3-mavzu. Tergov harakatlarini o‘tkazishda rasmiylashtiriladigan protsessual hujjatlar


Ko‘zdan kechirish bayonnomasini rasmiylashtirish


Download 203.16 Kb.
bet3/15
Sana26.03.2023
Hajmi203.16 Kb.
#1297985
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
3-mavzu. Tergov harakatlarini o‘tkazishda rasmiylashtiriladigan

2. Ko‘zdan kechirish bayonnomasini rasmiylashtirish.


Ko`zdan kechirsh- jinoyat izlari, ashyoviy dalilarni topish, hodisa sodir bo`lgan vaziyatni va ish uchun ahamiyatli bo`lgan boshqa holatlarni aniqlashtirish maqsadida amalga oshiriladi. Hodisa sodir bo`lgan joyni ko`zdan kechirish jinoyat ishi qo`zgatilgunga qadar o`tkazilishi mumkin bo`lgan tergov harakatlariga kiradi. Tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi, surishtiruvchi, tergovchi yoki sud hodisa sodir bo`lgan joyni, murdani, xayvonlarni, tevarak-atrofni, binolarni, narcalar va xujjatlarni ko`zdan kechiradi.
Narsalarni olib qo`yish va tintuv o`tkazish chogida topilgan narsa va xujjatlar shu tergov harakatlarini o`tkazish uchun belgilangan qoidalarga rioya qilgan holda ko`zdan kechiriladi (JPK 135-m.).
Tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv yoki dastlabki tergov bosqichida ko`zdan kechirish holislar ishtirokida o`tkaziladi. Agar sud majlisini o`tkazish vaqtida ko`zdan kechirishga zarurat tugilsa, sud bu haqda ajrim chiqaradi, va ko`zdan kechirishni taraflar ishtirokida o`tgkazadi.
Zarur hollarda tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi, surishtiruvchi, tergovchi yoki sud ko`zdan kechirish chogida o`lchov uskunalari, fotosuraratga, kinotasvirga, videoyozuvga tushiradi, rejalar, sxemalar, chizmalar tuzadi, izlardan qoliplar va nusxalar oladi. Bu ishlarni bajarishga yordam berish uchun ko`zdan kechirishga mutaxassislar jalb qilnishi mumkin.
Ko`zdan kechirish chogida topilgan va olib qo`yilgan barcha narsalar holislarga, taraflarga va ko`zdan kechirishning boshqa ishtrokchilariga ko`rsatilishi lozim. Ko‘zdan kechirishda ishtirok egayotgan shaxslar surishtiruvchi, tergovchi va sudning e’tiborini o‘zlarining fikricha ish holatlarini oydinlashtirishga yordam berishi mumkin bo‘lgan barcha hollarga qaratishga haqlidirlar (JPK 136-m.).
Hodisa sodir bo`lgan joyni ko`zdan kechirish uchun aynan ana shu joyda jinoyat sodir etilganligi yoki uniing izlari borligidan dalolat beruvchi ma’lumotlar bo`lishi kerak.
Agar hodisa sodir bo`lgan joy jinoyat ishi qo`zgatilishidan oldin ko`zdan kechirilayotgan bo`lsa (kechiqtirib bo`lmaydigan hollarda), ko`zdan kechirish o`tkazilganidan so`ng kechi bilan 72 soatda, alohida hollarda esa 10 kun ichida jinoyat ishini qo`zgatish haqida yoki qo`zgatisni rad etgan to`grisida qaror qabul qilinishi lozim.
Katta maydonlarni va binolarni ko`zdan kechirish bir necha surishtiruvchi yoki tergovchi tomonidan amalga oshirilishi mumkin, bunda ularning har biri kamida ikki nafar holis ishtirokida ko`zdan kechirishi lozim.
Hodisa sodir bo`lgan joydan olingan narsalar, xujjatlar va izlar o`raladi va muhrlanadi.Katta xajmdagi narsalar olinmaydi va muhrlanmaydi, lekin surishtiruvchi yoki tergovchi ularni saqlash choralarini ko`rishi lozim (JPK 137-m.).
Murdani ko`zdan kechirish ayrim o`ziga xos jixatlarga ega. Murdaning tashqi ko`rinishini surishtiruvchi yoki tergovchi u topilgan joyda holislar va sud-tibbiyot sohasidagi mutaxassis shifokor ishtirokida ko`zdan kechiradi. Bunday mutaxassis shifokor ishtirok etishiga imkoniyat bo`lmagan taqdirda, boshqa shifokor ishtirok etadi. Zarur hollarda murdani ko`zdan kechirish uchun boshqa mutaxassislar, shuningdek ekspertlar jalb qilinadi.
Murda topilgan joyda uni tanib olish uchun ko`rsatishdan oldin uni topgan shaxslarni so`roq qilish harakati o`tgkaziladi. U bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi. Tanib olinmagan murdalarning barmoq izlari olinishi shart. Murdadan tekshirish uchun zarur bo`lgan boshqa xil namunalar ham olinishi mumkin.
Tanib olinmagan murda faqat prokuror ruxsati bilangina ko`miladi (JPK 138-m.).
Tevarak-atrof va binolar qo`yidagi qoidalarga rioya qilgan holda ko`zdan kechiriladi: fuqaroning uyi yoki xizmat joyini ko`zdan kechirish zarurati bo`lsa, tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi, surishtiruvchi yoki tergovchi bu haqda qaror, sud esa ajrim chiqaradi. Turar joyi ko`zdan kechirilayotgan shaxs yoki tegishli korxona, muassasa, tashkilotning vakili chiqarilgan qaror yoki ajrim bilan tanishtirilib, bu haqda imzo chektiriladi.
Ko‘zdan kechirish korxonada, muassasada, tashkilotda o‘tkazilsa - ma’muriyat vaqilining, harbiy qismda, shtabda va muassasada o‘tkazilsa - qo‘mondonlik vaqilining, zarur hollarda esa, moddiy javobgar shaxsning qatnashishi shart (JPK 139-m.).
Davlat sirlariga ega bo`lgan narsalar va xujjatlarni faqat maxsus ruxsatga ega bo`lgan surishtiruvchi, tergovchi yoki sudya xuddi shunday ruxsatga ega bo`lgan holislar ishtirokida ko`zdan kechiradi.
Tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi, surishtiruvchi, tergovchi va sud narsa va xujjatlarni ular topilgan joyda, basharti ko`zdan kechirish ko`p vaqtni yoki qo`shimcha texnik vositalar talab qilsa, keyinchalik surishtiruv, dastlabki tergov yoki sud muhokamasi o`tkazilayotgan joyda ko`zdan kechiradilar.
Ko`zdan kechirilayotgan narsa yoki xujjatlarning yo`qolishiga yohud shikastlanishiga olib kelmasa, texnik vositalardan foydalangan holda o`tkazilishi mumkin (JPK 140-m.).
Ushbu tergov harakati bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi. Sud esa ko`zdan kechirish jarayonini va uning natijalarini sud majlnsi bayonnomasida qayd egadi. Bayonnomada ko`zdan kechirish davomida topilgan barcha narsalar, ular qanday tartibda ko`zdan kechirilgan bo`lsa, xuddi shu tartibda, ko`zdan kechirish paytida qanday holatda ko`zatilgan bo`lsa, xuddi shu holatda qayd etiladi. Ko`zdan kechirish chogida topilgan va olingan barcha izlar, narsalar va xujjatlar sanab o`tiladi. Olingan buyumning egasiga tegishli ma’lumotnoma yoki bayonnomaning nusxasi beriladi.
Bundan tashqari, bayonnomada:
- ko`zdan kechirish qaysi vaqtda, qanday ob-xavoda va qanday yoruglikda o`tkazilganligi;
- qanday ilmiy-texnikaviy vositalar qo`llanilganligi va qanday natijalar aniqlanganligi;
- ko`zdan kechirishda ko`maklashishi uchun kimlar jalb qilinganligi va ko`maklashish nimada o`z aksini topganligi, qanday narsalar va xujjatlar qay tartibda va qanday muhr bilan muhrlanganligi;
- ko`zdan kechirilganidan keyin murda va ish uchun ahamiyatli bo`lgan narsalarning qaerga yuborilganligi ko`rsatiladi (JPK 141- m.)



Download 203.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling