3-mavzu: tarjimaning leksik-semantik muammolari reja
Tarjimada transformatsiyaning struktural va leksik-semantik jihatdan shartlanishi
Download 49.47 Kb.
|
3-mavzu (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Tarjimonning maqsadi
- Tatabbu, nazira
4.4.Tarjimada transformatsiyaning struktural va leksik-semantik jihatdan shartlanishi
Tarjima qilinayotgan tekst yoki nutqning qandayligidan qat’iy nazar, bir tildan boshqasiga o‘girilayotgan har qanday ish, ya’ni har qanday tarjima uchun umumiy bo‘lgan ikki holat bor: 1. Tarjimonning maqsadi – asl nus’ha tilini bilmagan kitobxon (yoki tinglovchi)ni o‘sha asar teksti (yoki og‘zaki nutq mazmuni) bilan iloji boricha to‘la, mukammal tanishtirish. 2. Tarjima qilish – muayyan til vositalari bilan bir karra ifoda etilgan narsani boshqa til bilan aniq va to‘la ifodalash demakdir. Tarjima - qayta ishlash, qayta hikoya qilib berish, qisqartirib bayon etish, nazira, tatabbu’, taqlid, har xil «adaptatsiya»lardan o‘zining xuddi ana shu aniqligi va to‘laligi bilan farq qiladi. Adaptatsiya – soddalashtirish; qiyin tekstlarni soddalashtirib berish demakdir. Bu so‘zga “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da quyidagicha ta’rif beriladi: “Adaptatsiya” – chet tillarni o‘rganuvchilar uchun asar tekstini soddalashtirib berish va shu tariqa soddalashtirilgan tekst. Nazira –Sharq adabiyotidagi an’anaviy uslublardan biri; o‘tgan yoki zamondosh adib asariga o‘xshatma tariqasida yozilgan asar. Nazirani klassik shoirlar tatabbu’ deb ham yuritishgan. Navoiy o‘z “Xamsa”sini Nizomiy “Panj ganji”ga tatabbu’ deb ataydi. Iste’dodli nazirago‘y adiblar ma’lum bir asarga ijodiy yondoshib, shu asar mavzuini boyitish va rivojlantirish, yangi problema va g‘oyaviy motivlarni ko‘tarish, yangi obraz va xarakterlar yaratishni maqsad qilgan. Tatabbu, nazira (arabcha taqlid qilib o‘rganish) – o‘tmish yoki zamondosh yozuvchi asariga o‘xshatma javob tariqasida yozilgan original asar. Tatabbu bog‘lash turkiy va forsiy adabiyotlar tarixida qadimiy an’anaga ega bo‘lgan. O‘zbek adabiyoti tarixida Xo‘jandiyning “Latofatnoma” (14-asr oxiri), Amiriyning “Daxnoma”, Said Ahmad ibn Mironshohning “Taashshuqnoma” (15-asr) asarlari Xorazmiyning “Muhabbatnoma” siga tatabbu sifatida maydonga kelgan. Tatabbu bog‘lashning yetuk namunasi Navoiyning hamsanavislik faoliyatida namoyon bo‘ldi. Taqlid (arabcha ko‘chirish, nusxa olish, o‘xshatish, an’ana) (adabiyot tarixida) – o‘tmish feodal-saroy adabiyotida g‘oyaviy qashshoqlik va shaklbozlikning asosiy ko‘rinishi. Payravchilik, payrav adabiyoti deb ham yuritiladi. Saroy taqlidchi shoirlari o‘z salaflarining yoki, ko‘pincha, mansabdor martabali shoirlarning she’riyatiga ergashib, mazmun va badiiy tasvir vositalarini aynan takrorlab ijod etganlar. Saroy adabiyotiga xos taqlidchilik 19-asrning 1-yarmida Qo‘qon xoni Amir Umarxon (Amiriy) saroyida, Xorazm xoni Muhammad Rahim II (Firuz) saroyida avj oldi. Asarni o‘z tiliga o‘girish maqsadida qo‘lga olgan tarjimonning asl nus’hani anglashi uch bosqichda sodir bo‘ladi: Download 49.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling