Yuzlashtirish bayonnomasini rasmiylashtirish.
Ilgari so`roq qilingan ikki shaxs ko`rsatuvlari o`rtasida jiddiy qarama-qarshiliklar bo`lganda bu qarama-qarshiliklarning sababini aniqlash uchun o`tkaziladigan Yuzlashtirish aslida so`roq qilishning turlaridan biridir. Unda gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi, jabrlanuvchi va guvoh so`roq qilinishlari mumkin.
Yuzlashtirish o`tkazish chogida so`roq qilishning umumiy qoidalariga rioya etiladi. Yuzlashtirish o`tkazishning tartibi qo`yidagicha: so`roq qilish oldidan surishtiruvchi, tergovchi har bir so`roq qilinuvchidan navbati bilan ularniig o`zaro tanishligi yoki tanish emasligini, o`zaro munosabatlari qanday ekanligini so`raydi va javoblarini tinglaydi. Shundan so`ng har bir so`roq qilinuvchiga navbat bilan qarama-qarshilik kelib chiqqan holatlar to`grisidagi savollarga javob berish taklif qilinadi. Basharti bunday qarama-qarshilik bir nechta masalaga yoki bir nechta holatga taalluqli bo`lsa, yuzlashtirish har ikki so`roq qilinuvchi bir masala yoki bir holat bo`yicha ko`rsatuv bergach, ularga keyingi masala yoki keyingi holat to`grisidagi savollar berilishi mumkin.
Yuzlashtirish chogida so`roq qilinayotgan shaxs surishtiruvchi, tergovchi ruxsati bilangina boshqa so`roq qilniuvchiga savol berishi mumkin. Surishtiruvchi, yoki tergovchi ish uchun jiddiy ahamiyatga ega bo`lmagan yoki yuzlashtirishda aniqlashtirilayotgan qarama-qarshilikka taalluqli bo`lmagan savollarni chetlotishga haqlidir (JPK 123-m.).
Qonunda yuzlashtirish chogida ilgarigi ko`rsatuvlarni o`qib eshittirishga yo`l qo`yiladi. Yuzlashtirish chogida so`roq bayonnomasi yoki so`roq qilinayotgan shaxslar avvalgi so`roqlarda bergan ko`rsatuvlarning fonogrammalari shu shaxslar yuzlashtiritib, ularning ko`rsatuvlari bayonnomaga kiritilganidan keyingina o`qib berilishi yoki eshittirilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |