3-mavzu: nerv tizimining yoshga bog‘liq xususiyatlari reja
Download 31.75 Kb.
|
3-nerv sistemasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Refleksning turlari
- Shartli reflekslarning biologik ahamiyati
Refleks yoy retseptor, markazga intiluvchi nerv, ya’ni afferent nerv, nerv markazi (orqa va bosh miya), markazdan qochuvchi nerv, ya’ni efferent nerv va ish bajaruvchi organ yoki effektor organdan tashkil topgan. Retseptorlar joylashishiga qarab tashqi - ekstroretseptorlar va ichki interretseptorlarga bo‘linadi.
Ekstroretseptorlarga teri, ko‘z, quloq, hid bilish, ta’m bilish organlarida joylashgan retseptorlar kiradi, ular turli xildagi tashqi ta’sirni qabul qiladi. Interretseptorlar esa ichki organlarda joylashgan, ular organizmning o‘zida hosil bo'ladigan ta’sirni qabul qiladi. Prioprioretseptorlar muskullar, paylar va bo‘g‘imlarda joylashgan retseptorlardir. Refleksning turlari. Turli ta’sirlarga javoban organizm tomonidan ko‘rsatiladigan xilma-xil refiektor reaksiyalar shartsiz va shartli reflekslar deb, ikkita asosiy guruhga bo‘linadi. Shartsiz reflekslar tug‘ma bo‘lib, evolyutsiya jarayonida shakllangan va nasldan-naslga o‘tadi. Bu reflekslar bola hayotida muhim biologik ahamiyatga ega. Shartli reflekslar esa har bir individga xos bo‘lib, hayot davomida ham orttiriladi va hayotiy muhim hisoblanadi. Shartli reflekslar hosil bo‘lishi uchun ma’lum sharoit bo‘lishi shart. Shartsiz reflekslar bosh miya katta yarim sharlari ishtirokisiz ham hosil bo‘lishi mumkin, lekin shartli reflekslarning hosil bo‘lishi uchun orqa miya va bosh miyaning sop qismi bilan birga ko‘proq bosh miya katta yarim sharlari ishtirok etadi. Shartli reflekslar organizmning tashqi muhitga moslashishida muhim ahamiyatga ega, ular hayot mobaynida tormozlanib, yangilari hosil bo‘lib turadi. Shartli reflekslarning biologik ahamiyati. Bola tug‘ilgandayoq unda ma’lum shartsiz reflekslar vujudga kelgan bo‘ladi. Masalan, so‘rish, yutish, so‘lak ajralishi, himoya reflekslari (issiq narsadan qo‘lni tortib olish, yo‘talish, aksa urish va hokazo), jinsiy reflekslar, mavjud bo‘ladi. Shartli reflekslar organizmni tashqi muhit sharoitiga ancha murakkab moslashtiradi. Odam ovqatni hididan topadi, vaqtni chamalaydi va hokazo. Ovqatning hidiga so‘lak, me’da shirasi ajrala boshlaydi. Shartli ta’sirlovchilar signallarni bosh miya katta yarim sharlari po‘stlog‘ida analiz va sintez qilib, ta’sirotga javob berishga tayyorgarlik ko‘radi. Download 31.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling