayotimizda o‘z aksini topmoqda.
Eng muhimi, taraqqiyotimizni mustahkamlash maqsadini ko‘zlagan bu yo‘l mamlakatimiz ijtimoiy xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan bo‘lib, xalqimizning muttasil yuksalib borayotgan ehtiyojlarini qondirish, iste’mol talabini kengaytirishga yo‘naltirilgan.
Bugungi kunga kelib mamlakatimizda sanoat mahsuloti umumiy o‘sishining 70 foizini yuqori qo‘shimcha qiymatga ega bo‘lgan tayyor mahsulot ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan sohalar tashkil etmoqda. Bular, yuqorida ta’kidlaganimizdek, mashinasozlik va avtomobilsozlik, kimyo va neft- kimyo sanoati, farmatsevtika va mebelsozlik, oziq-ovqat sanoatlari bo‘lib, ular 2011–2013 yillarda jadal rivojlandi. Bu o‘z-o‘zidan, shuningdek osonlik bilan kechgan emas. Bu mamlakatimizda chuqur o‘ylangan va puxta tahlillar asosida 2011–2015 yillarga mo‘ljallab ishlab chiqilgan, bir-biri bilan o‘zaro bog‘langan to‘rtta strategik dasturning amalga oshirilayotgan­ligidir. Ularda sanoatni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalish­lari, infratuzilma, transport va kommunikatsiya qurilishini rivojlantirish, moliya-bank tizimidagi islohotlarni chuqurlash­tirish va barqarorligini oshirish kabilardir. Shuningdek, mamlakatimizda qulay investitsiya muhiti va uni baholashning xalqaro mezonlarini shakllantirish ko‘zda tutilganligidadir.

Download 63.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling