3-Mavzu: qand, asal, kraxmal va qandolat mahsulotlari tayanch so‘z va iboralar
Download 0.59 Mb. Pdf ko'rish
|
3-Ma\'ruza (3)
Konfet mahsulotlari. Bunday mahsulotlarga turli konfetlar, iris va drajelar
(yumaloq konfetlar) kiradi. Ular konfet masallig‘idan tayyorlanadi. Karameldan konsistensiyasining yumshoqligi, yuqori ozuqaviy qiymatga egaligi bilan ajralib turadi va ko‘pincha mayda kristall tuzilishda bo‘ladi. Konfetlar qanday masalliqdan tayyorlanishiga, ishlov berilishiga qarab guruhlanadi. Masalliqning turiga qarab pomadali, mevali, sutli, likyorli, yong‘oqli, marsipanli, kremli bo‘lishi mumkin. Asosiga ishlov berilishiga ko‘ra sirlangan va sirlanmagan konfetlarga bo‘linadi. Konfet massasiga shakl berilishiga qarab qoliplarga quyish, surkash, presslash yo‘llari bilan ishlab chiqarilgan bo‘lishi mumkin. Tashqi bezagi bo‘yicha konfetlar etiketka qog‘ozlariga o‘ralgan, o‘ralmagan (ochiq), bezak berilgan qutichalarga joylangan holda ishlab chiqariladi. Draje - kichik o‘lchamli, yumaloq shaklli, sirtida bulg‘ama qobig‘i bor konfet. Drajelar ikki qismdan - asos va bulg‘ama qobiqdan iboratdir. Draje o‘rta asosi turli konfet, karamel masalliqlaridan tayyorlanadi. Ba’zi draje asosi sifatida yong‘oq mag‘zi, quruq mevalar, rezavorlar ishlatilishi mumkin. Tashqi bulg‘ama qatlamining tarkibiga qarab drajelar shakarli, shokoladli bo‘ladi. Drajelarni tayyorlash quyidagi jarayonlarni o‘z ichiga oladi: asosini tayyorlash, bulg‘ama bilan qoplash, yaltiratish, qadoqlash va joylash. Drajelarni yaltiratish uchun mum, parafin, o‘simlik yog‘idan tashkil topgan aralashma ishlatiladi. Bu jarayon ham maxsus barabanlar yoki gorizontal joylashtirilgan qozonlarda olib boriladi. Yaltiroqlik beruvchi bu qatlam drajelarni namlikdan saqlab, ularning bir-biri bilan yopishib qolmasligini ta’minlaydi. Draje asosining qanday masalliqdan tayyorlanganligiga qarab ular qandli, pomadali, likyorli, yong‘oqli, marsipanli, rezavor mevali bo‘ladi. Irislar amorf yoki mayda kristalli iris massasidan tayyorlangan sutli konfetlarning bir turi hisoblanadi. Iris masalliqlari shakar-patoka sharbatiga sut, yog‘, ta’m va xushbo‘ylantiruvchi moddalar qo‘shib qaynatib-quyultirilib olinadi. Sut o‘rniga ba’zan oqsilga boy yong‘oq mag‘zi, kunjut, soya, yeryong‘oqlar ham qo‘shilishi mumkin. Iris tarkibi, tuzilishi va qaynatish tartibiga qarab karamelsimon (qattiq), yarim qattiq hamda yumshoq turlarga bo‘linadi. Holva. Holva qat-qat tolasimon tuzilishga ega bo‘lib, yuqori kaloriyali qandolat mahsuloti hisoblanadi. Holva tarkibida 45 % gacha qand, 30 % gacha yog‘, 12 % gacha, oqsil, 1,8 - 2,9 % mineral moddalar va B 1 B 2 , PP vitaminlari bor. Holva arabcha so‘z bo‘lib shirinlik ma’nosini anglatadi. Mahsulot olish uchun asosiy xomashyo sifatida qand, patoka, yong‘oq mag‘zi, kunjut, kungaboqar urug‘i, kаkао tolqoni, xushbo‘ylantiruvchi moddalardan foydalaniladi. Ko‘pik hosil qilish uchun esa yetmak eritmasi ishlatiladi. Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling