3-mavzu: mustaqil o‘zbekiston respublikasining tashkil topishi va uning


O‘zbekistonning ijtimoiy-siyosiy rivojlanish strategiyasi: yangilanish va taraqqiyot yo‘li


Download 63.19 Kb.
bet9/13
Sana09.03.2023
Hajmi63.19 Kb.
#1256029
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
3-Ma\'ruza mavzui

5.O‘zbekistonning ijtimoiy-siyosiy rivojlanish strategiyasi: yangilanish va taraqqiyot yo‘li.

O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikning dastlabki yillaridanoq aholini ijtimoiy himoya qilishni ustuvor vazifalardan biri sifatida belgilab oldi. Bu esa olib borilayotgan islohotlarning avvalo inson manfaatlariga xizmat qilishining yorqin dalili ekanligini isbotlaydi. Dunyo e’tirof etgan bozor iqtisodiyotiga o‘tishning besh tamoyilning aynan biri ham kuchli ijtimoiy himoyaga yo‘naltirilgan. O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimov ta’kidlab o‘tganlaridek, «Bozor mexanizmlarini joriy etishdan oldin insonlarni ijtimoiy himoya qilish tadbirlari amalga oshirilmog‘i lozim. Davlat o‘z aholisini himoya qila olgan taqdirdagina, insonparvar hisoblanadi» - deyilgan.


Shu maqsadda har yili ijtimoiy himoya tizimiga ajratiladigan saramoyalarning ko‘lami ortib bormoqda. Masalan, 2006-yilda byudjet mablag‘larining 51,9% i 2008-yil ― Ijtimoiy himoya yili Davlat dasturi doirasida aholining ijtimoiy himoyasiga 484 mlrd, so‘mdan ortiq (53,8%), «Yoshlar yili» da 1,5 trln. so‘mdan ortiq (54,6%), «Barkamol avlod yili» doirasida 1 trillion 700 milliard so‘m, «Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik» yilida 2 trillion so‘m miqdorida mablag‘ ajratildi. 2016-yil – Sog‘lom ona va bola yilida mamlakatimiz tibbiyot muassasalarini zamonaviy diagnostika va davolash uskunalari bilan jihozlash uchun 80 million dollar qiymatidagi kredit va grant mablag‘lari yo‘naltirildi, farzand ko‘rish yoshidagi ayollar va bolalar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, sog‘lomlashtirildi.
Yuqoridagi raqamlardan ko‘rinib turganidek aholining ijtimoiy himoyasiga yo‘naltirilgan mablag‘larning miqdori yildan-yilga ortib bormoqda va bu boshqa sohalarga nisbatan ham ko‘pni tashkil qiladi.
Shunday ekan, mustaqillikning dastlabki yillaridanoq aholining kam ta’minlangan ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini moddiy qo‘llab quvvatlashning qonunchilik tizimi izchil shakllana bordi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 39-moddasida: «Har bir shaxs qariganda, mehnat layoqatini yo‘qotganda, boquvchisidan mahrum bo‘lganda va qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda davlat ijtimoiy taminotini olishga haqli» deb mustahkamlangan. O‘zbekiston Respublikasida imkoniyati cheklanganlarni ijtimoiy himoya qilish pensiya, ijtimoiy yordam va ijtimoiy xizmat ko‘rinishlarda namoyon bo‘ladi. Ijtimoiy himoyaning bir ko‘rinishi sifatida pensiya 3 xil toifadagi fuqarolarga beriladi.
1. Yoshga doir
2. Nogironlik
3. Boquvchisini yo‘qotganligi munosabati bilan beriladigan pensiya sifatida ta’minlanadi.
1997-yilda ijtimoiy-madaniy tadbirlarni moliyaviy ta’minlash uchun davlat byudjetidan 123 milliard so‘m yoki byudjet xarajatlarining 40 foizi ajratildi. Shu jumladan, aholini ijtimoiy muhofaza qilish bo‘yicha 30mlrd so‘m sog‘liqni saqlash, gazlashtirish, suv ta’minoti va jtimoiy sohaning boshqa ob’ektlari qurilishi uchun 34 mldr so‘m ajratildi. Yil davomida 6.7 mln.kv.metr uy-joy ishga tushirildi. 16 yoshgacha farzandi bor bo‘lgan oilalarga nafaqa to‘lash uchun 9.6 mlrd. So‘m sarflandi.
Aholining kam ta’minlangan qatlamlarining davlat tomonidan moddiy ta’minlash doimiy ravishda takomillashtirilib bormoqda. 1997 yil sentyabr oyidan boshlab, xar yili 1 sinf o‘quvchilariga bepul o‘quv anjomlari, darsliklarni berish joriy etildi kam ta’minlangan oilalarning boshlangich sinflarda uqiydigan bolalariga bepul qishki issiq kiyimlar berish yulga quyildi. Serfarzand va kam ta’minlangan oilalarni ijtimoiy himoyalash tizimi o‘ziga xosligi bilan ajralib turadi. Kam ta’minlangan oilalarga va ko‘p bolali muhtoj oilalarga moddiy yordam to‘lovlarini moliyalashtirishning asosiy manbasi Respublika va maxalliy byudjet vositalaridir. Kam ta’minlangan oilalarga 1998-yilda tulangan nafaqalarning umumiy miqdori 3 mlrd. so‘mni tashkil qildi, 16 yoshgacha bo‘lgan farzandli oilalarga to‘langan nafaqalar - 15,6 mlrd. so‘mni tashkil qildi.
Nogironligi bo‘lgan shaxslarga ijtimoiy yordam tizimini kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 7-dekabrdagi qarori bilan 2000-2005 yillarda yolg‘iz keksalar, pensionerlar va nogironlarni ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar dasturi qabul qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev ta’kidlaganlaridek, «Nogironlik guruhini aniqlash hamda protez-ortopediya va reabilitatsiya texnika vositalari bilan ta’minlashda tibbiy-maslahat komissiyalari va tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari faoliyatida byurokratik tartib tamoyillar bartaraf etilmagan.
Har yili davlat tomonidan nogironligi bo‘lgan shaxslarni ijtimoiy himoya qilish uchun millyardlab mablag‘ ajratiladi. Masalan, «2007-2010 yillarda yolg‘iz keksalar, pensinerlar va nogironlarni aniq manzilli ijtimoiy himoya qilish va ijtimoiy xizmat tizimini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Dasturining mantiqiy davomi sifatida qabul qilingan 2011-yil 30-maydagi «2011-2015 yillarda yolg‘iz keksalar, pensionerlar va nogironlarni ijtimoiy himoya qilishni yanada kuchaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Qaroriga muvofiq nogironlarni reabilitatsiya qilish va protezlash milliy markazinining 150 o‘ringa mo‘ljallangan davolash korpusi ta’mirlandi. Samarqand viloyati nogironlar uchun rebilitatsiya markazida esa 75 o‘rinli yangi reabilitatsiya binosini qurish ishlari yakunlandi90. Keksalar va nogironlar istiqomat qiladigan «Sahovat» va «Muruvvat» uylarida ham yolg‘iz qariya va nogironlar uchun uyidagidek sharoit yaratish maqsadida 2012-yilda 9573,0 mln. so‘mlik qurilish va ta’mirlash ishlari amalga oshirildi.
2011-yilga kelib O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining «O‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz fuqarolarga uyda ijtimoiy yordam ko‘rsatish haqidagi nizomni tasdiqlash to‘g‘risida» gi Buyrug‘iga asosan ijtimoiy xizmat xodimlarining asosiy vazifalari tizimi ishlab chiqildi. Unga ko‘ra ijtimoiy xizmat xodimlari tomonidan nogironlar uchun zarur oziq-ovqat mahsulotlarini uyiga etkazib berish, kiyimlari va uy anjomlarini tozalab berish, tibbiy yordam ko‘rsatish kabi vazifalar yuklangan va ular aholining ishsiz qatlamidan saralab olinadi. Tuman badlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlari tomonidan ijtimoiy xizmat xodimlarining faoliyati monitoring qilib boriladi va har haftalik natijaga ko‘ra uning faoliyatiga baho beriladi. Lekin, mehribonlik uylari, bolalar uylariga ijtimoiy xizmat ko‘rsatish va himoya qilish Respublika reabilitatsiya markazida bor-yo‘g‘i bir necha oliy ma’lumotli ijtimoiy xizmatchi lavozimi joriy etilgan. Ya’ni, Respublika bo‘ylab atigi 40 ta professional ijtimoiy xizmatchi lavozimi mavjud.
Manzilli ijtimoiy himoyani kuchaytirish, ijtimoiy qo‘llab quvvatlashga ehtiyojmand aholi qatlamlarining turmush darajasi sifatini oshirish, 2008-2013 yillarda O‘zbekistonda nogironlar jamiyati tarkibidagi viloyat tuman nogironlar jamiyatlari jismoniy imkoniyatlari cheklangan turli yoshdagi aholi qatlamlarini qo‘llab quvvatlashga yo‘naltirilgan 135 dan ortiq loyiha uchun 1 mlard 614,5 mln so‘mdan ortiq mablag‘lar yo‘naltirilgan. «Mustahkam oila yili» Davlat dasturini (2012-yil) amalga oshirish doirasida NNT va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarini aholining ijtimoiy ko‘makka muhtoj qatlamlariga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishga yanada keng jalb qilish, ularning sifatini yaxshilash va yangi ish o‘rinlari yaratish yo‘lida jamoat fondi va parlament komissiyasi o‘z tajribasida davlat granti ajratish bo‘yicha birinchi marta qo‘shma tanlov o‘tkazdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 18-yanvardagi ― “Uy-joylar qurishni rivojlantirish bo‘yicha maqsadli Dasturlarini samarali amalga oshirish to‘g‘risida”gi PQ-3480 sonli qaroriga asosan 2018-yil Dasturiga 22 145 ta yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylar qurilishi belgilangan.
2019-yillarda nogironligi bo‘lgan, kam ta’minlangan xotin-qizlarga jami 3 mingta uy berilishi rejalashtirilgan, shundan 1 ming 640 tasi sentyabr oyigacha berilishi mo‘ljallangan bo‘lib, shu kungacha jami 1 ming 691 nafar uy-joyga muhtoj, nogironligi bo‘lgan xotin-qizlarga uy-joy ajratildi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-apreldagi ―Og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarni, nogironligi bo‘lgan, kam ta’minlangan farzandlarini to‘liqsiz oilada tarbiyalayotgan va uy joy sharoitini yaxshilashga muhtoj onalarga arzon uylarni berish to‘g‘risidagi 285-son qaroriga muvofiq, Xotin-qizlar qo‘mitasi qoshidagi Xotin-qizlarni va oilani qo‘lab quvvatlash jamoat fondi orqali 2020-yilning 1 yanvar holatiga 1207 nafar uy-joyga muhtoj, og‘ir turmush sharoitidagi va nogironligi bo‘lgan xotin-qizlar uchun jami 47,7 mlrd. so‘mlik boshlang‘ich to‘lov miqdori to‘lab berildi. Umumiy qilib olganda, O‘zbekiston Respublikasida ijtimoiy yordam va ijtimoiy xizmat ko‘rsatishning kompleks tizimi yaratildi.
Umumiy qilib olganda, Respublika bo‘yicha har yili 100 ming nafardan ortiq fuqaroga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish uchun 150 milliard so‘m miqdoridagi mablag‘ ajratiladi. Birgina Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimida 95 mingdan ortiq keksa va nogironlar ijtimoiy yordam olishadi. Shulardan 30 ming nafari sog‘lomlashtirish maskanlarida, 17 mingi reabilitatsiya markazlarida, 16 mingiga uyda ijtimoiy xizmat ko‘rsatiladi, 12 mingiga har yili protez-ortopediya mahsulotlari taqdim qilinadi. O‘zbekiston Respublikasida ijtimoiy yordam va ijtimoiy xizmat ko‘rsatishning kompleks tizimi yaratildi.



Download 63.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling