3-Mavzu: qand, asal, kraxmal va qandolat mahsulotlari tayanch so‘z va iboralar


Download 378.72 Kb.
bet15/16
Sana20.10.2023
Hajmi378.72 Kb.
#1712117
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
3-Mavzu qand, asal, kraxmal va qandolat mahsulotlari tayanch so-fayllar.org

Konfet mahsulotlari. Bunday mahsulotlarga turli konfetlar, iris va drajelar
(yumaloq konfetlar) kiradi. Ular konfet masallig‘idan tayyorlanadi. Karameldan
konsistensiyasining yumshoqligi, yuqori ozuqaviy qiymatga egaligi bilan ajralib
turadi va ko‘pincha mayda kristall tuzilishda bo‘ladi.
Konfetlar qanday masalliqdan tayyorlanishiga, ishlov berilishiga qarab
guruhlanadi. Masalliqning turiga qarab pomadali, mevali, sutli, likyorli, yong‘oqli,
marsipanli, kremli bo‘lishi mumkin. Asosiga ishlov berilishiga ko‘ra sirlangan va
sirlanmagan konfetlarga bo‘linadi. Konfet massasiga shakl berilishiga qarab
qoliplarga quyish, surkash, presslash yo‘llari bilan ishlab chiqarilgan bo‘lishi
mumkin.
Tashqi bezagi bo‘yicha konfetlar etiketka qog‘ozlariga o‘ralgan, o‘ralmagan
(ochiq), bezak berilgan qutichalarga joylangan holda ishlab chiqariladi.
Draje - kichik o‘lchamli, yumaloq shaklli, sirtida bulg‘ama qobig‘i bor konfet.
Drajelar ikki qismdan - asos va bulg‘ama qobiqdan iboratdir. Draje o‘rta asosi turli
konfet, karamel masalliqlaridan tayyorlanadi. Ba’zi draje asosi sifatida yong‘oq


mag‘zi, quruq mevalar, rezavorlar ishlatilishi mumkin. Tashqi bulg‘ama qatlamining


tarkibiga qarab drajelar shakarli, shokoladli bo‘ladi. Drajelarni tayyorlash quyidagi
jarayonlarni o‘z ichiga oladi: asosini tayyorlash, bulg‘ama bilan qoplash, yaltiratish,
qadoqlash va joylash. Drajelarni yaltiratish uchun mum, parafin, o‘simlik yog‘idan
tashkil topgan aralashma ishlatiladi. Bu jarayon ham maxsus barabanlar yoki
gorizontal joylashtirilgan qozonlarda olib boriladi. Yaltiroqlik beruvchi bu qatlam
drajelarni namlikdan saqlab, ularning bir-biri bilan yopishib qolmasligini ta’minlaydi.
Draje asosining qanday masalliqdan tayyorlanganligiga qarab ular qandli, pomadali,
likyorli, yong‘oqli, marsipanli, rezavor mevali bo‘ladi.
Irislar amorf yoki mayda kristalli iris massasidan tayyorlangan sutli
konfetlarning bir turi hisoblanadi. Iris masalliqlari shakar-patoka sharbatiga sut, yog‘,
ta’m va xushbo‘ylantiruvchi moddalar qo‘shib qaynatib-quyultirilib olinadi. Sut
o‘rniga ba’zan oqsilga boy yong‘oq mag‘zi, kunjut, soya, yeryong‘oqlar ham
qo‘shilishi mumkin.
Iris tarkibi, tuzilishi va qaynatish tartibiga qarab karamelsimon (qattiq), yarim
qattiq hamda yumshoq turlarga bo‘linadi.
Holva. Holva qat-qat tolasimon tuzilishga ega bo‘lib, yuqori kaloriyali qandolat
mahsuloti hisoblanadi. Holva tarkibida 45 % gacha qand, 30 % gacha yog‘, 12 %
gacha, oqsil, 1,8 - 2,9 % mineral moddalar va B
1
B
2
, PP vitaminlari bor. Holva
arabcha so‘z bo‘lib shirinlik ma’nosini anglatadi.
Mahsulot olish uchun asosiy xomashyo sifatida qand, patoka, yong‘oq mag‘zi,
kunjut, kungaboqar urug‘i, kаkао tolqoni, xushbo‘ylantiruvchi moddalardan
foydalaniladi. Ko‘pik hosil qilish uchun esa yetmak eritmasi ishlatiladi.


Download 378.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling