3-mavzu: nerv tizimining yoshga bog‘liq xususiyatlari reja
Download 31.75 Kb.
|
3-nerv sistemasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- So‘nuvchi tormozlanish
- Qiyosiy tormozlanish
- Shartli refleksning kechikishi
Shartli tormozlanish. Shartli, boshqacha aytganda ichki tormozlanish markaziy nerv sistemasining yuqori bo‘limlariga xos bo‘lib, shartli ta’sirlovchi shartsiz ta’sirlovchi bilan mustahkamlanganda, ikkita qo‘zg‘alish o‘chog‘i vaqtining bir-biriga zid kelishi natijasida hosil bo‘ladi. Shartli tormozlanish hayot davomida asta-sekin yuzaga keladi. Shartli tormozlanish so‘nuvchi, qiyosiy va kechikuvchi turlarga bo‘linadi.
So‘nuvchi tormozlanish shartli ta’sirot takrorlanib turgani bilan, shartsiz ta’sir orqali mustahkamlanmaganda hosil bo‘ladi. Masalan, bir necha marta qo‘ng‘iroq chalinib, bolaga ovqat berilmasa, unda ovqatlanishga bo‘lgan harakat refleksi so‘na boshlaydi. So‘nuvchi tormozlanish. Shartli refleksning so‘nishi shartli ta’sirlovchini takrorlash soniga, nerv sistemasining tipiga, oldin hosil qilingan shartli refleksning mustahkamligiga va shartli ta’sir kuchiga bog‘liq bo‘ladi. So‘nuvchi shartli refleks qaytadan tiklanishi mumkin. Bu nerv sistemasining tipiga, so‘nish darajasiga va bolaning yoshiga bog‘liqdir. So‘nuvchi tormozlanish muhim biologik ahamiyatga ega. Qiyosiy tormozlanish. Ma’lumki, organizm retseptorlar vositasida atrof muhitdagi xilma-xil ta’sirni qabul qiladi. Miya yarim sharlari po‘stlog‘ida shartli refleks faqat shartli ta’sirga nisbatan hosil bo‘lmasdan, balki shu ta’sirga yaqin ta’sirlovchilarga nisbatan ham bog‘liq bo‘ladi. Shartli ta’sirlovchining rangi, shakli yoki tovush balandligi bir oz o‘zgartirilgudek bo‘lsa, hosil qilingan shartli refleks tormozlanadi, Masalan, bolada so‘lak ajralishiga shartli refleks hosil qilishda shartli ta’sir daqiqasiga 10 marta takrorlansa-yu, shartsiz ta’sirlovchi bilan mustahkalanmasa, hosil qilingan shartli refleks tormozlanadi. Shunday qilib, miya yarim sharlari po‘stlog‘i shartli ta’sirlovchilarga yaqin bo‘lgan ta’sirlovchilarni tabaqalashtiradi. Shartli refleksning kechikishi. Shartli ta ’sirlovchi bilan shartsiz ta’sirlovchi orasidagi vaqtni asta-sekin uzaytirib borishi natijasida vujudga keltiriladi. Agar shartsiz ta’sirlovchi kechiktirilib ta’sir qilinsa, shartli refleks avvalgidek ta’sir berilishi bilanoq emas, balki bir oz kechroq hosil bo‘ladi. Bu esa bolalar oliy nerv faoliyatining tipiga bog‘liq. Download 31.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling