3-mavzu o‘zbek adabiy tili, uning me’yorlari. Nutq uslublari


Imlo va talaffuz me’yorlari


Download 35.46 Kb.
bet3/3
Sana24.01.2023
Hajmi35.46 Kb.
#1114061
1   2   3
Bog'liq
3-mavzu (1)

Imlo va talaffuz me’yorlari. 
Yangi o‘zbek alifbosiga 26 ta harf, 3 ta harflar birikmasi va tutuq belgisi kiritildi hamda bu bilan alifbo tizimi anchagina soddalashtirildi. Bu soddalashtirish ikki tovushni ifoda etuvchi ye, yo, yu, ya singari grafemalarni, ona tilimizga xos bo‘lmagan tovush ifodasi - s harfini va - yumshatish belgisini olib tashlash hamda ‘ - ayirish belgisini ' - tutuq belgisiga almashtirish, shuningdek, ch, sh, ng tovushlarini ifodalovchi harflar birikmasini kiritish evaziga amalga oshirildi.
An’anaviy imlo me’yorlarini saqlab qolgan holda lotin grafikasi asosidagi yangi o‘zbek alifbosi bilan ish ko‘radigan imlo ham o‘z me’yoriy qoidalariga ega va bu me’yorlar yuqorida tilga olingan hujjatda o‘z ifodasini topgan. Undagi qoidalarga amal qilish tilimizdan foydalanuvchilar uchun bundan keyin majburiy sanaladi va shu tarzda bosqichma-bosqich amalga oshiriladigan tadbirlar natijasida o‘zbek tilining orfografik me’yori yo‘lga qo‘yiladi.
Endi bir necha og‘iz so‘z orfoepik - talaffuz me’yori va unga hayotda amal qilish to‘g‘risida. Ko‘p yillik tajribalar, olib borilgan kuzatishlar shuni ko‘rsatmoqdaki, o‘zbek tili talaffuz me’yorlariga rioya qilishni talablar darajasida deb bo‘lmaydi.
A.Mamatov quyidagi mulohazalarni bayon qiladi: «Yoshlarning adabiy til normalariga amal qilgan holda so‘zlashishi, nafaqat ularning o‘qimishliligidan darak beradi, balki ayni vaqtda aqlli va madaniyatliligini ham ko‘rsatadi. Shuning uchun yoshlar hamma vaqt nutq madaniyati va nutq odobiga qat’iy rioya qilgan holda so‘zlashga harakat qilishlari lozim. Talaffuz etilgan har bir tovush, so‘z, ibora, aniq va ravon jaranglashi kerak. Yoshlarning notiq bo‘lishi shart emasdir (balki), lekin faqat fikrini, tushunchalarini to‘g‘ri, aniq iboralar bilan ifoda qilishlari zarur, chunki ona tilimizning sofligini saqlash har bir yosh avlodning sharafli burchidir»10.
To‘g‘ri, mavjud vaziyatning o‘z obyektiv va subyektiv sabablari bor. Turg‘unlik deb ataladigan sovetlar davrida quyidan tortib yuqorigacha hujjatlar asosan rus tilida yuritilar edi. Respublika davlat arboblari bir yilda faqat bir martagina - u ham bo‘lsa, qishloq xo‘jaligi xodimlarining respublika qurultoyida o‘zbekcha nutq so‘zlash imkoniyatiga ega bo‘lar edilar, xolos. Qolgan paytlarda ko‘pchilik yig‘ilishlar, agar unda birgina rus kishisi o‘tirgan bo‘lsa ham, rus tilida olib borilar edi. 70 foizdan ortiq aholi yashaydigan qishloq joylarda esa o‘z shevalari asosiy muomala vositasi bo‘lib qolaverdi. Ma’lum me’yorga solingan adabiy til namunalarini esa faqatgina radio, televideniye orqali eshitdilar, kitoblardan o‘qidilar.
Tildan, o‘z ona tilimizdan foydalanish va rus tilidan foydalanishda ana shunday tafovutlar mavjud bo‘lib, amaliyotda o‘zbek tili uning iskanjasida tobora qisilib borayotgan edi. Bu hol bir kishi, bir oila, bir shahar doirasidan chiqib, butun muhitga, til ekologiyasiga jiddiy ta’sir qila boshlagan edi.
Hayotda shiddat bilan urchib, tomir otib kelayotgan bu millat mustaqillik tufayligina chilparchin qilingan bo‘lsa-da, uning asoratlarini hozir ham ko‘rib, sezib, bilib turibmiz.
Harqalay, endi faxrlanib aytish mumkinki, til iqlimi, unga bo‘lgan munosabat butunlay o‘zgardi. Ona tilimizga davlat tili maqomining berilishi uning hayotiylik, yashash shart-sharoitlarini belgilab berdi. Rivojlanishi va istiqboli qonun yo‘li bilan kafolatlandi.
Ma’lum bo‘ladiki, og‘zaki nutqning to‘laligicha adabiy holatga keltirilishini ta’minlash talaffuz jarayonini me’yorlashtirish bilan bog‘liq. Og‘zaki nutq ishlatiladigan qaysi soha va yo‘nalish bo‘lmasin, turli uslublardagi vazifasini belgilash bo‘lmasin, barcha o‘rinlarda ham til birliklarini bir me’yorga keltirib qo‘llash masalasi birinchi o‘rinda turadi.
Xulosa shuki, orfoepik me’yorlarga rioya qilmaslik nutqimiz madaniyatida jiddiy nuqsonlardan biri bo‘lib qolmoqda. Tilshunoslarimiz zahmatlari tufayli o‘zbek tilidagi birliklarining deyarlik barchasidagi me’yoriy ko‘rinishlar ommaga turli qo‘llanmalar, lug‘atlar shaklida tavsiya etildi. Yangi imlo qoidalariga o‘tishimiz munosabati bilan bu yumushlar davom ettirilmoqda. Nafaqat filolog olimlar, balki maorifimiz jonkuyarlari, o‘z ona tiliga chuqur hurmat bilan qaraydigan barcha ziyolilarimiz bu me’yorlarning buzilishiga e’tiroz, tuzatish va tavsiyalar tarzida chiqishlar qilib turishibdi. Shunday bo‘lishiga qaramasdan, talaffuz me’yorlarini buzish, til madaniyatiga e’tiborsizlik hamon davom etmoqda. Yillar davomida majlislarni rus tilida olib borgan yoki ma’ruzalarni rus tilida eshitgan ko‘pchilik kishilar o‘z nutqlarida ruscha so‘z va iboralarni qo‘llash, ayrim holatlarda rus tili gap qurilishi tartibida o‘zbekcha jumlalar tuzish iskanjasidan chiqib keta olmayaptilar. Bu kamchiliklar hatto radio, ayniqsa, televideniye eshittirishlarida ham seziladi.
Xalqimiz shevachilikdan batamom qutula olgan emas. Garchi ko‘pchiligimiz adabiy til me’yori talablari asosida savodli yozsak-da, talaffuzda e’tiborsizlik, loqaydlik, mas’uliyatsizlik davom etmoqda.
O‘zbеk аdаbiy tili mе’yorlаri ilmiy аsаrlаrdа quyidаgichа tаsnif qilinаdi:
1. Lеksik - sеmаntik mе’yor.
2. Tаlаffuz – (оrfоepik) mе’yor.
3. Yozuv (grаfikа) mе’yori.
4. Fоnеtik mе’yor.
5. Аksеntоlоgik (urg‘uni to‘g‘ri qo‘llаsh) mе’yor.
6. Grаmmаtik (mоrfоlоgik vа sintаktik) mе’yor.
7. So‘z yasаlish mе’yorlаri.
8. Imlоviy mе’yor.
9. Uslubiy mе’yor
10. Punktuаtsiоn mе’yor.
Аdаbiy mе’yorning оg‘zаki vа yozmа ko‘rinishlаri mаvjud bo‘lib, оg‘zаki аdаbiy mе’yorning rivоjlаnishigахаlq qiziqchilаri, аskiyachilаri, lаtifаgo‘y хаlq shоir - bахshilаri kаttа hissа qo‘shsаlаr, yozmааdаbiy mе’yorning shаkllаnishidа bеlgilаngаn yozuv shаkli аsоsidа yozib qоldirilаdigаn yozmааdаbiyotning хizmаti chеksizdir. Umumаn оlgаndа, аdаbiy til mе’yorini o‘rgаnish yangi hоdisа emаs. Til mе’yori vааdаbiy mе’yor muаmmо sifаtidа nutq mаdаniyati ilmiy sоhа dеb tаn оlingungа qаdаr hаm o‘rgаnib kеlingаn. Аdаbiy til mе’yori, uning shаkllаnish, rivоjlаnish, stаbillаshuv qоnuniyatlаri nutq mаdаniyati sоhаsining tеkshirish оbyеkti hisоblаnаdi.

Uslubiyat tilshunoslik fanining bir bo‘limi bo‘lib, nutq jarayonida til hodisalarining maqsadga, sharoitga va muhitga mos ravishda foydalanish qonuniyatlari bilan tanishtiradi. Uslubiyatda uslublar, til vositalarining nutqda qo‘llanish yo‘llari, fonеtik, lug‘aviy, frazеologik va grammatik birliklarning qo‘llanish xususiyatlari o‘rganiladi.


Adabiy tilning ijtimoiy hayotdagi ma'lum bir sohada qo‘llanadigan ko‘rinishi adabiy til uslubi dеyiladi.
O‘zbеk adabiy tilida quyidagi asosiy nutq uslublari bor.
1. So‘zlashuv uslubi.
Kеng qo‘llanadigan uslublardan biri so‘zlashuv uslubidir. Bu uslubda ko‘pincha adabiy til mе'yorlariga rioya qilinadi. So‘zlashuv uslubidagi nutq ko‘pincha dialogik shaklda bo‘ladi. Ikki yoki undan ortiq shaxsning miloqotidan tuzilgan nutq dialogik nutq dеyiladi.
So‘zlashuv uslubida ko‘pincha turli uslubiy bo‘yoqli so‘zlar, grammatik vositalar, tovushlarning tushib qolishi, orttirilishi mumkin: Obbo, hamma ishni do‘ndiribsiz-da. Mazza qildik. Kеtaqo-o-ol!
So‘zlashuv uslubida gapdagi so‘zlar tartibi ancha erkin bo‘ladi. Ko‘proq sodda gaplar, to‘liqsiz gaplar, undalmali gaplardan foydalaniladi. Oilada, ko‘cha – ko‘yda kishilarning fikr almashish jarayonoda qo‘llanadigan nutq uslubi so‘zlashuv uslubi deyiladi. So‘zlashuv uslubiy adabiy va oddiy so‘zlashuv uslublarini o‘z ichiga oladi. Adabiy til me’yorlariga qat’iy amal qilingan so‘zlashuv uslubi adabiy so‘zlashuv uslubi, bunday xususiyatga ega bo‘lmagan so‘zlashuv uslubi esa oddiy so‘zlashuv uslubidir. So‘zlashuv uslubining har ikki turi ko‘pincha dialog shaklida ro‘yobga chiqadi. Bu uslubda so‘zlar odatda kinoya, piching, qochirmalarga boy bo‘ladi. So‘zlashuv uslubining yana bir o‘ziga xos xususiyati erkinligidir. Jumlalar qisqa va ta’sirli bo‘lib, ko‘pincha so‘z – daplar, to‘liqsiz gaplar, maqol va matallar hamda iboralardan keng foydalaniladi. Umumxalq tili ma’lum bir xalqning so‘zlashuv tilidir. Adabiy til esa ma’lum bir til qoidalari asosida tuzilgan, ishlangan, sayqal berilgan tildir. Umumxalq tili kengroq hajmda bo‘lib, u sheva va lahjalar, kasb-hunarga oid so‘zlar, atamalar, jargonlar, ma’lum toifa (biror ijtimoiy guruh) ga oid so‘zlarni ham o‘z ichiga oladi. Bu xil tilda nutq erkin bo‘lib, til qoidalariga asoslanilmaydi.
Faqat muayyan bir hududga xos ayrim belgilarni o‘zida namoyon qilgan til shakli sheva hisoblanadi. Bir qancha shevalar yig‘indisi lahja deyiladi. Sheva va lahjalar ma’lum bir hududda yashovchi aholining mahalliy so‘zlashuv tilidir (masalan, Toshkent shevasi, Farg‘ona shevasi kabi).
2. Ilmiy uslub
Fan-tеxnikaning turli tarmoqlariga doir ilmiy asarlar, darsliklar ilmiy uslubda yoziladi. Ilmiy uslub aniq ma'lumotlar asosida chiqarilgan ilmiy xulosalar (qoidalar, ta'riflar)ga boy bo‘lishi bilan boshqa uslublardan farq qiladi: Yomg‘ir - suyuq tomchi holidagi atmosfеra yog‘ini. Tomchining diamеtri 0,5-0,6 mm bo‘ladi.
Ilmiy uslubda har bir fanning o‘ziga xos ilmiy atamalaridan foydalaniladi, bu uslubda so‘zlar o‘z ma'nosida qo‘llanadi, qoida yoki ta'rifning mazmunini ochishga xizmat qiladigan ajratilgan bo‘laklar, kirish so‘zlar, kirish birikmalar, shuningdеk, qo‘shma gaplardan ko‘proq foydalaniladi.
3. Rasmiy-idoraviy uslub.
Davlat idoralari tomonidan chiqariladigan qarorlar, qonunlar, nizomlar, xalqaro hujjatlar rasmiy-idoraviy uslubda yoziladi. Ariza, tilxat, ma'lumotnoma, chaqiruv qog‘ozi, taklifnoma, shartnoma, tarjimai hol, e'lon, tavsifnoma, dalolatnoma, hisobot kabilar ham shu uslubda yoziladi. Bunday uslubdagi hujjatlar qisqa, aniq, barcha uchun tushunarli qilib tuziladi. Bu uslubning asosiy bеlgisi: jumlalarning bir qolipda, bir xil shaklda bo‘lishi. Bu uslubda ham so‘zlar o‘z ma'nosida qo‘llanadi, ko‘pchilikka ma'lum bo‘lgan ayrim qisqartma so‘zlar ishlatiladi, har bir sohaning o‘ziga xos atamalaridan foydalaniladi. Rasmiy-idoraviy uslubda ko‘pincha darak gaplardan, qaror, buyruq, ko‘rsatma kabilarda esa buyruq gaplardan ham foydalaniladi. Bu uslubda gap bo‘laklarining odatdagi tartibda bo‘lishiga rioya qilinadi: O‘z lavozimini suiistе'mol qilganligi uchun M.Ahmеdovga hayfsan e'lon qilinsin.
4. Ommabop (publitsistik) uslub.
Tashviqot-targ‘ibot ishlarni olib borishda qo‘llanadigan uslub, ya'ni matbuot uslubi ommabop uslub hisoblanadi. Bu uslubda ijtimoiy-siyosiy so‘zlar ko‘p qo‘llanadi. Nutq ta'sirchan bo‘lishi uchun ta'sirchan so‘z va birikmalardan, maqol va hikmatli so‘zlardan ham foydalaniladi. Bunday uslubda gap bo‘laklari odatdagi tartibda bo‘ladi, kеsimlar buyruq va xabar maylidagi fе'llar bilan ifodalanadi, darak, his-hayajon va ritorik so‘roq gaplardan, yoyiq undalmalardan, takroriy so‘z va birikmalardan unumli foydalaniladi: Azamat paxtakorlarimiz mo‘l hosil еtishtirish uchun fidokorona mеhnat qilishyapti.
5. Badiiy uslub
Badiiy asarlar (nazm, nasr va dramatik asarlar) badiiy uslubda bo‘ladi. Badiiy asar kishiga ma'lumot bеrish bilan birga, timsollar (obrazlar) vositasida estеtik ta'sir ham ko‘rsatadi: O‘lkamizda fasllar kеlinchagi bo‘lmish bahor o‘z sеpini yoymoqda. Badiiy uslubda qahramonlar nutqida oddiy nutq so‘zlari, shеva, vulgarizmlardan ham foydalaniladi.
Badiiy asarlar uslubi aralash uslub hisoblanadi. Unda so‘zlashuv uslubiga, kitobiy uslublarga xos o‘rinlar ham uchraydi.
Og‘zaki nutq turlari
Siyosiy-ijtimoiy nutq:
1. Siyosiy-ijtimoiy va siyosiy iqtisodiy mavzudagi nutq.
2. Sessiya, konferenciyadagi nutq.
3. Siyosiy sharh.
4. Harbiy vatanparvarlik nutqi.
5. Miting nutqi.
6. Rasmiy-diplomatik nutq.
7. Ilmiy-ommabop nutq.
2. Akademik nutq:
1. O'quv yurtlari ma'ruzalari.
2. Ilmiy nutq (ma'ruzalar).
3. Ilmiy sharh.
4. Ilmiy axborot.
3. Sud nutqi:
1. Qoralovchi (prokuror) nutqi.
2. Jamoatchi-qoralovchi nutqi.
3. Oqlovchi (advokat) nutqi.
4. Jamoatchi oqlovchi nutqi.
5. O'z-o'zini himoya qilish nutqi.
4. Ijtimoiy-maishiy nutq:
1. Madhiya (yubiley yoki maqtov nutqi).
2. Ta'ziya (motam nutqi).
3. Tabrik nutqi (tost).
5. Diniy nutq:
1. Hutba.
2. Va'z.
Uslubiy xoslangan va uslubiy betaraf so‘zlar
Adabiy tilning ijtimoiy hayotdagi ma’lum soha doirasiga, ma’lum nutqiy vaziyatga xoslangan ko‘rinishi nutq uslubi hisoblanadi. So‘zlar ma’lun nutq uslubiga xoslanish – xoslanmaslik belgisiga ko‘ra uslubiy xoslangan va uslubiy betaraf so‘zlarga bo‘linadi. Ayrim nutq uslubi doirasidagina qo‘llanadigan so‘zlar uslubiy xoslangan so‘zlar, bunday xususiyatga ega bo‘lmagan so‘zlar uslubiy xoslanmagan yoki betaraf so‘zlar deyiladi.
Tovush, urg‘u, bo‘g‘in, undalma, morfema, omonim, sinonim, uslubiyat kabi qator so‘zlar uslubiy xoslangan so‘zlardir. Chunki bu so‘zlar asosan tilshunoslik fani doirasida qo‘llaniladi.
Osmon, xalq, bayram, o‘quvchi, dars, tushlik, salomatlik, odam kabi so‘zlar barcha nutq uslublari doirasida birdek qo‘llanish imkoniga egaligi sababli uslubiy betaraf so‘zlar qatoriga kiradi. Ya’ni, so‘zlashuv uslubida ham, kitobiy uslubda ham ishlatiladigan so‘zlar uslubiy bеtaraf so‘zlar hisoblanadi: suv, tog‘, bola, xat.
Download 35.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling