3-mavzu: nerv tizimining yoshga bog‘liq xususiyatlari reja


Download 31.75 Kb.
bet8/14
Sana07.09.2023
Hajmi31.75 Kb.
#1673901
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
Bog'liq
3-nerv sistemasi

Limb sistemasi. Limb sistemasi tuzilmasiga katta yarim sharlarning madial vuzasida joylashagn gipokamp, bel pushtasi, gipotalamusning mamillyar tanasi, to‘sig‘i, bodomsimon yadrolar kiradi va hokazo.
Turli his-hayajon (qo‘rqish, hursandlik, ochlik, to‘qlik, g‘azab va boshqalar) faqat limb sistemasiga emas, balki bosh miyaning katta yarim sharlari po‘stlog‘i tuzilmalariga ham bog‘liq. Limb sistemasining funksiyalari juda murakkab va turli tuman bo‘lib, odamning, tashqi muhitning doimo o‘zgarib turadigan sharoitiga m oslashuvini ta’minlashda, hulq-atvor, his-hayajon xotiraning shakllanishida muhim rol o‘ynaydi, ovqat veyish, suyuqlik ichish, avlodni davom ettirish, o‘z o‘zini himoya qilish singari hayotiy muhim ehtiyojlarni qondirishga xos mayl-istaklar shakllanadi. Bola o‘sib rivojlangani sari uning his-hayajoni, hulq atvori tobora ko‘proq ongga bo‘ysunadi.
Limb sistemasi o‘qitish jarayonida bevosita ishtirok etadi, chunki u idrok qilishni, diqqat va xotirani ta’minlaydi. Bu dastavval gippokamp va bodomchasimon tanaga taalluqli, ular axborotning vaqtincha ombori hisoblanadi.
Limb sistemasi odam hulq-atvor xususiyatlarini va uning reaktivligini, ya’ni biror xildagi javob reaksiyalarini belgilaydi. Bu sistemada o‘zgarishlar sodir bo‘lganda, odamning hatti-harakati poyma-poy bo‘lib qoladi, ovqatga nisbatan munosabati ham o‘zgarib qoladi. Limb sistemasi faoliyatini bosh miya po‘stlog‘i, asosan peshona bo‘limi idora qilib turadi. Ayni vaqtda po‘stloq osti tuzilmalari katta yarim sharlar po‘stlog‘i tonusini oshiradi, his-hayajonga zamin yaratadi, idrok qilish, tafakkur rag‘batlanadi, ishchanlik ortadi.
Bosh miya katta yarim sharlari ikkita yarim shardan iborat bo‘lib, bosh miyaning eng rivojlangan qismidir. Ikkita yarimshar bir-biri bilan gorizontal plastinka, qadoqsimon tana yordamida birikadi. Har bir yarim sharda miya qopqog‘i, hid bilish miyasi, asosiy markaziy bo‘laklar va ikkita yon qorincha bo‘ladi. Yarim sharlar bir biridan uzunasiga ketgan yoriq bilan ajralib turadi. Yarim sharlarning ustki yuzasida juda ko‘p pushtalar va egatchalar bor. Har bir yarim shaming tashqi, ichki va pastki yuzasi bo‘ladi. Miya yarim sharlari katta egatchalarining: peshona, tepa, ensa, chakka va orolcha kabi bo‘laklari bor.
Silviyev egatchasi miya yarim sharlarining asosidan boshlanib, orqaga va bir oz yuqoriga ko‘tariladi, yarim sharlarning chakka bo‘lagini boshqalardan ajratadi. Roland, ya’ni markaziy egatcha miya yarim sharlarining yuqori chetidan boshlanib, o‘rtada Silviyev egati tomon pastga yo‘naladi, katta yarim sharlarning peshona bo‘limini tepa bo‘lagidan ajratib turadi. Shuningdek, ensa tepa egatchasi katta yarim sharlarining orqa tomonidan ko‘ndalangiga yo‘nalgan bo‘lib, ensa bo‘lagini tepa bo‘lagidan ajratadi. Har qaysi bo‘lagidagi mayda egatchalar pushtalar yordamida bir biridan ajraladi. Katta yarimsharlarning orolcha bo‘lagi Silviyev yorig‘ining chuqurligida yotadi, peshona, tepa, chakka boiaklar bilan o‘ralib turadi. Peshona bo‘limida to‘rtta: oldingi markaziy, yuqorigi, o‘rta va pastki pushta bo‘ladi. Oldingi markaziy pushta Roland egatining oldida, qolgan uchtasi ko‘ndalang joylashgan. Tepa bo‘lagida uchta: orqa markaziy va ikkita ko‘ndalang pushta bor. Chakka bo‘lagining yon yuzasida uchta, pastki yuzasida esa ikkita pushta, ensa bo‘lagida uchta kichikroq pushta bo‘ladi. Miya katta yarim sharlarning ichki yuzasida ham bir nechta egatchalar bor.

Download 31.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling