3-mavzu: tarjimaning leksik-semantik muammolari reja


«Atama» so‘zi barcha nomlarning (joy nomlari) atalishini bildiradi. «Termin»


Download 49.47 Kb.
bet2/8
Sana24.12.2022
Hajmi49.47 Kb.
#1053944
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
3-mavzu (2)

«Atama» so‘zi barcha nomlarning (joy nomlari) atalishini bildiradi. «Termin» esa fan-texnika, kasb-hunarga oid, ya’ni ma’lum bir sohaga tegishli tushunchani ifodalashga xizmat qiladi. Fikrimizcha, bu ikki so‘zni sinonim tarzida parallel qo‘llashdan ko‘ra har ikkisini o‘z o‘rnida qo‘llash ma’qulroq.. Terminlarga munosabat bildirishda til o‘z ichki imkoniyatlari asosida hamda iqtisodiy, ilmiy, madaniy aloqalar tufayli chetdan so‘z o‘zlashtirish hisobiga ham rivojlanishini e’tibordan chetda qoldirmaslik kerak. Barcha terminlarni o‘zbekchalashtirishning iloji yo‘qligini so‘nggi yillardagi behuda urinishlar ko‘rsatdi. Tilga xohlagan so‘zni kiritaverish, yoqmay qolsa, chiqarib tashlab boshqasini tanlash mumkin emas. Bunday harakat adabiy til me’yorlarining shakllanishi va qo‘llanishi qonuniyatiga ziddir.
Terminlarni bir xillashtirishga tilning rivojlanish qonuniyatiga, uning o‘ziga xos talab va ehtiyojiga qarab, ilmiy o‘lchovlarga amal qilgan holda yondashish kerak.
3. Abbreviaturalarning qo‘llanishiga doir
Abbreviaturalar hozirgi kunda keng qo‘llanadigan birlikka aylanib bormoqda. Ular yordamida ijtimoiy va tabiiy, texnik fanlarning terminlari, sanoat sohalarining, qishloq xo‘jaligi, transport va aloqalari, korxonalarning nomlari, davlat muassasalari, o‘quv yurtlari, harbiy soha terminlari va nomlar o‘z ifodasini topmoqda.
Abbreviaturalarning yuzaga kelishi va tarqalishida xalqaro aloqalarning keng yo‘lga qo‘yilishi ham muhim omillardan sanaladi. Hozirgi kunda turli sohalarga doir xususiy qisqartmalarning qo‘llanishi ham ko‘payib bormoqda.
Abbreviaturalarni yuzaga keltiruvchi eng asosiy omillar quyidagilar:
1. Boshqa tillardan tayyor holdagi qisqartmalarni o‘zlashtirish. Masalan: FIFA — (frans. Fédération Internationale de Football Association), NATO, YuNESKO, YuNISEF, EKOSAN, EKOSOS kabi.
2. Kalka usulida va til imkoniyatlari asosida, Masalan: DAN — Davlat avtomobil nazorati, FA — Fanlar akademiyasi, BMT — Birlashgan Millatlar
Tashkiloti, IIBB —Ichki ishlar bosh boshqarmasi, O‘TM — o‘rta ta’lim muassasasi, OTB — Osiyo taraqqiyot banki.
Amalda qo‘llanilib kelayotgan abbreviaturalarni (qisqartmalarni) 2 guruhga ajratish mumkin:
1. Leksik qisqartmalar. 2. Grafik qisqartmalar.
Leksik qisqartmalarga nom-atama birliklari, og‘zaki nutqda qo‘llanuvchi tushuncha anglatuvchi qisqartmalar, alifbodagi harflar asosidagi nomlanishlar kirsa, grafik qisqartmalarga esa tilning yozma shaklidagi turli qisqartmalar kiradi. Shu asosda o‘zbek tilida qo‘llanuvchi abbrreviaturalarni strukturaviy tuzilish jihatdan quyidagicha tasniflash mumkin:

Download 49.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling