3-mavzu: mustaqil o‘zbekiston respublikasining tashkil topishi va uning
Download 63.19 Kb.
|
3-Ma\'ruza mavzui
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Biz keng ko‘lamli islohotlar yo‘lida bugun nimalarga erishganimiz haqida yaqqol tasavvur beradigan ikkitagina raqamni keltiraman va o‘ylaymanki, shuning o‘zi sizlarga etarli bo‘ladi.
E’tibor qarating: Davlatimiz rahbarining 1992-yil 3-iyulda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining X sessiyasida so‘zlagan nutqida: “Kim qo‘lidagi milliardlab pullarni notinch yerga sochgisi keladi? Hozirgi tinchlik, barqarorlik – eng katta boyligimiz. Buni ming marta takrorlashga tayyorman. Xalqimizdan iltimos qilmoqchiman: mana shu boylikni qo‘ldan bermang. O‘shanda bu yurtga hamma narsa keladi”22, degan so‘zlari o‘z mamlakatining buyuk kelajagi uchun qayg‘urishning yaqqol ifodasi edi.
Darhaqiqat, xorijiy investitsiyalarni jalb qilmasdan turib, iqtisodiyotdagi chuqur tarkibiy o‘zgartirishlarni, modernizatsiya, texnik va texnologik yangilanishlarni ro‘yobga chiqarish nihoyatda murakkabdir. Ushbu yo‘nalishda ham g‘oyat puxta o‘ylangan siyosat olib borilayotgani bois mamlakatimizning siyosiy va iqtisodiy mustaqilligi ta’minlanishi bilan birga, milliy iqtisodiyotimiz turli iqtisodiy va moliyaviy bo‘hronlardan ishonchli himoya qilinmoqda. O‘z vaqtida belgilangan strategik vazifalar, yuz berayotgan o‘zgarishlar natijasida, yuqorida qayd etganimizdek, 2013-yilda mamlakatimiz yalpi ichki mahsuloti tarkibida sanoatning ulushi 14,2 foizni tashkil etdi. Taqqoslaylik. O‘zbekiston mustaqillikka qadar sanoatdagi mehnat unumdorligi jihatidan aholi jon boshiga xalq iste’mol mollari ishlab chiqarish bo‘yicha o‘rtacha Ittifoq darajasining 40 foizini tashkil etar edi. Mamlakatimizda ro‘y berayotgan iqtisodiy yuksalishlarda kerakli imtiyozlarga ega bo‘lgan maxsus industrial zonalarni tashkil etish yo‘lidagi so‘nggi yillarda amalga oshirilgan ishlar o‘z natijasini ko‘rsatmoqda. Bu borada O‘zbekistonda sezilarli tajriba to‘plandi. Samara aniq. Iqtisodiyotimiz muntazam yangilanmoqda va zamonaviylashmoqda. Ma’lumot o‘rnida qayd etish lozimki, yangi industrial mamlakatlar nomini olgan Xitoy, Singapur, Tayvan, Malayziya, Janubiy Koreya kabi davlatlarda iqtisodiyotni yangilashda xuddi mamlakatimizda tutilayotgan yo‘l − to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar uchun qulay shart-sharoitlar yaratishdan boshlangan. Bundan tashqari, ushbu mamlakatlarda modernizatsiya strategiyasini amalga oshirishda texnologiyalarni import qilish, xorijiy mutaxassislardan foydalanish, xalqaro kredit va eksport muhim o‘rin egallaganligini qayd etish darkor. Bu mamlakatlarda chet el kapitalini jalb qilishda hamda migratsiya jarayonlarida xavfsizlik choralarini ko‘rishga ustuvor vazifa sifatida qaraganliklarini ta’kidlash joiz. 2014-yilgacha mamlakatda ta’minlanayotgan tinchlik, barqarorlik bois milliy iqtisodiyotimizga dollar hisobida 56 milliarddan ortiq xorijiy investitsiyalar kiritildi. Mustaqillik yillarida chetdan sarmoya va investitsiyalarning mamlakatimizga kirib kelishi o‘z-o‘zidan kechgan emas. Bu, avvalo, tinimsiz sa’yi harakat, yaratilgan qulay sharoit va imtiyozlardir. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan investitsiya siyosati O‘zbekiston iqtisodiyotini, yuqori darajadagi investitsiyani faollikka olib keldi. Agar 2000-yilda investitsiyalarning o‘rtacha yillik o‘sish sur’ati atigi 0,8 foiz bo‘lgan bo‘lsa, jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi boshlangan 2008-yildan buyon, ya’ni so‘nggi 6 yil mobaynida investitsiyalarning yillik o‘sish sur’ati 9 foizdan ziyodni tashkil etdi. Xalqaro ekspertlar bunday holatni dunyodagi yuqori, barqaror ko‘rsatkichlardan biri deb hisoblamoqda. Prezidentimiz Islom Karimovning “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi”da belgilangan muhim ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekistonda 2011–2015 yillarda tarkibiy o‘zgarishlarni, iqtisodiyotning soha va tarmoqlarini diversifikatsiya va modernizatsiya qilishni izchil davom ettirish, ishlab chiqarishni texnik va texnologik yangilash, shuningdek transport, muhandislik, kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish jarayonlarini yanada chuqurlashtirishga qaratilgan faol investitsiya siyosati olib boriladi. Ushbu maqsadlar uchun 2011–2015 yillar davomida jami 77,4 mlrd dollar miqdoridagi investitsiyalarni yo‘naltirish mo‘ljallanganini qayd etish lozim. Asosiy kapitalga kiritilayotgan investitsiyalarning yalpi ichki mahsulotga nisbatan ulushi 24 foizdan kam bo‘lmasligi belgilanganligi tarkibiy o‘zgarishlarni jadal amalga oshirish va iqtisodiyotni modernizatsiya qilishni ta’minlaydi. Bu iqtisodiyot ilmida modernizatsiya jarayonlariga bo‘lgan milliy iqtisodiyot tarmoqlarini qamrab oluvchi tarkibiy qayta qurish sifatidagi yondashuvning ifodasidir. Bularning barchasi avvalo iqtisodiyotimizdagi ijobiy tarkibiy o‘zgarishlar natijasi yangitdan ishga tushirilgan, jahon bozorida talab katta bo‘lgan raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarayotgan yuzlab, minglab zamonaviy korxonalar, 200 mingga yaqin kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari demakdir. Bu O‘zbekiston iqtisodiyotida o‘sishning “o‘zbek fenomeni”dir. Yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlari va makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash borasidagi izchil va tizimli tadbirlar Vatanimiz iqtisodiy salohiyati yuksalishiga, bu esa mamlakatimizda yirik ijtimoiy dasturlarni amalga oshirishga xizmat qilmoqda. Yurtimizda oila iqtisodining yuksalishiga, oila xotirjamligini ta’minlashga qaratilgan ko‘plab chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bu oilaviy tadbirkorlikda namoyon bo‘lib, oilalarning daromadlari oshishiga olib keldi. Xususan, yurtimizda oilalarni uzoq muddat foydalanishga mo‘ljallagan tovarlar bilan ta’minlash borasidagi ahvol ham tubdan yaxshilandi. Bu xonadonlarni maishiy texnika vositalari bilan ta’minlash darajasi oshganligida namoyon bo‘lmoqda. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, Prezidentimiz Islom Karimov 2014-yilning 25-aprel kuni Koreya Respublikasi bilan hamkorlikda amalga oshirayotgan Ustyurt gaz-kimyo majmuasi qurilishining borishi bilan tanishish maqsadida ushbu yirik sanoat korxonasiga tashrif buyurganligidan xabardorsiz. Qayd etish lozimki, Surg‘il koni negizida bunyod etilayotgan Ustyurt gaz-kimyo majmuasi O‘zbekiston va Janubiy Koreya hamkorligining yuksak namunasidir. Ushbu loyihaning umumiy qiymati 3,9 milliard AQSH dollarini tashkil qiladi. Uning amalga oshirilishi yiliga 4,5 milliard kub metr tabiiy gazni qayta ishlash hisobidan 3,7 milliard kub metr gaz, 387 ming tonna polietilen, 83 ming tonna polipropilen, 102 ming tonna piroliz benzin va boshqa qimmatbaho mahsulot ishlab chiqarish imkonini beradi. Ustyurt gaz-kimyo majmua sineft-kimyo sohasida dunyodagi eng yirik loyihalardan biridir. «Projekt faynens interneshnl» xalqaro nashri Ushbu majmuani qurish loyihasining loyihaviy moliyalash bitimini neft-kimyo va gaz-kimyo sektoridagi 2012-yilning eng yaxshi loyihasi, deb e’tirof etgan. Shuningdek, u “Trade Finance Magazine” va “Global Trade Review” nashrlarining “2012-yilning eng yaxshi bitimi” xalqaro mukofotlariga sazovor bo‘lgan. 2014-yil 13-martda yana bir nufuzli xalqaro nashr – «Infrastructure Journal» ushbu gaz-kimyo majmuasi qurilishi loyihasini «Neft-gaz sohasidagi 2014-yilning global bitimi» nufuzli mukofoti bilan taqdirladi. Mazkur loyiha qo‘shma korxona muassislari bo‘lgan Janubiy Koreyaning «Kogas», «Lotte Chemical», «STX Energy» kompaniyalari va «O‘zbekneftgaz» milliy xolding kompaniyasining 1,4 milliard dollar hajmidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyasi, shuningdek, 2,5 milliard dollardan ziyod kredit resurslari hisobidan moliyalashtirilmoqda. Loyihani moliyalashtirishda Osiyo taraqqiyot banki, Korea Development Bank, Korea Finance Corporation (Koreya Respublikasi), China Development Bank (Xitoy), ING (Niderlandiya), Hermes, KfW, Baern LB, Siemens Bank (Germaniya), Credit Suisse (Shveysariya), EKN, Nordea, SEC (Shvetsiya) kabi taraqqiyot banklari hamda etakchi tijorat banklari, shuningdek, Janubiy Koreya, Germaniya va Shvetsiyaning loyihani amalga oshirishda qatnashayotgan banklarga sug‘urta to‘lovlarini taqdim etgan eksport-import agentliklari singari nufuzli moliya muassasalari ishtirok etayotgani Ushbu loyihaning naqadar istiqbolli ekanidan dalolat beradi. 2012-yilda boshlangan qurilishishlar bugungi kunda jadal davom etmoqda. Zamonaviy infratuzilma ob’ektlari barpo etilib, uskunalar o‘rnatilmoqda. Majmua qurilishida 6 ming 400 ga yaqin kishi mehnat qilmoqda. Ularning 3 ming 500 dan ziyodi yurtimiz mutaxassislari bo‘lib, aksariyati yoshlardir. Majmua jamoasi bilan suhbatda davlatimiz rahbari Islom Karimov: “Biz mustaqilligimizning ilk yillarida kelajagi buyuk davlat qurishni o‘z oldimizga maqsad qilib qo‘ygan edik. Bugun zamonaviy bilimlarni puxta egallagan, mana shunday noyob zavodlarda ishlayotgan yoshlarimizga qarab quvonamiz va ana shu ezgu niyatlarimizga erishayotganimizning amaliy ifodasini ko‘ramiz” deganlarida bundan 25 yil oldin, ya’ni O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining kengashida so‘zlagan nutqida: “Nima uchun mahalliy millatga mansub kishilar o‘rtasida muhandis-texnik xodimlar yo‘q? Men bu savol haqqoniy savol, deb hisoblayman. Bu muammo ustida hammamiz bosh qotirishimiz kerak. Men boshqa misollar keltirib o‘tirmayman, lekin shuning o‘zi ham barchamizni hushyor torttirishi zarur. Biz yosh kadrlarni tarbiyalash, ularga ilg‘or mehnat va tafakkur usullarini singdirish uchun nima qilmoqdamiz? Tan olish kerakki, deyarli hech ish qilayotganimiz yo‘q”23. deb afsus bilan gapirgan so‘zlarini ham eslash joiz. Chunki mustaqillik yillarida aynan Prezidentimiz rahnamoligida yoshlarni so‘ngi texnik yangiliklar asosida barpo etilgan eng ilg‘or korxonalarni dadil boshqarishga qodir bo‘lishiga ishonch bildirib, muhandis-texnik xodimlar tayyorlaydigan kasb-hunar kollejlari, oliy ta’lim muassasalari tashkil etishga katta e’tibor qaratdi. 2012-yilda Janubiy Afrika Respublikasining «Sosol» kompaniyasi va Malayziyaning «Petronas» korporatsiyasi bilan hamkorlikda qiymati 4 milliard dollardan ziyodni tashkil etadigan, tozalangan metan asosida sintetik suyuq yoqilg‘i ishlab chiqarish bo‘yicha katta istiqbolga ega bo‘lgan yirik loyihani amalga oshirish boshlandi. Ushbu loyiha asosida barpo etiladigan zavod dunyodagi sanoqli korxonalardan biri bo‘lib, u sintetik suyuq yoqilg‘i – suyultirilgan gaz, aviakerosin va «premium klass» toifasidagi, ya’ni «evro-4» standartidan kam bo‘lmagan dizel yoqilg‘isi ishlab chiqaradi24. Ma’lumot o‘rnida qayd etish lozimki, dunyoning eng yaxshi o‘nta investitsion loyihasi qatoridan neft-gaz, tog‘-kon sanoati, transport va kommunal infratuzilmalar sohasidagi loyihalar o‘rin olgan. Chunonchi Avstraliyada (to‘rtta loyiha), AQSh, Fransiya, Buyuk Britaniya, Singapur, Germaniya va O‘zbekistonda (bittadan loyiha) amalga oshirilayotgan loyihalar shular jumlasidandir. Shu bois ham, bugun zamonaviy texnika va texnologiya bilan jihozlangan korxonalarimizda “O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan” belgisi bilan tayyorlanayotgan ko‘pdan-ko‘p raqobatbardosh mahsulotlarimiz dunyo bozorlarini dadil zabt etmoqda. Mamlakatimiz iqtisodiyotida eksport hajmi yildan-yil ko‘payib, tashqi savdoda ijobiy saldoga erishilmoqda. O‘zbekiston 2013-yilda biznes uchun (yaratilgan sharoitlar, xususan, qo‘shma korxonalar uchun soliq, bojxona imtiyozlari va preferensiyalar) dunyodagi eng istiqbolli 20 ta davlat qatoriga qo‘shilgan Markaziy Osiyodagi yagona davlat bo‘ldi. Bu xabarni xorijiy ommaviy axborot vositalari Buyuk Britaniyaning tavakkalchiliklarni tahlil qilish bilan shug‘ullanadigan «Maplecroft» konsalting kompaniyasi xulosasiga asoslangan holda e’lon qildi. «Maplecroft» kompaniyasi tomonidan hisoblab chiqiladigan «Rivojlanib borayotgan bozorlar indeksi» biznes yuritish uchun istiqbolli bo‘lgan 175 ta davlatni o‘z ichiga olgan. Indeksda o‘tgan yillardagi iqtisodiy ko‘rsatkichlar, mamlakatning investitsiya sarflash uchun jozibadorligi, eng so‘nggi tarkibiy islohotlar va demografik ahvol, shu jumladan, o‘rta sinf soni bo‘yicha prognozlar e’tiborga olingan. Qayd etish joizki, mustaqillik yillarida tinchlik-osoyishtalik, xavfsizlik ta’minlangani bois izchil va tizimli iqtisodiy o‘sish hisobiga ijtimoiy sohalarni jadal rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi. Prezident Islom Karimovning 2014-yil 6-iyunda Toshkent shahrida o‘tkazilgan “O‘zbekistonda Oziq-ovqat dasturini amalga oshirishning muhim zaxiralari” mavzuidagi xalqaro konferensiyaning ochilish marosimidagi nutqi iqtisodiy o‘sish masalasiga to‘xtalib, jumladan quyidagilar faxr bilan ifoda etdi: “Biz keng ko‘lamli islohotlar yo‘lida bugun nimalarga erishganimiz haqida yaqqol tasavvur beradigan ikkitagina raqamni keltiraman va o‘ylaymanki, shuning o‘zi sizlarga etarli bo‘ladi. Jahon miqyosida 2008-yildan boshlab bugungi kunga qadar davom etayotgan moliyaviy-iqtisodiy inqirozga qaramasdan, O‘zbekistonda keyingi 9 yilda dunyodagi sanoqli davlatlar qatorida yalpi ichki mahsulotning o‘sish sur’atlari kamida 8 foizni tashkil etib kelmoqda. Download 63.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling