3-mavzu: nerv tizimining yoshga bog‘liq xususiyatlari reja


Download 31.75 Kb.
bet14/14
Sana07.09.2023
Hajmi31.75 Kb.
#1673901
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
3-nerv sistemasi

Dinamik stereotip. Stereo-qaytarilish degan ma’noni anglatadi. Odatdagi hayot sharoitida odam va hayvon organizmiga turli-tuman ta’sirlovchi ta’sir etib turadi. Miya yarim sharlar po‘stlog‘ining shartli reflekslar analitik sintetik faoliyati tufayli organizm shu xildagi murakkab ta’sirlovchilarga moslashadi. Organizmning murakkab shartli refiektor faoliyatiga misol qilib kompleks shartli reflekslarni olish mumkin. Bu miya yarim sharlari po‘stlog‘ining yanada murakkab faoliyati bo‘lib, shartli refiektor faoliyati yoki dinamik stereotip hisoblanadi.
Dinamik stereotip deb, ma’lum bir vaqtda shartli reflekslarning uzluksiz ravishda tartib bilan kelishi va nerv sistemasida shu ta’sirga javob qaytarilishiga aytiladi. Boshqacha aytganda, u bir neeha yillar davomida shartli reflekslarning izchillik bilan kelib, miya po‘stlog‘ida qo‘zg‘alish va tormozlanish jarayonlari hosil qilishidir. Dinamik stereotip har bir odam uchun o‘ziga xosdir. Dinamik streotip qiyinchilik bilan shartli reflekslarning qaytarilishi natijasida hosil bo‘ladi. Ko‘pgina faoliyatlar avtomatlashadi va uzoq vaqt saqlanadi. Masalan yurish, yugurish, sakrash, qoshiq bilan ovqatlanish, bir vaqtda uyg'onish, bir vaqtda dars tayyorlash va h.k. Bularning hammasi boladagi ko‘nikmalar bo‘lib uning asosida miya po‘stlog‘idagi dinamik streotipning hosil bo‘lishi yotadi.
Dinamik streotip bola va o‘smir xulqining asosini tashkil etadi. Maktab yoshidagi bolalar bosh miya yarim sharlari po‘stlog‘ida dinamik stereotip hosil bo‘lishining dinamik jarayonlarini tekshirish faqat nazariy emas, balki amaliy jihatdan ham muhim ahamiyatga ega. Masalan, darslarni fiziologik asoslarda tashkil etish, kun tartibini tuzish, ovqatlanish, mehnat va dam olish va hokazolar o‘quvchilar hayotida dinamik stereotipni vujudga keltirish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Bolaning bir maktabdan boshqa maktabga borishi, bir sinfdan boshqa sinfga o‘tishi, o‘qituvchi yoki tarbiyachilarning tez-tez o‘zgarib turishi va boshqalar natijasida streotip o‘zgaradi. Bu nerv sistemasining zararlanishiga olib keladi.


TOPSHIRIQ
1. Nerv sistemasining ahamiyatini tushuntiring?
2. Bajaradigan vazifasiga ko‘ra, nerv sistemasi nechi qismga bo‘linadi?
3. Simpatik va parasimpatik nerv sistemasining vazifasini tushuntiring?
4. Markaziy nerv sistemasining tormozlanishni tushuntiring?
5. Refleks nima?
6. Refleksning qanday turlari bor?
7. Dinamik stereotip deb nimaga aytiladi?
Download 31.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling