3-mavzu: nerv tizimining yoshga bog‘liq xususiyatlari reja


Download 31.75 Kb.
bet6/14
Sana07.09.2023
Hajmi31.75 Kb.
#1673901
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
3-nerv sistemasi

Orta miya. O‘rta miya 4 tepalik plastinkasi va miya oyoqchalaridan tashkil topgan. Bundan tashqari, qizil yadro, qora modda va bosh miyadan chiqadigan, ko‘z soqqasini harakatga keltiruvchi 3-4 juft va 4 juft g‘altaksimon nervning yadrolari bor.
O‘rta miya yadrolari faoliyatiga ko‘ra sezuvchi va harakat yadrolariga bo‘linadi. Harakat yadrolari organizmda muskullar tonusiga bevosita ta’sir etadi. Sezuvchi yadrolar eshitish va ko‘rishda ishtirok etadi. O‘rta miyasi shikastlangan odamda muskullar tonusi saqlanib qolgani holda to‘g‘rilovchi reflekslar buziladi, chunki bosh miya po‘stloq qismi muskullar tonusini boshqarib turadi. O‘rta miyada yana katta yarim sharlarga boradigan o‘tkazuvchi yo‘llar joylashgan. O‘rta miya ishtirokida hosil bo‘ladigan reflekslar ona qornida homilada shakllana boshlaydi.
Yangi tug‘ilgan bolada ko‘z qorachig‘i refleksi yaxshi rivojlangan bo‘ladi. Tovush va teri ta’siriga javoban ko‘z qorachig‘ining kengayishi bola 10 haftalik bo‘lgandayoq seziladi. 2-3 oylikdan boshlab labirint refleksi to‘la namoyon bo‘ladi. Bolaning yoshi ortishi bilan tanani m akonda tutib turish refleksi ham yaxshi rivojlanib boradi. Yangi tug‘ilgan bolada o‘rta miyaning vazni 2,5 g. Qizil yadro yaxshi rivojlangan bo‘ladi.
Oraliq miya. Oraliq miya o‘rta miyaning yuqorisida joylashgan. Oraliq miyaga – ko‘rish, bo‘rtio‘lari, bo‘rtiq osti qismi va tizzasimon tana kiradi. Oraliq miyaning bo‘rtiq osti qismi turli yoshda rivojlanadi. Bola yetti yoshga kirguncha tabaqalashadi. Jinsiy balog‘atga yetish davrida bo‘rtiq osti qismi bosh miyaning turli bo‘laklari bilan bevosita aloqador bo‘lib qoladi. Organizmdagi markazga intiluvchi barcha nerv tolalari ko‘rish bo‘rtiqlariga kelib tutashadi.
Ko‘rish bo‘rtiqlari shikastlanganda ko‘z butunlay yoki qisman ko‘rmay qoladi, bosh og‘riydi, falajlik yuz beradi, uyqu buziladi. Bo‘rtiq osti qism funksional jihatdan oqsil, yog‘, tuz va suv almashinuvi boshqarilishiga bog‘liq. Bundan tashqari, u yerdagi nerv markazlari ter ajralishi, issiqlikni boshqarish va uglevodlar almashinuviga ta’sir etadi. Gipotalamus yadrolari 2-3 yoshda shakllanadi. Kulrang bo‘rtiq hujayralari differensiyalashuvi kechroq, 13-15 yoshda tugaydi. Gipotalamus bosh miya katta yarim sharlariga nisbatan tezroq shakllanishi kuzatiladi.
Yangi tug‘ilgan bolada ta’m bilish, hid, harorat va og‘riq ta’sirotlariga, achchiq, nordon, sho‘r, shirinlikka reflektor reaksiyalar vujudga keladi. Bog‘cha yoshi davrining oxiriga borib, po‘stloq va po‘stloq osti harakat nerv markazlari mexanizmi ma’lum darajada mutanosiblashadi. Bola harakatlari ancha uyg‘unlashib, 13 yoshda esa o ‘lchamlari kattalarnikidek bo‘ladi.
Yangi tug‘ilgan va 1 yoshgacha bo‘lgan bolalarda issiqlikni boshqaruvchi nerv markazlari yaxshi takomillashgan bo‘ladi. Bolalarda maza bilish, haroratga, og‘riq va boshqa turli ta’surotlarga javob qaytarish refleksi yosh kattalashgan sari ortib boradi.

Download 31.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling