3-mavzu: tarjimaning leksik-semantik muammolari reja


Download 49.47 Kb.
bet7/8
Sana24.12.2022
Hajmi49.47 Kb.
#1053944
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
3-mavzu (2)

Leksik transfomatsiyalarga quyidagi tarjimaviy usullar kiradi: transkripsiya, transliteratsiya, kalkalash va leksik-semantik o‘zgartirishlar ( konkretlashtirish, generalizatsiyalash ).
Transkripsiya (lot. transcriptio–ko‘chirib yozuv)-bu o‘zga til so‘zi tarkibidagi tovushni ona tili alifbosi asosida yozish.
Transliteratsiya (lot.trans-orqali + litera-harf) - bu bir til alifbosiga oid matnni boshqa bir til alifbosidan foydalani6, yozuvda aniq aks ettirish. Bunda o‘z tilida talaffuz qilinmaydigan yoki o‘zicha talaffuz qilinadigan tovushning harfi o‘zicha saqlanadi.
Kalkalash – bu o‘zga tilning leksik, frazeologik birliklarining modellari asosida o‘z til unsurlaridan foydalanib, yangi so‘z yoki frazeologik birliklar hosil qilish.
Kalka (fran. salque – kopiya, taqlid) – o‘zga til materialidan qismma-qism nus’ha olish yo‘li bilan hosil qilingan so‘z yoki boshqa bir til birligi. Kalkalar leksik, semantik, frazeologik bo‘lishi mumkin. Leksik kalka – bu o‘zga til lug‘aviy birligidan qismma - qism nus’ha olish yo‘li bilan hosil qilingan so‘z; lug‘aviy kalka. Masalan, “ko‘rsatkich” so‘zi rus tilidagi “ukazatel”, qo‘lyozma so‘zi rus tilidagi “rukopis”, “temir yo‘l” so‘zi rus tilidagi “jeleznaya doroga”, “dunyoqarash” so‘zi rus tilidagi “mirovozzrenie”, “ishchi kuchi” so‘zi rus tilidagi “rabochaya sila” so‘zini kalkalash yo‘li bilan hosil qilingan so‘zlardir. Semantik kalka – bu o‘zga tilga oid so‘z bildiradigan ma’noni o‘zlashtirish natijasida o‘z tildagi so‘zga shu ma’noning berilishi. Masalan, yo‘ldosh so‘zining Yer yo‘ldoshi birikmasidagi ma’nosi, g‘ildirak so‘zining tarix g‘ildiragi birikmasidagi ma’nosi, oqim so‘zining siyosiy oqim birikuvidagi ma’nosi semantik kalka natijasida hosil bo‘lgan ma’nolardir. Frazeologik kalka – bu o‘zga til frazeologik birligidan qismma-qism nus’ha olish yo‘li bilan hosil qilingan frazeologik birlik. Masalan, barmoq orasidan qaramoq frazeologizmi ruscha smotret skvoz palsы frazeologizmini kalkalash natijasida hosil bo‘lgan.

Download 49.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling