3-Mavzu. Tafakkur jarayoniga psixologik omillar va tafakkurni eksperimental usullar yordamda tadqiq etish. Tafakkur va intellektual qobilyatlar. Reja
Download 40.31 Kb.
|
3-Mavzu. Tafakkur jarayoniga psixologik omillar
Alfred Bine nazariyasi
Intellektni o'lchash tarixida dastlabki qadamni ingliz olimi Frensis Galton tomonidan amalga oshirilgan. Galtoninng fikricha xarakter irsiyat yo'li bilan avlodddan-avlodga o'tar ekan. U bunga bog'liq ravishda aqliy qobiliyatlarni irsiyat yo'li bilan tushuntirmoqchi bo'lgan. Galtonning tadqiqotlari unchalik yaxshi natijalarni ko'rsatmadi va erkak kishilarning natijali ayollarninkiga qaraganda yuqori chiqanini ko'rishimiz mukin. Galtonning tadqiqotlari o'z samarasini bermagan bo'lsa ham biz uni aqliy qobiliyatlarni aniqlagan dastlabki tadqiqotchi sifatada tan olamiz. Intellektni teslar yordamida aniqlash yana bir qadamni fransuz olimi Alfred Bine tomonidan amalga oshirilgan. Unga frantsuz maktablarida yaxshi o'zlantirmayotgan yoki aksincha juda yaxshi o'zlashtirib maxsus talim programmasiga ehtiyoj sezgan bolalarni tadqiq etish topshirilgan. Bunning sababi ularning qobiliyatlaridagi farqlar bo'lishi mumkin deb qaralgan. 1904 yil A.Bine o'z xodimi Tedor Simon bilan birga maktabda o'zlashtirishda malum muammolarga duch keluvchi o'quvchilarni aniqlovchi obektiv testlarni yaratishgan. Bine va Simon aqliy yosh va xronalogik yosh degan hodisani o'rgantishni boshlashgan. Uning aqliy yoshi xronologik yoshiga mos kelishi kerak edi. Agar kimda bu mutanosib kemasa, uni maxsus talim metodi orqali moslashitirish mumkin deb hisoblagan. Bine va Simon Galtondan farqli o'laroq aqliy qobiliyatni muhitga bog'liq deb bilgan. Xulosa o'rnida shuni aytish mumkinki, biz intellekt so'zini talaffuz qilishimiz bilan uni testlar orqali o'lchashni ko'z oldimizga keltiramiz. Lekin mana shu teslar qanchalik haqiqatga yaqin. Biz ularga qay darajada ishonishimiz mukin. Bu ko'rinishdagi testlarning savollari barcha qatlam vakillarining turmush sharitini hisobga olmaganligini kuzatishimiz mumkin. Hattoki, Alfred Bine ham o'zi kashf etkan intellekt testlarini tahlili ustida ishlash kerakligini aytib o'tgan. Sababi, bu teslarning natijasi haqiqatdan uzoq bo'lishini aniqlagan. Bundan tashqari bunday testlar intellektning faqat bir tomonini tadqiq etishga qaratilgan. Emotsional va amaliy intelekti yuqori rivojlangan shaxslarning natijalari bu testlarda yaxshi natija ko'rsatmayotganligi kuzatishgan. Baribir, hozirgi kunda IQ koeffitsenti o'z ahamiyatini zararcha ham yo'qotmagan. Download 40.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling