3-mavzu: nerv tizimining yoshga bog‘liq xususiyatlari reja


Shartli refleks hosil bo‘lishidagi shart-sharoit


Download 31.75 Kb.
bet11/14
Sana07.09.2023
Hajmi31.75 Kb.
#1673901
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
3-nerv sistemasi

Shartli refleks hosil bo‘lishidagi shart-sharoit. Shartli reflekslar hosil bo‘lishi uchun quyidagilar zarur: 1) befarq (indiffeoyent) ta’sir, bu ta’sir shartli ta’sir deb yuritiladi; 2) shartli ta’sir shartsiz ta’sirdan oldin kelishi va shartsiz ta’sir qila boshlagandan keyin ham birmuncha vaqt ta’sir ko‘rsatib turishi kerak; 3) shartli va shartsiz ta’sirlar shu tariqa birga qo‘llanilishi kerak.
Shartli ta’sir shartsiz ta’sir bilan quvvatlab turilmasa, shartli refleks hosil bo‘lmasligi mumkin. Hayot mobaynida ba’zi shartli reflekslar so‘nib, yangilari paydo bo‘lib turadi. Masalan, bola tug‘ilgandan keyin ma’lum vaqtlarda onasini 7-8 marta emsa, 1,5-2 yashar bo‘lganda bir sutkada 5-6 marta emadi, katta bo‘lganida esa 3-4 mahal ovqatlanadi. Shartli refleksning hosil bo‘lish tezligi odamning hayot tarziga, yoshiga, nerv sistemasining funksional holatiga, ta’sirlovchilarning tabiatiga bog‘liq bo‘ladi. Bolalarda turli rang, shakl va o‘yinchoqlarga so‘lak ajratish yoki himoya va boshqa shartli reflekslar hosil bo‘lishi mumkin.
Shartli reflekslar hosil bo‘lishi. Shartli refleks bosh miya katta yarimsharlari po‘stlogining befarq (indifferent) ta’sirni qabul qiluvchi muayyan sohasida kuchsiz qo‘zg‘alish vujudga kelishi natijasida hosil bo‘ladi. Shartli ta’sirlovchining bir necha marta takrorlanishi natijasida miya po‘stlog‘ida kuchli qo‘zg‘alish o‘chog‘i vujudga keladi. Shartli va sharsiz ta’sir bir necha marta takrorlanganda ikkita qo‘zg‘alish o‘chogi o‘rtasida muvaqqat nerv bog‘lanishi paydo bo‘ladi. Bu ikkala sohaga ta’sirni bir necha marta takrorlash bilan shartli refleks juda tez namoyon bo‘ladi. Shartli reflekslar miya po'stlogi ishtirokida hosil bo‘lishi bilan shartsiz reflekslardan farq qiladi. Shartli refleks hosil bo‘lishida miya po‘stlogida ikkita nerv markazida qo‘zg‘alish vujudga kelishi bilan birga bosh miyaning ko‘p boshqa faoliyatini ham o‘zida mujassamlashtiradi.
Shartli refleks hosil qilishi uchun sekretor, ko‘zni yumish yoki nutq bilan mustahkamlanadigan harakat usulidan foydalaniladi. Masalan, bolaga ovqat berilganda, og‘iz bo‘shligidagi retseptorlar qo‘zg‘alib, impuls uzunchoq miyaga yetib boradida, so‘lak ajratish markazini qo‘zg‘atadi. Ayni vaqtda qo‘zg‘alish bosh miya sopining o‘tkazuvchi yo‘llari bo‘ylab miya po‘stlogining ovqatlanish markaziga yetib boradi.
Chamalash refleksining ahamiyati: Shartli refleks hosil qilishda chamalash (oriyentirlash) refleksining ahamiyati juda katta, bu refleksni I.P. Pavlov «Nima degan?» deb atagan. Chamalash refleksi turlicha namoyon bo‘ladi.
Tashqi muhitning bir oz o‘zgarishi bosh, ko‘z, quloq, butun gavdani ta’sir berilgan tomonga qarab aylantiruvchi muskul harakatini paydo qiladi. Ayni vaqtda ko‘z qorachig‘i kengayadi, yurak qon tomir sistemasi, nafas olish sistemasida o‘zgarish yuzaga keladi, elektrik faollik o‘zgaradi. Terining qarshilik ko‘rsatishi kamayadi va hokazo.
Chamalash refleksi murakkab reaksiya hisoblanadi, u komponentlarni yagona bir sistemaga birlashtiruvchi omildir.

Download 31.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling