3-mavzu: mustaqil o‘zbekiston respublikasining tashkil topishi va uning


O‘zbekistonning iqtisodiy mustaqilligini ta’minlashga qaratilgan strategiya asoslari


Download 63.19 Kb.
bet10/13
Sana09.03.2023
Hajmi63.19 Kb.
#1256029
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
3-Ma\'ruza mavzui

6. O‘zbekistonning iqtisodiy mustaqilligini ta’minlashga qaratilgan strategiya asoslari.

2017-yilda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy sur’ati tubdan o‘zgardi. Harakatlar strategiyasiga muvofiq, iqtisodiy rivojlanish, avvalo, aholining hayot darajasi va sifatini oshirishga qaratilgan mutlaqo yangi bosqichga o‘tdi. Amalga oshirilgan barcha islohotlar ―Inson manfaatlari va farovonligi hamma narsadan ustun degan tamoyilga asoslandi. Bu borada, eng avvalo, mamlakatimizda makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash, qat’iy pul-kredit siyosatini yuritish, milliy valyuta va ichki bozordagi narxlar barqarorligini ta’minlash, soliq-byudjet islohotlarini olib borishga asosiy e’tibor qaratildi.


Valyuta bozorini liberallashtirish bo‘yicha aniq maqsadga yo‘naltirilgan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirildi va 2017-yil 5-sentyabrdan milliy valyutamiz – so‘mning erkin ayirboshlanishi ta’minlandi. Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning o‘z valyuta resurslarini erkin tasarruf etishlari yo‘lidagi barcha sun’iy to‘siqlar bartaraf etildi va ular tomonidan valyuta tushumlarini sotish majburiyatlari bekor qilindi. Yuridik shaxslar uchun mahsulotlarni import qilishda chet el valyutasini erkin xarid qilish va chet el investorlarining foydani erkin olib chiqish imkoniyati yaratildi. Fuqarolarga chet elda ta’lim olish yoki davolanish, turizm, biznes va boshqa maqsadlar uchun valyuta mablag‘larini hech qanday to‘siqlarsiz qonuniy sotib olishi va sotish imkoniyati yaratildi. Mazkur islohotlar dunyoning etakchi moliya institutlari, shu jumladan, Xalqaro valyuta fondi, Jahon banki va Osiyo tarraqiyot banki tomonidan e’tirof etildi. Inflyasiya darajasi hamda ichki bozorda iste’mol tovarlar narxlarining barqarorligini nazorat qilish kuchaytirildi. Ushbu maqsadda, resurs bazasi 100 million dollarga teng ichki iste’mol bozorida narx-navoni barqarorlashtirish jamg‘armasi tashkil etildi. Hayot uchun zarur bo‘lgan dori-darmonlarni sotib olish uchun qo‘shimcha 70 million dollar ajratildi. Tashqi savdoni liberallashtirish va samarador bozor iqtisodiyotini yaratish maqsadida bojxona to‘lovlari stavkalari ikki baravar pasaytirildi. Ichki bozor uchun zarur bo‘lgan 8 ming turdan ziyod import tovarlari uchun bojxona to‘lovlari keskin pasaytirildi, jumladan, import boji bo‘yicha 3 550 ta va aksiz solig‘i bo‘yicha 1 122 ta mahsulotlarga nisbatan nol darajali stavkalar belgilandi. Xalqaro andozalarga mos ravishda, hukumat, barcha vazirlik va idoralar hamda Markaziy bank tomonidan makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar, davlat byudjeti ijrosi, pul muomalasi va oltin-valyuta zaxiralari holati to‘g‘risidagi barcha statistik va tahliliy ma’lumotlarni doimiy ravishda ochiq chop etib borilishi yo‘lga qo‘yildi.
Iqtisodiyotni isloh qilishning yana bir o‘ziga xos ustuvor yo‘nalishi, bu davlatning iqtisodiyotdagi ishtirokini qisqartirish, iqtisodiyotda xususiy sektorning o‘rni va ahamiyatini oshirishdir. Bunda, eng avvalo, xususiylashtirilgan korxonalar bilan ishlash, ularning faoliyati samaradorligini oshirish, shuningdek, davlat mulkini boshqarish uslublari tamoman o‘zgartirilib, quyidagi ijobiy natijalarga erishildi: birinchidan, korxonalarni xususiylashtirishdan keyingi qo‘llab-quvvatlashning yangi amaliyoti joriy etildi, ishlamayotgan korxonalar faoliyatini qayta tiklash bo‘yicha investitsiya loyihalarini ishlab chiqishda davlat tomonidan ko‘maklashish yo‘lga qo‘yildi. Tadbirkorlik sub’ektlariga faoliyat yuritmayotgan va to‘liq quvvat bilan ishlamayotgan korxonalar maydonlarida yangi ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish imkoniyati berildi. Bu esa, yuqori qiymatdagi investitsiyalarni o‘zlashtirish va minglab ish o‘rinlarini tashkil etish imkoniyatini berdi. Ushbu loyihalarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash uchun Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish maxsus jamg‘armasi tashkil etildi va ushbu jamg‘arma tomonidan tegishli kredit liniyalari ochildi.
Mamlakatimiz ilk bor xalqaro kredit reytingini oldi va jahon moliya bozorida 1 milliard dollarlik obligatsiyalarini muvaffaqiyatli joylashtirdi. Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti tomonidan O‘zbekistonning kreditga doir tavakkalchilik reytingi oxirgi 10 yilda birinchi marta yaxshilandi.
Energetika, neft-gaz, geologiya, transport, yo‘l qurilishi, qishloq va suv xo‘jaligi, ichimlik suvi va issiqlik ta’minoti hamda boshqa qator tarmoqlarda chuqur tarkibiy islohotlar boshlandi. Sanoatning 12 ta etakchi tarmog‘ida modernizatsiyalash va raqobatdoshlikni kuchaytirish dasturlari jadal amalga oshirilmoqda. Natijada o‘tgan yili iqtisodiy o‘sish 5,6 foizni tashkil etdi. Sanoat mahsuloti ishlab chiqarish hajmi 6,6 foizga, eksport – 28 foizga ko‘paydi. Oltin-valyuta zaxiralarimiz 2019-yil davomida 2,2 milliard dollarga ortib, 28,6 milliard dollarga etdi.
Uchinchidan, faoliyat yuritmayotgan, bo‘shab yotgan va samarali foydalanilmayotgan yirik ob’ektlar va er uchastkalarida yil davomida 45 ta yangi kichik sanoat zonalari tashkil etilib, ularning umumiy soni 75 taga etkazildi. Ularda yuqori talabga ega bo‘lgan sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarishga qaratilgan yirik investitsiya loyihalari amalga oshirildi. Hududlarda ijtimoiy-iqtisodiy siyosat o‘zgartirildi, bunda ish o‘rinlarini tashkil etish va odamlar uchun munosib turmush sharoitlarini yaratish ustuvor maqsad etib belgilandi.
Erkin iqtisodiy zonalar, texnoparklar, kichik sanoat hududlarining tashkil qilinishi to‘g‘ridan-to‘g‘ri chet el investitsiyalarini jalb qilish, yangi yuqori texnologik ishlab chiqarishni tashkil qilish, hududlarning tabiiy-iqtisodiy salohiyatidan samarali foydalanishning asosiy omili bo‘ldi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joylarda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, xalqimizning hayot darajasi va sifatini yanada oshirishga qaratilgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishish, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha aniq maqsadga yo‘naltirilgan dasturlarni qabul qilish maqsadida 2017-yilning o‘tgan davri mobaynida respublikaning barcha mintaqalariga, ayrimlariga esa takror tashrif buyurdilar. Har bir tashrif natijasi bo‘yicha har bir hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar tasdiqlandi.
Milliy valyutaning tezkor o‘zgarishining salbiy oqibatlarini yumshatish maqsadida iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlari korxonalariga moliyaviy yordam berish bo‘yicha tegishli qonun hujjatlari qabul qilindi. Xususan, neft va gaz, kimyo va energetika tarmoqlari korxonalarining yillar mobaynida to‘planib qolgan debitorlik va kreditorlik qarzdorliklari kamaytirildi, neft mahsulotlari bo‘yicha hisoblangan aksiz solig‘i neftni qayta ishlash zavodlariga qoldirildi, O‘zbekiston tiklanish va tarraqiyot jamg‘armasi tomonidan imtiyozli kreditlar ajratish choralari ko‘rildi. Yangi tashkil etilgan sanoat korxonalarida etti mingdan ortiq ishlab chiqarish quvvatlari foydalanishga topshirildi, yuzdan ortiq yangi turdagi mahsulotlar ishlab chiqarish o‘zlashtirildi. Natijada qayta ishlash sanoatining jami sanoatdagi ulushi 80 foizdan ortiqni tashkil etdi, mehnat unumdorligi qariyb 6 foizga oshdi. Mahalliy xom ashyoni chuqur qayta ishlash bo‘yicha yangi yuqori texnologik ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etishga qaratilgan yirik investitsion loyihalarning amalga oshirilishi qariyb 67,4 trillion so‘mlik kapital qo‘yilmalarni o‘zlartirish imkonini berdi.
Iqtisodiyotni tarkibiy o‘zgartirish mamlakat eksport hajmini baoqarorligini oshirish va uning tarkibida ijobiy o‘zgarishlarga erishish muhim omilga aylanib, eksport tarkibida raqobatbardosh tayyor mahsulotlar ulushi barqaror sur’atlar bilan o‘sib bormoqda. 2017-2021 yillarga mo‘ljallangan Harakatlar strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha dasturda ― Sanoatni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratish, investitsiya loyihalarini amalga oshirishga yangicha yondashuv chora tadbirlari belgilab berilgan.
Birinchidan, hamkor mamlakatlar va xalqaro moliya institutlari bilan munosabatlardagi yondashuv o‘zgartirildi. Oliy darajadagi tashriflar chog‘ida, Xitoy Xalq Respublikasi, Rossiya, AQSh, Koreya, Turkiya, Qozog‘iston va Qirg‘iziston bilan savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy aloqalarni rivojlantirish bo‘yicha ikki tomonlama davlatlararo shartnomalar imzolandi. Yevropa tiklanish va tarraqqiyot banki bilan to‘laqonli munosabatlar tiklandi, bank tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka 190 million AQSH dollari miqdorida kredit liniyasi ajratildi. Turli yo‘nalishlarda 20 dan ortiq loyihalar ishlab chiqildi. Yevropa investitsiya banki, Fransiya rivojlanish agentligi bilan hamkorlik o‘rnatildi. O‘zbekiston yangi tuzilgan Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar bankining teng huquqli a’zosiga aylandi.
Ikkinchidan, tashqi savdo faoliyatidagi barcha sun’iy to‘siqlar olib tashlandi. Xususan, oldindan to‘lovlarsiz va kafolat majburiyatlarisiz eksport qilish tartibi joriy etildi. Ortiqcha va eskirgan ruxsat beruvchi talablar bekor qilindi. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qilish mexanizmlari soddalashtirildi. Amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida eksport hajmi 11,3 milliard AQSH dollarini tashkil etdi va oldingi yil shu davr ko‘rsatkichiga nisbatan 126 foizga oshdi. Tashqi savdo saldosi 519,5 million dollarni tashkil etdi. MDH davlatlari ichida mahsulot eksport qilinadigan eng yirik davlatlar qatoriga Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston hamda uzoq xorijiy mamlakatlar – Xitoy, Turkiya, Afg‘oniston, Eron, Koreya Respublikasi va Fransiya davlatlarini kiritish mumkin. Barcha qayd etib o‘tilgan mamlakatlar bo‘yicha eksportning o‘sish dinamikasiga erishildi.



Download 63.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling