Takrorlash uchun nazorat savollari:
1. Olam nima va unda odamning o‘rni qanday?
2.. Borliq va yo‘qlik tushunchalari to‘g‘risida nimalarni bilasiz?
3. Borliqning murakkab tuzilishi deganda nima tushuniladi?
4. Olamning paydo bo‘lishi va evolyusiyasini qanday izohlaysiz?
5. Yer tarixi va unda hayotning paydo bo‘lishi va evolyatsiyasini asoslaydigan qanday ilmiy nazariyalarni bilasiz?
6. Substansiya va substrat tushunchalarini ta’riflang.
7. Materiya kategoriyasining falsafiy va tabiiy-ilmiy ma’nosini tushuntiring.
8. Harakat tushunchasi hamda uning asosiy tiplari va shakllari to‘g‘risida so‘zlab bering.
9. Makon va vaqt – borliqning mavjudlik shakllari ekanligi qanday ma’nolarni anglatadi?
Bilim va ko‘nikmalarni baholash materiallari (test):
1. Falsafaning qaysi sohasida borliq va yo‘qlik, mavjudlik va nomavjudlik muammolariga doir masalalar o‘rganiladi?
A. Aksiologiyada
B. Gnoseologiyada
V. Ontologiyada
G. Ijtimoiy falsafada
2. Falsafiy kategoriya sifatida dunyoni uning butun rang-barangligi va turli-tuman namoyon bo‘lish shakllari bilan yaxlit aks ettiruvchi tushuncha nima?
A. Ob’ektiv voqelik.
B. Materiya.
V. Kosmos.
G. Borliq.
3. Olamdagi narsa va hodisalar holatlarining har qanday o‘zgarishi bu - ...
A. Harakat
B. Taraqqiyot
V. Rivojlanish
G. O‘zgarish
4. Borliqni tushunishga nisbatan dialektik yondoshuvni ilk bor kim ilgari surdi?
A. Fales
B. Geraklit
V. Anaksimandr
G. Ksenofan
5. «Hamma narsa yer va suvdan vujudga keladi va rivojlanadi, hatto «biz ham yer va suvdan paydo bo‘lganmiz»» kimning fikri?
A.Ksenofan
B.Anaksimandr
V. Fales
G. Pifagor
6. Sharq mutafakkirlaridan kim borliq muammosini hal qilishda «Vujudi vojib» va «Vujudi mumkin» ning o‘zaro nisbatiga murojaat qiladi?
A. At – Termiziy.
B. Al – Xorazmiy.
V. Abu Nasr Forobiy.
G. Abu Rayxon Beruniy.
Do'stlaringiz bilan baham: |