3-mavzu. Tergov harakatlarini o‘tkazishda rasmiylashtiriladigan protsessual hujjatlar


Ekspertiza tekshiruvi uchun namunalar olish tergov harakati bo‘yicha tuziladigan protsessual hujjatlar


Download 203.16 Kb.
bet14/15
Sana26.03.2023
Hajmi203.16 Kb.
#1297985
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
3-mavzu. Tergov harakatlarini o‘tkazishda rasmiylashtiriladigan

Ekspertiza tekshiruvi uchun namunalar olish tergov harakati bo‘yicha tuziladigan protsessual hujjatlar.



Surishtiruvchi, tergovchi yoki sud tirik odamning, murdaning, xayvonning, o`simlikning, buyumning, materialning yoki moddaning xususiyatlarini o`zida aks ettiruvchi namunalar olishga, basharti ularning ekspert tekshiruvi ekspert oldiga qo`yilgan savollarni xal qilish uchun zarur bo`lsa. haqlidir.
Tirik odamdan o`zida uning xususiyaltarini aks ettiruvchi: biologik- qon, soch, so`lak, inson organizmidan ajralib chiqadigan moddalar: psixofizik-dastxat, anatomik-teri naqshining chiziqlari, tish qoliplari, shuningdek ovozning xususiyatlari, kasb malakasini aks ettiruvchi namunalar olinish mumkin. Murdani ko`zdan kechirishda ham tekshiruv o`tkazish uchun kerakli moddiy namunalar olinishi mumkin.
Namuna tariqasida xom-ashyo, maxsulot va boshqa materiallardan moddaning turiga oid yoki o`ziga xos fizik yohud kimyoviy xossalarini aks ettiruvchi namunalar olinishi mumkin.
Tekshiruv o`tkazish jarayonida ekspert gilza, o`q, buzish asboblari va boshqa ob’ektlarning tajriba namunalarini tayyorlashga va ularni eksperimental izlariga qarab, o`xshashlik yoki farqlanish masalasini xal etishga haqlidir. (JPK 188-m.).
Namuna olish to`grisida surishtiruvchi, tergovchi – qaror, sud esa - ajrim chiqaradi.
Unda: - namuna oladigan shaxs yoki organ;

  • namuna olinishi kerak bo`lgan shaxs, aynan qanday namuna va qancha miqdorda olinishi lozimligi;

  • namuna olinadigan shaxs qachon va kimning xuzuriga kelishi zarurligi;

  • olingan namunaning qachon va kimga taqdim qilinishi kerakligi ko`rsatiladi (JPK 191-m.).

Qonunda namuna olishda muayyan majburlov chegarasi belgilangan. Xususan, o`zidan namuna olinishi uchun kelishdan bosh tortayotgan gumon qilinuvchilar, ayblanuvchilar, sudlanuvchilar, jabrlanuvchilar majburiy keltirilishi mumkin, bunda, basharti qo`llaniladigan usullar ogriq bermaydigan hamda inson xayoti va salomatligi uchun xavfsiz bo`lsa, ulardan majburlov yo`li bilan namunalar olinadi.
O`zga shaxslardan namunalar faqat hodisa sodir bo`lgan joyda yoki ashyoviy dalillarda izlarni aynan ular qoldirgan bo`lishi mumkinligi to`grisida etarlicha asoslar bo`lgan taqdirda, hamda tanosil kasalligi va boshqa yuqumli kasalliklarni aniqlash bilan bogliq bo`lgan hollarda majburlov yo`li bilan olinishi mumkin (JPK 192-m.).
Namunalar olish tartibi qo`yidagicha: surishtiruvchi yoki tergovchi namuna olnishi kerak bo`lgan shaxsni chaqirtiradi yoki u turgan joyga borib, uni namuna olish to`grsidagi qaror yoki sudning o`ziga kelib tushgan ajrimi bilan tanishtirib tilxat oladi va bu shaxsga, mutaxassisga, holislarga ularning huquq va majburiyatlarini tushuntiradi, agar kimdir rad etilgan bo`lsa, bu masalani xal qiladi. Keyin surishtiruvchi yoki tergovchi kerakli harakatlarni bajaradi va ekspert tekshiruvi uchun namunalar oladi. Bunda ogriq bermaydigan hamda inson xayoti va salomatligi uchun xavfli bo`lmagan ilmiy-texnikaviy vositalar qo`llanilishi mumkin.
Murdadan, xom-ashyolardan, maxsulotlardan, boshqa materiallardan namunalar olish eksgumatsiya qilish, olib qo`yish yoki tintuv o`tkazish yo`li bilan amalga oshiriladi.
Olingan namunalar o`raladi va muhrlanadi. Keyin surishtiruvchi yoki tergovchi ularni namuna olish bayonnomasi bilan birga tegishli ekspertga yuboradi. Agar namuna olish sudning ajrimiga binoan amalga oshirilgan bo`lsa, ushbu ajrimni bajargan surishtiruvchi yoki tergovchi namunalarni ularni olish to`grisidagi bayonnoma bilan birga sudga yuboradi. Sud taraflar ishtirokida namunalarni ko`zdan kechirib, ularning xaqiqiyligiga va to`la saqlanganligiga ishonch xosil qilganidan keyin olingan namunani ajrim va bayonnoma bilan birga tegishli ekspertga yuboradi (JPK 193-m.).
Namunalarni surishtiruvchi, tergovchining qarori yoki sudning ajrimi bo`yicha shifokor, ekspert yoki boshqa mutaxassis olishi mumkin (JPK 194-195-m.). Biroq har qanday holda ham ekspert tekshiruvi uchun namunalar olishda qo`llaniladigan usullar va ilmiy-texnikaviy vositalar inson xayoti va salomatligi uchun xavfsiz bo`lishi lozim. Kuchli ogriq beradigan murakkab tibbiy tadbirlar va usullarni qo`llash namuna olnishi lozim bo`lgan shaxsning roziligi bilan, basharti u 16 yoshga to`lmagan yoki ruxiy kasal bo`lsa, uning qonuniy vakili, vasiylari yoki xomiylarining roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.
Namuna olish namuna olinuvchini echintirib yalangochlash bilan bogliq bo`lsa, shifokor, boshqa mutaxassis, holislar namuna olinuvchi shaxs bilan bir jinsda bo`lishlari lozim (JPK 196-m.).
Ekspert tekshiruvi uchun namunalar olinganligi to`grisida surishtiruvchi yoki tergovchi bayonnoma tuzadi, sud esa o`ziga kelgan namunalarni sud majlisi bayonnomasida aks ettiradi (JPK 197-m.).


16. Narsalar va hujjatlarni taqdim qilish tergov harakati bo‘yicha tuziladigan protsessual hujjatlar.


Fuqarolar, shuningdek korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning raxbarlari va boshqa mansabdor shaxslari o`z fikrlariga ko`ra ish uchun ahamiyatga molik bo`lgan narsalarni surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sudga taqdim qilishlari mumkin. Surishtiruvchi, tergovchi yoki sud, taqdim qilingan narsa yoki xujjatni uni uchun ahamiyatli deb topsa yoki kelgusida ahamiyati bo`lishi mumkin deb hisoblasa, ularni barcha ko`zdan kechirish qoidalariga asosan qabul qilishlari shart. Shuningdek ushbu ish uchun ahamiyatli bo`lmagan, lekin muomaladan chiqarilgan narsalar (qurollar, giyoxvandlik vositalari, pornografiya nashrlari va boshqalar) ham qabul qilib olinadi.
Ish uchun ahamiyatli bo`lmagan va muomaladan chiqarilmagan narsalar taqdim qilingan hollarda ular ko`zdan kechirib bo`linganidan keyin darhol egalariga qaytarib beriladi (JPK 198-m.).
Qonun surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sudga tintuv yoki olib qo`yish o`tkazmasdan turib, korxona,muassasa, tashkilot raxbaridan, shuningdek fuqarodan tergov va sud harakatlarini yuritish chogida vaqtincha foydalanish uchun zarur bo`lgan narsalarni taqdim etishlarini talab qilishga ruxsat etadi. Bunday narsalar va xujjatlar jumlasiga qo`yidagilar kiradi:
1) eksperiment o`tkazishda tekshirilayotgan hodisaning holatini va sharoitini qayta tiklash uchun foydalaniladigan o`xshash narsalar yoki maketlar;
2) tanib olish uchun ko`rsatilayotgan narsa bilan turdosh bo`lgan narsalar;
3) tergov yoki sud harakatlarini yuritish yohud ekspert tekshiruvini o`tkazish uchun zarur bo`lgan moslamalar, asbob-uskunalar, anjomlar, materiallar, agar bunday narsalar surishtiruvchi, tergovchi yoki sudda yohud ularning topshirigi bo`yicha harakat qilayotgan mutaxassis, ekspert yoki ekspertiza muassasasida bo`lmasa, zarurat qolmagach, bu narsalar egasiga qaytarilishi lozim (JPK 199-m.);
4) korxonalar, muassasalar, tashkilotlar ma’muriyatining ixtiyoridagi yoki ularda mavjud bo`lgan ma’lumotlar asosida maxsus tuzilgan xujjatlar.
Bundan tashqari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning ma’muriyati surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sudning talabiga ko`ra o`z vakolatlari doirasida xujjatli taftish yoki boshqa xizmat tekshiruvlarini o`tkazishlari va taftish yoki tekshiruv dalolatnomasini barcha ilovalari bilan birga belgilangan muddatda taqdim qilishlari shart.
Surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud taftish yoki tekshiruv dalatatnomasida yohud boshqa xujjatda belgilangan qoidalardan chekinishga, nuqson, ziddiyat yoki boshqa kamchiliklarga yo`l qo`yilganligini aniqlaganda ushbu kamchiliklar bartaraf etilishini talab qilishga haqlidir (JPK 201-m.).
Tabiyki, ashyoviy dalillar sifatida ahamiyatga ega bo`lishi mumkin bo`lgan narsa va xujjatlar taqdim qilinganligi to`grisida surishtiruv yoki dastlabki tergov davrida bayonnoma tuziladi. Sud esa sud majlisining bayonnomasiga yozib qo`yadi.
Bayonnomada: - narsa yoki xujjatni taqdim etgan shaxs to`grisidagi ma’lumotlar;
- bu shaxsning narsa yoki xujjatni ishga qo`shib qo`yish to`grisidagi iltimosnomasi;
- narsa yoki xujjatni ko`zdan kechirish jarayoni va natijalari, agar u pochta orqali yuborilgan bo`lsa, uning o`ramasini ko`zdan kechirish natijalari;
- narsa yoki xujjatning surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sudga xaqiqatan ham topshirilgani yohud narsa yoki xujjat uni keltirgan shaxsga qaytarib berilgani ko`rsatiladi.
Ashyoviy dalil sifatida ahamiyatli yoki ahamiyatga ega bo`lishi mumkin bo`lgan narsa yoki xujjatni taqdim etgan shaxsga bayonnomadan nusxa sud majlisi bayonnomasidan ko`chirma beriladi.
Qabul qilib olnigan narsa yoki xujjat pochta orqali kelgan bo`lsa, bayonnomaning nusxasi yoki undan olingan ko`chirma narsani yoki xujjatni yuborgan shaxsga jo`natiladi, pochta pattasi bayonnomaga ilova qilinadi. Pochta orqali olingan narsa yoki xujjat ishga aloqador emas deb topilib, uni yuboruvchiga pochta orqali qaytarilgan taqdirda ham pochta pattasi bayonnomaga qo`shib qo`yiladi.
Taqdim etilgan narsa yoki xujjatni ashyoviy dalil sifatida jinoyat ishiga qo`shib qo`yish haqidagi iltimosni rad qilish to`grisida surishtiruvchi, tergovchi, prokuror qaror, sud esa ajrim chiqaradi. Taftishlar va boshqa xizmat tekshiruvlarining dalolatnomalari ashyoviy dalil sifatida taqdim qilingan boshqa xujjatlar qatori ishga maxsus rasmiylashtirilmasdan qo`shib qo`yiladi.
Tergov yoki sud harakatlarini yuritishda vaqtincha foydalanish uchun so`ralgan narsalarning qabul qilingani va qaytarib berilgani surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud majlisida raislik qiluvchi yohud sud majlisining kotibi, shuningdek narsalar uning egasi tomonidan beriladigan tilxatlar bilan rasmiylashtiriladi. Taqdim qilingan narsalar ish uchun ahamiyatga ega bo`lishi mumkin bo`lsa, ularning belgilari, xossalari, texnikaviy tavsifi, basharti ular yuritilayotgan tergov davomida ishlatilgan bo`lsa, shu tergov harakati bayonnomasida yoki sud majlisi bayonnomasida aks ettiriladi (JPK 202-m.).



Download 203.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling