3-mavzu: tarjimaning leksik-semantik muammolari reja


Download 49.47 Kb.
bet8/8
Sana24.12.2022
Hajmi49.47 Kb.
#1053944
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
3-mavzu (2)

Generalizatsiya — bu tarjima qilinayotgan birlikning ma’nosi tarjimada kengroq berilishi. Tarjima jarayonida ma’lum bir ma’noga mos keladigan ma’noni topish.
Grammatik transformatsiyalar-bu tarjimada tarjima qilinayotgan tilning normalariga mos tushgan holda gapning strukturasini o‘zgartirish. Grammatik transformatsiyalarga quyidagi tarjimaviy usullar kiradi: so‘zma-so‘z tarjima, gaplarning bo‘linishi, gaplarning qo‘shilishi, grammatik o‘zgartirishlar (so‘z tartibini o‘zgartirish, so‘z turkumlarini almashtirish).
Additsiya -sodda gap tarkibining uyushiq bo‘laklar bilan kengaytirilishi.
Ad’yunksiya — sintaktik birlik tarkibiga shu tarkib mazmuniga muvofiq keladigan yangi so‘zning kiritilishi.
Nomlashish - predikativ sintagmaning nomlovchi sintagmaning nomlovchi sintagmaga aylantirilishi.
Permutatsiya – gap bo‘laklarining bir xil sintaktik tuzilishda o‘rin almashtirishi.
Substitutsiya - sintaktik tuzilma tarkibidagi bir so‘zni boshqa so‘z bilan almashtirish.
Leksik-grammatik transformatsiyalarga quyidagi tarjimaviy usullar kiradi: antonimik tarjima, eksplikatsiya (tasviriy tarjima ), kompensatsiya.
Antonimik tarjima - bu asliyatdagi ma’noni qandaydir qarama -qarshi ma’noga ega bo‘lgan tushuncha bilan almashtirish hamda tarjimada ifodani ma’no mohiyatiga putur yetkazmay ifodalash.
Tasviriy tarjima – bu ma’noni tasvirlash yo‘li bilan ochib berish. Kompensatsiya (yo‘qotganni to‘ldirish) – bu asliyatdagi tarjima qilib bo‘lmaydigan elementni asliyatdagi g‘oyaviy-badiiy xarakterga mos ravishda elementlar bilan almashtirishdir.
Xulosa
Tarjimaning leksik muammolarini o‘rganishning muhim jihati bo‘lajak tarjimonlarni puxta tayyorlash, yuzaga keladigan qiyinchiliklarni bartaraf etish yo‘llarini bilish, ko‘nikmalarini ishlab chiqishdan iborat.
Tarjima jarayonida vujudga keladigan leksik muammolar, ularning to‘liq, qisman va umuman mos kelmaslik darajalarini o‘rganib chiqish, to‘liq leksik muvofiqsizlikda qo‘llaniladigan metodlarni to‘g‘ri qo‘llay bilish tarjima sifatining oshishiga ko‘maklashadi. Bu borada muqobilsiz leksika, ya’ni xosso‘zlar tarjimasi masalasini chuqur o‘rganish maqsadga muvofiq.
Munozara uchun savollar:
1. Tarjima jarayonida paydo bo’ladigan umumiy muammolar haqida so’zlab bering.
2. Tarjima jarayonida qanday leksik muammolar kuzatiladi?
3. Nima sababdan asliyat va tarjima tillari orasida leksik muammolar paydo bo’lishini izohlang.
4. Leksik transformatsiyaning turlari deganda nimani tushunasiz?
5. Qaysi tarjima turlarida leksik muammo ko’p uchraydi?
6. Tarjimada mavjud bo’lgan leksik muammolar qanday hal etiladi?
Download 49.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling