3-mavzu: tarjimaning leksik-semantik muammolari reja
Download 49.47 Kb.
|
3-mavzu (2)
birinchi bosqichda - matn so‘zma-so‘z, ya’ni filologik tarzda idrok qilinadi. Bu bosqichda bir qancha tarjima qusurlari ro‘y berishi mumkin: boshqa tildagi bir so‘zni xuddi shunday jaranglaydigan bo‘lak so‘z bilan qorishtirish; yaqin tillarda soxta ekvivalentlar domiga tushib qolish; kontekstni noto‘g‘ri o‘zlashtirish, ayrim xos so‘zlarning ma’nosiga tushunib yetmaslik; muallifning muddaosini anglamaslik;
ikkinchi bosqichda – uslubiy omillarga e’tibor qilinadi. Tekstni to‘g‘ri o‘qigan kitobxon lisoniy ifodaning uslubiy omillarini ham anglaydi, ya’ni kayfiyat, piching yoki fojiaviy ma’no, oxangdorlik yoxud voqeani quruq bayon qilishga moyillik va hokazo. Rosmana kitobxon barcha bu sifatlarni anglab yetishi shart emas, tarjimon esa avtor qanday qilib tegishli natijaga erishayotganini aniqlashi, tadqiq etishi lozim. Tarjima oddiy o‘qishga nisbatan kitobga ancha yuqori talab bilan ongli munosabatda bo‘lishi talab qilinadi; uchinchi bosqich – ayrim til vositalarining uslubiy va ma’no-mazmunini anglashdan tarjimon asarning badiiy yaxlitligini, badiiy voqelik hodisasi, xarakterlar, ularning munosabati, avtorning g‘oyaviy niyatini anglashga o‘tadi. Tekstni anglashning bu yo‘li ancha murakkab va og‘ir – muallif yaratgan badiiy voqelikni to‘laligicha idrok etish uchun tarjimon keng mushohada quvvatiga ega bo‘lmog‘i darkor. Asl nus’hani to‘laligicha qamrab olish, idrok etish uchun, aytaylik, rejissyorga qanday tassavvur quvvati talab etilsa, tarjimonda ham ana shunday tasavvur qobiliyati bo‘lishi zarur. San’atkor-tarjimon bilan noqobil, noshud tarjimon o‘rtasidagi farq shundan iboratki, birinchisi asl nus’ha bilan tarjima masofasi orasida tekst ortidagi xarakterlar, vaziyatlar, g‘oyalarning ma’no-mazmunini chaqadi, ikkinchisi bo‘lsa faqat kitob matnining o‘zinigina ko‘r-ko‘rona qabul qiladi va fakat so‘zlarni o‘giradi, xolos. Tarjima jarayonida ikki holat ro‘y beradi. Birinchidan, tarjima qilish uchun dastavval o‘girilayotgan narsani tushunish, aniqlash va talqin qilish kerak. Bu esa ona tilida ro‘y beradi. Boshqacha aytganda, bunda tarjima unsurlari sodir bo‘ladi. Ikkinchidan, tarjima qilish uchun asar o‘girilayotgan tilda muvofiq ifoda vositalarini topib asosiy sintaktik tuzilmani o‘zgartirish lozim. Asosiy sintaktik tuzilmani til qonun-qoidalari asosida o‘zgartirib, ikkinchi bir tuzilma hosil qilish transformatsiya deyiladi (lot. transformatio –qayta tuzmoq). Tillararo (tarjimaviy) transformatsiyalar uch turdan iborat: leksik transformatsiyalar, grammatik transformatsiyalar, leksik-grammatik (sintaktik) transformatsiyalar. Download 49.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling