3-mavzu: nerv tizimining yoshga bog‘liq xususiyatlari reja


Nerv markazlarining turli bo‘limlarining tuzilishi va rivojlanishi


Download 31.75 Kb.
bet4/14
Sana07.09.2023
Hajmi31.75 Kb.
#1673901
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
3-nerv sistemasi

3.5. Nerv markazlarining turli bo‘limlarining tuzilishi va rivojlanishi
Orqa miya. Orqa miya umurtqa kanalida I bo‘yin umurtqasi bilan II bel umurtqasi oralig‘ida joylashgan bo‘lib, katta odamda vazni 30 - 40 g, uzunligi 45 sm ga teng. Yangi tug‘ilgan bolada 6-10 g, uzunligi -15 sm. Orqa miya reflektor va o‘tkazuvchi vazifasini bajaradi.
Orqa miyaning funksiyalari. Orqa miya qo‘zg‘alishni bosh miya bo‘laklariga o‘tkazuvchi markaziy organ hisoblanib, reflektor va o‘tkazuvchi funksiyani bajaradi. Orqa miya skelet muskullarining harakat refleksini amalga oshiradi. Orqa miyaning ba’zi harakat reflekslariga: tirsak, boldir, tizza, panja reflekslari misol bo‘la oladi. Biroq odamda bosh miya juda yaxshi rivojlanganidan muskul harakatlarining ko‘pi bosh miya katta yarim sharlari po‘stlog‘i ishtirokida amalga oshiriladi. Orqa miya ichki organlar, yurak qon tomir, ovqat hazm qilish, ayirish va boshqa sistemalar ishini o‘zgartirib, vegetativ reflekslarni ham amalga oshiradi. Orqa miyaning yana bir funksiyasi o‘tkazuvchanlikdir.
Orqa miyaning o‘tkazuvchanlik funksiyasi ichki organlardan bosh miyaga va bosh miyadan ishchi organlarga o‘tkazuvchi yo‘llar orqali impulslar otkazilishini ta’minlashdan iborat. Orqa miyada ba’zi reflektor funksiyalar homila ona qornida rivojlanayotganida yuzaga keladi. Homila 2-3 oylik bo‘lganida harakatlana boshlaydi. Yangi tug‘ilgan bola oyoq panjasining tagi ta’sirlansa 2-3 daqiqadan so‘ng oyoq panjasida bukish refleksi hosil bo‘ladi. Bu refleks bola tug‘ilganidan so‘ng 6 oy o‘tgach, yo‘qolib ketadi. Bola 9-10 oyligida yura boshlaydi. Orqa miyadagi harakat markazlari ishi ortadi, nervlar miyelinlashishi 3 yoshgacha davom etadi.
Bosh miya ham oq va kulrang moddalardan tashkil topgan. Kulrang moddasi turli neyronlardan iborat. Bosh miyada 14 mlrd. nerv hujayrasi bor. Bundan tashqari, bosh miyaning 60 - 90% ni neyrogliya hujayralari tashkil etadi.
Neyrogliya hujayralari himoya qiluvchi va tutib turuvchi tayanch to‘qima hisoblanadi. Bosh miya o‘zunchoq; miya, Varoliy kuprigi, miyacha, o‘rta miya, oraliq miyadan iborat bo‘lib bu qismlar bosh miya sopi deb ataladi. Ularni bosh miya katta yarim sharlari o‘rab turadi.
Bosh miyaning pastki yuzasi yoki asosi yarimsharlar, miyacha va miya so‘g‘oning ventral qismlaridan hosil bo‘lgan. Uning oldingi qismlarida peshona bo‘lagining ostki yuzasida hidlov piyozchalari (bulbi olfactori) joylashgan. Uning ventral yuzasiga burun bo‘shlig‘idan g‘alvir suyakning ilma-teshik plastinkasidagi teshiklardan o‘tuvchi 15-20 hidlov nervlari I juft bosh miya nervi keladi.
Hidlov piyozchasidan orqaga qarab hidlov yo‘li (tractus olfactorius) yo‘naladi. Uning orqa qismlari kengayib hidlov uchburchagini (trigonum olfactorum) hosil qiladi. Hidlov uchburchagining orqa tomonida oldingi ilma-teshik modda (substantia perforata anterior) joylashib, bu teshiklar orqali miya ichiga arteriyalar kiradi. Ilma-teshik modda oralig‘ida ko‘ruv nervi kesishmasi (chiasma opticum) joylashgan. U ko‘ruv nervi (n. orticus) II juft bosh miya nervi tolalaridan hosil bo‘ladi. Ko‘ruv nervi orqa tomonga ko‘ruv trakti (tractus opticus) bo‘lib davom etadi. Ko‘ruv nervi kesishmasining orqa tomonida kulrang tepacha (tuber cinereum) yotadi. Uning pastki qismi torayib quyg‘ichni (infundibulum) hosil qiladi. Quyg‘ichning uchida ichki sekretsiya bezi gipofiz (hypophysis) turadi. Kulrang tepachaning orqa tomonida oq sharsimon shakldagi ikkita oq so‘rg‘ichsimon tana (corpora mamillaria) bor.
So‘rg‘ichsimon tananing ikki yon tomonida bo‘ylamasiga joylashgan ikkita yo‘g‘on oq to‘sinlar singari miya oyoqchalari joylashgan. Ular o‘rtasida oyoqchalararo chuqurcha (fossa interpedincularis) bo‘lib, uning tubini orqa ilma-teshik modda (substantia perforata posterior) hosil qiladi. Bu teshiklar orqali miya ichiga qon tomirlar kiradi. Miya oyoqchalarining ichki yuzasidan III juft bosh miya nervi ko‘zni harakatlantiruvchi nervning (n. oculomatorius) ildizi ko‘rinadi. Miya oyoqchalarining tashqi yuzasidan IV juft bosh miya nervi g‘altak nervining (n. trochlearis) ildizi chiqadi. Miya oyoqchalari orqa tomonda ko‘ndalang bolish shaklidagi ko‘prikka (pons) borib taqalgan.
Ko‘prikdan pastda uzunchoq miyaning ventral qismi joylashgan. Unda o‘zaro oldingi o‘rta yorig‘ bilan ajralgan piramidalar (pyramis medullae oblangatae), ulardan tashqarida esa yumaloq tepacha oliva (oliva) ko‘rinadi.
Ko‘prik bilan piramidaning o‘rtasidan VI juft bosh miya nervi uzoqlashtiruvchi nervning (n. abdusens) ildizi chiqadi. Undan chekkaroqda miyachaning o‘rta oyoqchasi bilan oliva o‘rtasidan ketma-ket joylashgan VII juft yuz nervi (n. facialis) va VIII juft dahliz-chig‘anoq nervining (n. vestibulocochlearis) ildizsi chiqadi. Uzunchoq miyaning olivasi orqasidagi egatdan birin-ketin IX juft til-yutqin nervi (n. glossophyngeus), X juft adashgan nerv (n. vagus) va XI juft qo‘shimcha nervning (n. accessorius) ildizlari chiqadi. XII juft til osti nervining (n. hypoglossus) ildizi esa piramida bilan oliva o‘rtasidagi egatdan chiqadi.

Download 31.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling