3-mavzu: nerv tizimining yoshga bog‘liq xususiyatlari reja


Download 31.75 Kb.
bet3/14
Sana07.09.2023
Hajmi31.75 Kb.
#1673901
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
3-nerv sistemasi

Dominanta uzoq muddat saqlanib turishi mumkin. Dominanta oliy nerv faoliyatiga, odamning ruxiyatiga bog‘liq bo‘ladi. Dominanta prinsipi diqqat aktivligining fiziologik asosidir. Shuning uchun dominanta pedagogika va psixologiyada juda katta ahamiyatga egadir. O‘qituvchilar o‘quvchilarga ta’lim-tarbiya berishda buni hisobga olishi kerak.
3.3. Nerv tolalarining miyelinlashuvi.
Avval periferik nervlar, so‘ngra orqa miya nervlari, keyinroq bosh miya sopining nerv tolalari, undan so‘ng bosh miya katta yarim sharlarining tolalari miyelinlashadi. Miyelin qavati rivojlangan sari nerv tolasining qo‘zg‘aluvchanligi orta boradi. Ona qornida embrion 4 oylik bo‘lgandan boshlab, orqa va bosh miyadagi nervlar miyelinlasha boshlaydi. Birinchi galda harakat nervlari, so‘ngra aralash nervlar, undan keyin orqa miyaning markazga intiluvchi nervlari miyelinlashadi. Bola tug‘ilganida harakat nervlari miyelin qavat bilan qisman o‘ralgan bo‘ladi. Bola 1,5-2 yashar bo'lganda bosh miyasidagi ko‘pgina nervlar, 2 yoshida eshitish organi nervlari miyelinlashib bo'ladi. Ko‘rish va til-tomoq nervlari yangi tug‘ilgan bolalarda miyelinlashmagan bo‘lib, 3-4 yoshda to‘liq miyelinlashadi. Yuz nervining tarmoqlari homilada ona qornidayoq miyelinlasha boshlab, bola tug‘ilishi vaqtiga kelganda to‘liq tugaydi. Uch yoshda bosh m iyaning nerv tolalari miyelinlashib, funksiyalari murakkablashib boradi.
3.4. Qo‘zg‘alish, tormozlanish, dominantaning yoshga xos xususiyatlari
Bola tug‘ilgandan keyin markaziy nerv sistemasi tashqi muhit ta’siri va hulq-atvor, nutq tufayli rivojlanib boradi. Yangi tug‘ilgan va kichik bog‘cha yoshidagi bolalarning nerv sistemasida qo‘zg‘alish jarayoni tormozlanish jarayonidan ustun turadi. Harakat markazlari orqa va bosh miyada tez qo‘zg‘alish xususiyatiga ega, shu sababli bu yoshdagi bolalar serharakat va his-hayajonga to‘la bo‘ladi. Bolalarda shartli refleks hosil bo‘layotgan davrda qo‘zg‘alish shu shartli refleksni hosil qiluvchi analizatorlar markazlariga tarqaladi. Shartli refleksning hosil bo‘lishi va mustahkamlanishi bilan shartli ta’sirlovchiga taaluqli markazlarga tarqalmaydi. Masalan, bolada birorta tovushga shartli refleks paydo bo‘lsa, shu tovushga yaqin tovushlar ham shartli ta’sirlovchi kabi ta’sir etib, shartli refleks hosil qiladi. Shartli refleks qancha mustahkam bo‘lsa, qo‘zg‘alish shuncha kam tarqaladi. Go‘daklarda qo‘zg‘alish bog‘cha yoshidagi bolalardagiga nisbatan ancha keng tarqaladi. Bog‘cha yoshidagi bolalarda qo‘zg‘alish markazlari tez almashinib turadi. Shuning uchun bu yoshdagi bolalarning harakati va diqqati beqaror bo‘lib, uzoq davom etmaydi. Bolaning yoshi orta borar ekan, dominanta markazlarida vujudga kelgan qo‘zg‘alish barqaror bo‘lib, uzoq vaqt qo‘zg‘alib turadi hamda ta’sirlar yig‘indisi ortadi. Yangi tug‘ilgan bolada ovqatga dom inanta paydo bo'ladi. Asta-sekin ayrim ta’sirga dominanta markazlari vujudga kela boshlaydi. Dominanta markazlari turg‘un bo‘lmaydi va dominanta uzoq davom etmaydi. Bolalar nerv sistem asida m oddalar almashinuvi jadal kechishi tufayli nerv markazlari kislorod tanqisligiga juda sezgir bo‘ladi.

Download 31.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling