3-mavzu. Tergov harakatlarini o‘tkazishda rasmiylashtiriladigan protsessual hujjatlar
Guvoh va jabrlanuvchini so‘roq qilish bayonnomalarini rasmiylashtirish
Download 203.16 Kb.
|
3-mavzu. Tergov harakatlarini o‘tkazishda rasmiylashtiriladigan
5. Guvoh va jabrlanuvchini so‘roq qilish bayonnomalarini rasmiylashtirish.
Guvoh va jabrlanuvchi umumiy qoidalar bo`yicha so`roq qilinadi. So`roqa o`z advokati bilan xozir bo`lgan guvohni yoki jabrlanuvchini so`roq qilish advokat ishtirokida amalga oshiriladi. So`roq tugaganidan so`ng advokat guvohning yoki jabrlanuvchining huquqlari hamda qonuniy manfaatlari buzilganligi to`grisidagi, so`roq bayonnomasiga kiritilishi lozim bo`lgan arzlarini bayon etishga haqli. Guvoh va jabrlanuvchi tariqasida: - hukm va ajrim chiqarish jarayonida kelib chiqqan masalalarni maslahatxonada muhokama qilishga oid holatlar to`grisida - sudyani va xalq maslahatchisini; - jinoyat ishi yuzasidan o`z vazifalarini bajarishlari natijasida o`zlariga ma’lum bo`lgan holatlar to`grisida – himoyachini, shuningdek jabrlanuvchining, fuqaroviy da’vogarning, fuqaroviy javobgarning vaqilini; - ruhiy yoki jismoniy nuqsoni sababli ish uchun ahamiyatli bo`lgan holatni to`gri idrok etish va bu haqda ko`rsatuv bera olish layoqatiga ega bo`lmagan shaxsni so`roq qilish mumkin emas (JPK 115-m.). Gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining yaqin qarindoshlari gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga taalluqli holatlar haqida guvoh yoki jabrlanuvchi tariqasida faqat o`zlarining roziliklari bilan so`roq qilinishlari mumkin (JPK 116-m.). Guvoh yoki jabrlanuvchining shaxsi aniqlanganidan va unga protsessual huquq, hamda majburiyatlari tushuntirilganidan keyin u ko`rsatuv berishdan bosh tortganlik va bila turib yolgon ko`rsatuv berganlik uchun jinoiy javobgarlik to`grisida ogohlantirilib, bu haqda so`roq bayonnomasi yoki sud majlisi bayonnomasiga yozib qo`yiladi. Gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining yaqin qarindoshlari ko`rsatma berishdan bosh tortganlik uchun javobgarlik to`grisida ogohlantirilmaydilar (JPK 117-m.). Ammo surishtiruvchi, tergovchi yoki sud aniqlayotgan holatlar o`zida davlat sirlarini yoki kasb sirini yohud gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi yohud boshqa shaxslar xayotining sir tutiladigan tomonlarini aks ettirilganligini bahona qilib, guvoh va jabrlanuvchi ko`rsatma berishdan bosh tortishga haqli emas. Aniqlanishi lozim bo`lgan holatlar o`zida davlat sirini yoki kasb sirini aks ettiradi yohud shaxslar xayotining sir tutiladigan tomonlariga tegishli deb hisoblash uchun asos bo`lganda, surishtiruvchi, tergovchi va sud guvoh yoki jabrlanuvchini so`roq qilish chogida bu holatlarning oshkor etilishiga yo`l qo`ymaslik chora- tadbirlarini ko`rishi shart (JPK 118-m.). Gumon qilinuvchi va ayblanuvchining ko`rsatuvlari bir qator hollarda jinoyat ishi uchun katta ahamiyatga ega bo`ladi. Guvoh yoki jabrlanuvchi protsessual majburiyatlarni bo`zganlik uchun javobgarlik to`grisida ogohlantirilganidan keyin jabrlanuvchi, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi, fuqaroviy da’vogar, fuqaroviy javobgar bilan o`zaro munosabatlari, guvoh esa, shuningdek jabrlanuvchi bilan o`zaro munosabatlari to`grisidagi savollarga javob beradi. Shundan so`ng so`roq qiluvchining taklifiga ko`ra guvoh yoki jabrlanuvchi ish bo`yicha o`zlari bilgan barcha ma’lumotlarni aytib beradilar. Ular ish uchun ahamiyatli bo`lgan yoki ahamiyatli bo`lishi mumkin bo`lgan har qanday holat to`grisida, shu jumladan gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining va protsess boshqa ishgirokchilarining shaxsi haqida ham ko`rsatuvlar berishlari mumkin (JPK 118-m). Tergov olib borilayotgan joyda guvoh yoki jabrlanuvchi ko`rsatuv berishga xohish bildirsa, ular qoida tariqasida usha kunning o`zida yoki keyingi kundan kechiqtarmay so`roq qilinishi kerak. Guvoh yoki jabrlanuvchining ko`rsatuv berishga xohishi to`grisidagi xabar tergovchi yoki sudga pochta orqali kelgan taqdirda, unga so`roq o`tkaziladigan joy va vaqt darhol xabar qilinadi va u kelishi bilanoq so`roq o`tkaziladi (JPK 120-m.). Voyaga etmagan guvoh yoki jabrlanuvchini so`roq qilishning bir qator o`ziga xos jixatlari mavjud. Bunday shaxslarni so`roq qilish qonuniy vakili yoki katta yoshdagi yaqin qarindoshi, pedagog yoki jabrlanuvchining vakili ishtirokida ularning roziligi bilan o`tkaziladi. Ko`rsatilgan shaxslar so`roq qiluvchining ruxsati bilan guvoh yoki jabrlanuvchiga savollar berishlari mumkin. Bunday guvohlar va jabrlanuvchilar ko`rsatuv berishdan bosh tortganlnk va bila turib yolgon ko`rsatuv berganlik uchun javobgarlik to`grisida ogohlantirilmaydilar. Biroq surishtiruvchi, tergovchi yoki sud majlisida raislik qiluvchi shu guvoh va jabrlanuvchilarga ularning protsessual huquqi va majburiyatlarini tushuntirish chogida xaqqoniy ko`rsatuv berish va bu bilan jinoyat ishi bo`yicha xaqiqatni aniqlashga ko`maklashish ma’naviy burchi ekanligini eslatib o`tadi. (JPK 121-m.). Download 203.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling