3-mavzu. O'Rta asrlarda yevropaning iqtisodiy rivojlanishi reja
o'rta asrlar X-XIII asrlar
Download 161.78 Kb. Pdf ko'rish
|
3-MAVZU. ORTA ASRLARDA YEVROPANING IQTISODIY (3)
- Bu sahifa navigatsiya:
- III. Songgi orta asrlar XIV-XVII asrlar. 1
o'rta asrlar X-XIII asrlar.
Bu davrda dominant xo'jalikning shakllanishi, feodal ierarxiyas- ining vujudga kelishi, hunarmandchilik va savdoning birmuncha rivojlanishi ro'y berdi. Shuni aytib o'tish kerakki XIII asrda G'arbiy Yevropada o'ziga xos feodalizm rivojlanishi ro'y bera boshladi. XIII asrgacha deyarli barcha hududlarda iqtisodiyotning rivojlanishi ro'y berdi, minglab shaharlar paydo bo'ldi va ularning ko'pchiligi o'zini-o'zi boshqarishga o'tdi. Bu shaharlarda yuzlab ixtisoslikka ega bo'lgan hunarmand- lar ishlardi, ko'pgina sexlar va gildalar paydo bo'ldi. Qishloq xo'jaligida ish qurollarining takomillashishi ro'y berdi, ichki mus- tamlakaga aylantirish ro'y berdi hamda o'z navbatida o'rmonlarni kesish, melioratsiya ishlari boshlab yuborildi. Iqtisodiy rivojlanish natijasida aholining 2-3 barobarga o'sishi sodir bo'ldi. III. So'nggi o'rta asrlar XIV-XVII asrlar. 1 Feodal yer munosabatlari asta-sekin yo'q bo'la boshladi yoki dominant xo'jalik butunlay yo'q bo'la boshladi dehqonlarning shaxsiy ozodlikka erishishi jarayoni ro'y bera boshladi, feodal ierarxiyaning amalga kirish jarayoni boshlandi. Feodal tizimning inqirozga uchrash alomatlari paydo bo'lib, ilk kapitalizmning alo- matlari paydo bo'ldi. Yer fondlarining tugashi munosabati bilan yer mukofotlari - benefitsiylar abadiy berilmaydigan, balki xizmat muddatiga yoki umr oxirigacha beriladigan bo'ldi va keyinchalik xizmatdagi boshqa kishilarga berilishi mumkin qilib belgilandi. IX-X asrlar davomida benefitsiylar umr oxirigacha beriladigan shakldan me- ros qoldiriladigan yo'lga aylana bordi va majburiy harbiy xizmatda bo'lish bilan bog'liq shartli merosiy mulk sifatida feod 2 shaklini ola boshladi. Bu islohot, birinchidan, harbiy tashkilotning asosi bo'lib qol- gan mayda va o'rta feodallar qatlamini mustahkamladi; ikkinchi- dan, feodal yer mulkdorligini mustahkamladi va yer odatda shu yerda yashagan odamlari bilan birga beriladigan bo'lgani uchun dehqonlarning qaramligini kuchaytirdi; uchinchidan, yer beruvchi va yer oluvchi o'rtasida yer munosabatlarini keltirib chiqarib, vassal munosabatlarning qaror topishiga sabab bo'ldi. Qirol votchinasining qaram dehqonchiligi asosiy uch guruxga bo'linar edi: • kolonlar, yoki chorakorlar, ular ko'pchilikni tashkil etishardi - shaxsan erkin, ammo yer qaramligida bo'lganlar: 1 Хашимов П.З., Тураев Х.Н. Экономическая история. Т.: «Университет», 2003.- С.36. 2 Feod - seniyor tomonidan vassalga taqdim qilingan yerlar 3-MAVZU. O'RTA ASRLARDA YEVROPANING IQTISODIY RIVOJLANISHI 42 • qul-servlar - shaxsan va yer qaramligida bo'lganlar; • litlar - o'rta holatdagilar - qaysidir feodalning homiyligida bo'lib, yer ulushidan merosga qoldirish huquqi bilan foydalanu- vchilar. Bunday farqlar asta-sekin yo'qola borib, dehqonlar bir xil qaram odamlarga aylana bordilar. Ularning hammasi to'lov to'lab, feodalga tekin ishlab berishga majbur edilar. Xo'jaliklar tabiiy bo'lib, hunarmandchilik mehnati dehqonchilik bilan birlashgan edi. Mahsulotning deyarli hammasi votchinaning o'zida ishlatilar, har zamonda ortiqcha mahsulot sotilar va votchi- nada ishlab chiqarish mumkin bo'lmagan mahsulotlargina sotib olinar edi. Ammo savdo - sotiq iqtisodiy hayotning umumiy dara- jasiga sezilarli ta'sir etmas edi. XI asrda feodal-qaram dehqonchilikning shakllanishi tugallan- di. Sen'orlarga shaxsan va yer qaramligida bo'lgan servlar asosiy qatlam bo'lib qoldilar. Dehqonlar villanlar deb atalmish, shaxsan erkin, lekin yer va suv qaramligida bo'lgan kichik guruhi saqlanib qoldi. IX- XIII asrlar uchun ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi va qishloq xo'jaligining mahsuldorligini oshirishda yuksalish xususi- yatlidir. Yerga ishlov berish yaxshilandi. Uch dalalik uslubi tarqaldi. Bo'sh yerlar va o'rmonlarni o'zlashtirish - ichki mustamlakalashti- rish keng tarqaldi. Ekin maydonlarining kengayishi va hosildorlikning ko'tarilishi mehnat unumdorligining oshishiga hamda qo'shimcha mahsulot yaratilishiga olib keldi. Sen'orlar uchun rentani dehqon hosilin- ing bir qismi sifatida olish foydali bo'lib qoldi. Shuning uchun XII-XIII asrlarda ular tekin ishlab berishni yo'q qilib, barcha do- menial yerlarni dehqonlarga foydalanish uchun tarqatib berishni yo'lga qo'yishdi. Mahsulot rentasi tez orada pul rentasi bilan al- mashtirildi, chunki fransuz qishloqlariga shaharlarning ta'siri to- bora kuchaya borardi. Bozorga mahsulot yetkazib beruvchi asosiy ta'minotchi dehqon bo'lib qoldi. Bu bir qator oqibatlarga olib keldi. Feodallar dehqonlar ustidan sud hukmronligini saqlab qol- gan, ammo dehqonlar erkin odamlar, ya'ni villanlar sifatida qirol- lik sudiga murojat qila olardilar. Bundan tashqari salb yurishlarda qatnashish, ham shaxsiy erkinlikka olib kelar edi. Dehqonlarning sinfiy kurashi, ham katta ahamiyatga ega bo'ldi. Dehqonlarning tabaqalanishi kuchaydi, Senzivani 3 garovga qo'yish yoki sotish mumkinligi XIV-XV asrlarda o'ta qashshoqlash- gan dehqonlar qatlamining paydo bo'lishiga olib keldi 4 . Qarzlarini to'lashga qurbi yetmaganligi uchun ular sen'orlarga yoki o'ziga to'q qo'shnilariga yollanib ishlashga majbur bo'lardilar. Natijada yollanma dehqonlar qatlami paydo bo'ldi. Shu davrning o'zida dehqon mulkchiligining yangi ko'rinishi yerni ijaraga olish, ko'proq chorvadorlik ko'rinishida, shakllandi. Hukmron sinfning ahvolida o'zgarishlar ro'y berdi - XIV asr- dan boshlab sen'orlar va ularning vassallari orasidagi munosabat- larning asosiy shakli shartli yer taqsimoti emas, balki rentali feod bo'lib qoldi. Endi vassal o'z xizmati uchun aniq yer hududining o'rniga uning rentasinigina olar edi. Download 161.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling