3-mavzu: Qadimgi turkiy tilning fonetik xususiyatlari Reja
Tili tufayli ozor topgan kishi nima deydi, eshit
Download 493.67 Kb.
|
3-mavzu Qadimgi turkiy tilning fonetik xususiyatlari Reja
- Bu sahifa navigatsiya:
- Q.Mahmudovning
Tili tufayli ozor topgan kishi nima deydi, eshit,
Bu so‘zni ishga solgin, (uni) o‘zingga esh et (QB.161). Ushbu misoldagi iš va eš so‘zlari o‘zaro [i] hamda [e] tovushlari bilan farq qiladi. Qadimgi turkiy matnlardagi ayni an’ana arab imlosida ham davom etgan. Arab yozuvli matnlarda [e] tovushi so‘z boshida alif, ba’zan alifu yo, ikki undosh orasida esa fatha, kasra yoki yo vositasida ifoda etilgan (Maҳмудов 1990, 49–51). Demak, turkiy tillardagi [e] tovushining ildizlari eski bitiglarga bog‘lanadi. Hozirgi o‘zbek tilidagi ochiq, keng [ö] tovushining (adabiy-orfografik Q.Mahmudovning fikricha, hozirgi o‘zbek tilidagi [ö] fonemasi o‘zlashgan so‘zlardagi cho‘ziq [a:], turkiy tillardagi etimologik til orqa [a] hamda etimologik cho‘ziq [ā] tovushlarining kengayishi natijasida hosil bo‘lgan (Maҳмудов 2004,51). Uning paydo bo‘lgan davri to‘g‘risida shunday fikrni aytish o‘rinli. Eski o‘zbek tilida, xususan, “chig‘atoy tukiysi”da arab, fors tillaridan o‘zlashgan so‘zlarda [ā] tovushi amal qilgan. Masalan, vafā, jafā, sadā, sanā. Lekin, sof turkiy so‘zlarga buni tatbiq etib bo‘lmaydi, chunki u davrda turkiy so‘zlardagi [a] unlisi, hozirdagidek, [ö] ga aylanmagan edi. Sof turkiy so‘zlarni qöra, xön, xöqön, oğlön deb emas, qara, xan, xaqan, oğlan shaklida o‘qiymiz. Shuning uchun o‘zlashgan so‘zlardagi [ā] ni mustaqil fonema emas, balki orqa qator, “qattiq” [a] tovushining varianti ([a~ā]) deb qaragan ma’qul. O‘zbek tili tarixida yaratilgan yozma manbalar tilini tadqiq qilish, ularni hozirgi yozuvga o‘girish jarayonida ochiq [ö] masalasi yanada jiddiylashadi. Yozma yodgorliklar, xususan, arab yozuvli manbalarni o‘rgangan mutaxassislar matnlarda so‘z boshida kelgan “alif madda”, so‘z orasida kelgan “alif” harfi [ö] tovushini ifoda etgan, deb sanaydilar. Matnlarni hozirgi yozuvga o‘girganda ham ularni harfi bilan emas, <ö> (adabiy-orfografik Download 493.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling