3-mavzu: mustaqil o‘zbekiston respublikasining tashkil topishi va uning


Shuni ham ta’kidlamoqchimanki, davlatimizning qarzi yalpi ichki mahsulotimizga nisbatan 11 foizdan oshmaydi, oltin-valyuta zaxiralarimiz yildan-yilga ko‘payib bormoqda


Download 63.19 Kb.
bet8/13
Sana09.03.2023
Hajmi63.19 Kb.
#1256029
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
3-Ma\'ruza mavzui

Shuni ham ta’kidlamoqchimanki, davlatimizning qarzi yalpi ichki mahsulotimizga nisbatan 11 foizdan oshmaydi, oltin-valyuta zaxiralarimiz yildan-yilga ko‘payib bormoqda.
Bunday misollarni yana ko‘plab keltirish mumkin. Masalan, bizda byudjet defitsiti yo‘q, aksincha, uning profitsit bilan bajarilayotgani kuzatilmoqda va biz har yili ijtimoiy soha rivoji uchun yo‘naltirilayotgan mablag‘lar ulushini jiddiy ravishda oshirib boryapmiz. Aniqroq aytganda, bu sohaga davlat byudjeti xarajatlarining qariyb 60 foizini, jumladan, ta’lim tizimiga – 34 foiz, sog‘liqni saqlash sohasiga – 15 foiz byudjet mablag‘larini yo‘naltiryapmiz. Ana shu raqamlarning o‘ziyoq bugungi O‘zbekistonning taraqqiyot sur’atlarini yaqqol ifoda etadi”25.
O‘zbekiston iqtisodiyotining barqaror va mutanosib rivojlanib borayotganini 2005-yildan boshlab davlat byudjeti profitsit bilan bajarilayotgani ham yaqqol tasdiqlab turibdi. Byudjet profitsiti – davlatning bir yil mobaynida kelib tushadigan soliq tushumlari va boshqa daromadlari yig‘indisi uning xarajatlari ortiq bo‘lgan holda yuzaga kelishini barchamiz bilamiz. Shu bois davlatning byudjet siyosati mamlakat iqtisodiyotini tartibga solishda muhim ahamiyat kasb etadi. Xalqimiz bugungi kunda uning samarali ishlatilishidan, byudjet intizomiga rioya etilishidan manfaatdor. Quyidagi jadvalga qarang.


Davlat byudjeti ko‘rsatkichlarining YAIMga nisbatan
tendensiyasi (foizda) 26

Yillar

Davlat byudjeti ko‘rsatkichlarining ijrosi

2005

0,1

2006

0,5

2007

1,1

2008

1,5

2009

0,2

2010

0,3

2011

0,4

2012

0,4

2013

0,3

Mamlakatimizda kuzatilayotgan makroiqtisodiy barqarorlik­ning muhim belgilaridan biri davlat byudjetining jadvalda aks etganidek, profitsit bilan bajarilayotgani hisoblanadi. Xususan, keyingi yillarda mamlakatimizda ta’minlanayotgan tinchlik-osoyishtalik tufayli iqtisodiyotimiz barqaror rivojlandi. Davlat byudjeti defitsit (taqchillik) bilan rejalashtirilayotgan bo‘lsa-da, soliqlar bo‘yicha prognoz ko‘rsatkichlarining ortig‘i bilan bajarilishi hamda davlat byudjeti xarajatlarining manzilli va maqsadli sarflanishining ta’minlanishi natijasida byudjet profitsit bilan ijro etilmoqda.


Ushbu mavzumizga xulosa tariqasida qayd etish lozimki, istiqlol yillarida tijorat banklari kreditlari, birinchi navbatda, iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarini rivojlantirish, yangi, zamonaviy, raqobatbardosh sanoat korxonalarini barpo etish bilan bog‘liq investitsiyaviy loyihalarni moliyalashga yo‘naltirildi. Natijada banklar sarmoyalari evaziga yuzlab yangi korxonalar ishga tushirilib, yangi sanoat tarmoqlariga asos solindi. Ular orasida Asakadagi “GM Uzbekistan” avtomobil zavodi, Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasi, Yangiyo‘l va Qo‘qon biokimyo zavodlari, Andijon gidroliz zavodi, “Xorazm shakar” zavodi, Qizilqum fosforit kombinati, Qo‘ng‘irot soda zavodi, To‘palang GES, Gazli-Sarimoy gaz quvuri qurilishi, “Toshguzar — Boysun — Qumqo‘rg‘on” temir yo‘li qurilishi va boshqa o‘nlab engil hamda oziq-ovqat sanoat korxonalari borki, ular tom ma’noda iqtisodiyotimizning lokomotivlari hisoblanadi.
Yuqoridagilar mustaqillikning dastlabki yillarida Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida inson manfaatlari ustuvorligini ta’minlash – barcha islohot va o‘zgarishlarimizning bosh maqsadi etib belgilanganligidir. Bunday e’tiborni xalqimiz kundalik hayotida ko‘rib, his qilib, anglab yashamoqda.
Taraqqiyotning o‘zbek modeli qotib qolgan statik tushuncha emas, albatta. Uning xarakteri va shakl-shamoyilini belgilaydigan asosiy tamoyillar saqlanib qolgan holda doimo yangi vazifa va qoidalar bilan bo-yitilib, takomillashtirilib borilmoqda. Zero, hayot barcha tartib qoidalarga o‘z tuzatishlarini kiritib boraveradi. Jamiyat hayotining barcha jabhalarini modernizatsiyalash, ishlab chiqarishning tarkibiy tuzilishini diversifikatsiyalash, innovatsion texnologiyani izchil rivojlantirish, sanoat mahsulotlari etkazib berishni yanada kengroq mahalliylashtirish — «o‘zbekcha taraqqiyot»ning mantiqiy davomidir.
Yuqorida qayd etilgan Vazirlar Mahkamasi majlisidagi davlatimiz rahbari ma’ruzasida O‘zbekistonni joriy yilda rivojlantirishning 6 ta eng muhim ustuvor yo‘nalishi orasida iqtisodiyot va uning etakchi tarmoqlarini modernizatsiya qilish, texnik hamda texnologik yangilashni jadallashtirish, ishlab chiqarishni diversifikatsiya qilish markaziy o‘ringa qo‘yildi. Shu maqsadda 370 dan ortiq strategik loyihani ko‘zda tutadigan investitsiya dasturi ishlab chiqilgan. Barcha investitsiyalarning to‘rtdan uch qismi ichki manbalar hisobidan moliyalashtirilib, ular yangi quvvatlarni yaratish, rekonstruksiya va modernizatsiya qilishga yo‘naltirilmoqda. Bularning hammasi oxir-oqibatda milliy iqtisodiyotimiz rivojlanishini sifat jihatdan yangi bosqichga ko‘tarish, o‘zbek modelining hayotbaxsh kuchini butun dunyoga yana bir bor namoyish etish imkonini beradi.



Download 63.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling